III.Yakuniy qism:
Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.
1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish.
2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.
3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.
4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash.
5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish.
6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish.
7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.
O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?Nima uchun?
O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.
O`quvchi:Uy sharoitida uncha kitobni saqlash qiyin.
O`quvchi:Men o`qimoqchi bo`lgan kitob do`konda bo`lmasligi mumkin.
O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nima yordamga keladi?
O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.
O`qituvchi:Barakalla, bolajon!
Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Sana: 34-mavzu: Yozgi ta’til rejalari.
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Kompetensiya— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori:yoz-qanday soz
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Yozgi ta`tilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, ya`ni bolalar yozuvchilarining asarlari.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
Do'stlaringiz bilan baham: |