Kompetensiya—TK-2: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
TK-4: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Buyuk ikki bobom
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:A.Navoiy,Z.M.Bobur siymolari tasviri,tarqatma material,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
Ma`naviyat daqiqasi
II.Asosiy qism:
Sahna ko`rinishi:
4-5 yoshli Alisher sahnada kitob varaqlaydi,shu payt otasi kirib qoladi.
-G`iyosiddin;-Iy-a, men sizni izlab yursam, siz bu yerda kitob varaqlab o`tiribsizmi, Alisher!
Alisher:(o`rnidan turib)-Uzr, padaribuzrukvor, men bilmabmen,assalomu alaykum.
Otasi:-Vaalaykum assalom.Alisher bu kitobni o`ynamang, yirtib qo`yursiz.
Alisher:-Yirtmaymen otajon,avaylab ko`rurmen.
Otasi:-Menga bering .Bu kitobning joyi javondadur. Bu kitobni men ikki qo`y bahosiga olganmen,siz mana bu o`yinchoqni o`ynangiz.(qo`chqor o`yinchog`ini beradi)
Alisher(kitobni yopib, otasiga beradi va o`yinchoqni olib,xursand bo`lib chiqib ketadi)-Men bu qo`chqorni Husaynning qo`chqori bilan urushtururmen.
Otasi esa kitobni javonga qo`yadi.
A.Navoiy kichik yoshidan ta`lim olishga qiziqib,maktabda o`qib yurgan kezlari Faridudin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr”dostonini yod olgan.U ikki tilda –turkiy va fors tillarida ijod etgan.51230 misradan tashkil topgan “Xamsa” shoh asarini yaratdi.Navoiy o`zbek adabiyotini yuksakligiga ko`targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir.
|Amir Temurning uchinchi farzandi Mironshohning nabirasi Sulton Abusaid Mirzoning o`g`li Bobur mashhur shoir va davlat arbobi edi.U 12 yoshida otasidan ayrilib,otasining o`rniga Farg`ona viloyatiga hokim bo`ldi.Bobur ko`pgina qarshiliklarga uchrab,o`z vatanidan chiqib ketishga majbur bo`ladi va qolgan umrining oxirigacha Hindistonning Agra shahrida yashab ijod etadi.Bobur ijodiy faoliyatini ruboiy va g`azallar yozishdan boshlagan edi.Umrining oxirida esa sohibi devon adib sifatida shuhrat qozondi.U “Boburnoma”nomli shoh asar yaratib qoldirdi.Shukronalik,hayot go`zalliklari va tabiat ko`rkamliklaridan bahramandlikka undash,dunyo lazzatlariva chin do`stlar davrasida bo`lganidagi quvonch, bahor latofati va sozlar navosidan yayrash shoir devonidagi ko`plab she`rlarda bosh g`oya darajasiga ko`tarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |