Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kun shiori:
Kitob-oftob
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:
Topishmoqning javobini toping:
Juda sevamiz uni, U barchaning ulfati,
Xilma-xildir mazmuni. Bo`lar ba`zan surati,
O`qituvchi emas-ku, Qani,o`rtoq,buni top!
Bilim bera olar u. Eslagan der: bu……(kitob)
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.
-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o`rgatadi?
-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.Zamonaviy ta`lim berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qat`iy nazar,o`quvchini kitobdek ulug` ne`mat bilan do`stlashtirish hech qachon kech emas.Zero,kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini o`g`irlab qo`yishi mumkin.”Kitob - oftob”deb bejijga aytilmaydi.
Endi kitob haqida qissa tinglang.Sulton G`aznaviy buyuk shoir Firdavsiyga “Shohnoma” degan asar yozishni buyurgan va uning har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va`da qilgan.Xanifa Al-Ma`mun bir kitobni yunonchadan arabchaga tarjima qilgan olimga shu kitob og`irligidagi oltin bilan haq to`lagan.
2-qissa.Qadimgi yunon faylasufi Arastu vafot etgach,shogirdlari uning ilmiy asarlarini uyi yaqinidagi g`orga yashirishgan.Ular 200 yildan keyin tasodifan topilgan va Arastuga shon-shuhrat keltirgan.Faylasuf Skovoroda o`z qo`lyozmalarini doimo yo`lxaltasiga olib yurgan,hayotalik chog`ida uning bitta ham kitobi chop etilmagan.
Qissalardan hissalar.Aziz bolajonlar,angladingizmi,kitob naqadar sehrli va naqadar bebaho. Amir Temur bobomiz o`zlarining “Temur tuzuklari” nomli asarida kitob yozuvchi dono olimlar,muhaddis va tarixchilarni e`tiborli odamlar hisoblab,ularning izzat-u hurmatlarini joyiga qo`yganliklarini e`tirof etganlar.
Bilib qo`yinglar,hammamiz uchun kitobdan yaqinroq,azizroq va yoqimliroq suhbatdosh hamda ma`naviy suyanchiq yo`dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |