YEVROSIYONING GEOLOGIK TUZIUSHI VA FOYDALI QAZILMAIARI, RELYEFI
(6-sinf)
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: o'quvchilarga Yevrosiyo materigi geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalariga oid bilim berish, materikning geologik taraqqiyoti, relyefi va foydali qazilmalar joylashishidagi xususiyatlarni ochib berish, asosiy relyef shakllarining materik bo'ylab joylashishini ko'rib chiqish, materik relyefiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi kuchlar haqida, materikdagi harakatda va so'ngan vulkanlar tog'risida bilim berish.
Tarbiyaviy: o'quvchilarda fanga qiziqishni oshirish, o'lkashunoslikka doir bilimlami targ'ib etish.
Rivojlanliruvchi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o'rgatish, nutqni o'stirish.
Dars tipi: yangi bilimlami berish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish.
Dars o’tish usullari: "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash" va b.
Dars jixozi : dunyo tabiiy xaritasi, б-sinf o'quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, "Kompyuter Osiyo" ГГР tomonidan yaratilgan o'quv filmi, tarqatma savollar.
Texnik vositalar: kompyuter, DVD.
Darsning borishi:
a)salomlashish va o'quvchilar davomatni aniqlash;
b) sinf xonasining holati va o'quv qurollarini tekshirish;
d) o'quvchilarni guruhga bo'lish (guruhlarga ajratishda sinfdagi o'quvchilar soni hisobga olinadi).
I guruh — "Kavkaz", II guruh — "Himolay", III guruh — "Hisor" va IV guruh ---"Pomir".
O'tilgan mavzu bo'yicha savol-javob.
1-savol: Yevrosiyo materigi to'g'risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qaysi allomalarning asarlarida berilgan?
Materik to’g’risidagi dastlabki geografik malumotlar faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot, Geraklit, Strabon, Aflotun (Aristotel), Ptolamey va boshqalarning asarlarida berilgan.
2-savol: Nima uchun Beruniy qonuni deb ataldi?
Javob: Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Amudaryo misolida "Daryolar keltirayotgan tog' jinslarining massasi (katta-kichikligi suvoqimining tezligiga to'g'ri proporsional" ekanligini aniqladi. Bu. keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo'ldi.
3-savol: Zahiriddin Muhammad Bobur materikning qaysi hududlari haqida ma'lumotlar qoldirgan?
Javob: Zahiriddin Bobur O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston, Hindiston hududining aholisi, xo'jaligi haqida qimmatli malumotlar yozib qoldirgan. Ayniqsa uning "Boburnoma" asaridagi geografik ma'lumotlar diqqatga sazovordir.
4 savol: Nima uchun Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi?
Javob: Ycvrosiyoning eng qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Gretsiya hududlarida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan.
Yangi mavzu bayoni.
1.O'qituvchining kichik ma'ruzasi.
2."Yevrosiyo relyefi" o'quv filmini ko'rish. O'qituvchi oldindan 6-sinf "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi" mavzulari bo'yicha yaratilgan o'quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo'lgan "Yevrosiyo relyefi" filmini tayyorlab qo'yadi va namoyish etadi.
Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash.
Barcha o'quvchilar o'quv atlasi va ko'rsatilgan filmdan foydalangan holda yozuvsiz xaritaga materikdagi yirik tekisliklar, pasttekisliklar, botiqlar va baland tog'larning nomini yozib chiqadilar.
O'tilgan mavzuni muslahkamlash.
1. Savol-javob. O’tilgan mavzu o'qituvchining o'quvchilarga bergan ma'lumotlariga, o'quv atlasi va ko'rilgan filmga asoslanib savol va raqamli diktant topshiriqlari bo'yicha mustahkamlanadi. Guruhlar o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo'yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar.
1 –savol.
|
2-savol
|
“Yevrosiyo” toglari" nomli raqamli diktant. Javob raqamlarda.
Alp tog'i 1- 2
Himolay tog'i 2-3
Ural toa'l 3 – 1
Tyanshan tog'i 4-5
Pomir tog'i 5 – 4
Qaysi tog':
1. Past tog'larga kiradi?
2. Yevropada eng baland tog'?
3. Yer sharida eng baland tog'?
4. "Dunyoning tomi" deb ataladi?
5. Markaziy Osiyoning g’arbiy qismini ikkita katta qismga: shimolda chalachol va janubda cho'llarga bo'lib turadi?
|
"Yevrosiyo tog'lari" nomli raqamli diktant. Javob raqamlarda :
Alp tog'i 1 - 3
Himolay log'l 2 - 1
Ural tog'i 3-2
Tyanshan tog'i 4-4
Pomlr tog'i 5 – 5
Qaysi tog' (da, ning):
1. Ulkan tog' tuguni hisoblanadi?
2. Eng keksa tog' hisoblanadi?
3. Eng baland cho'qqisi 4807 m.
4. O'zbeklston tog'lari uning g'arbiy qismining davoml hisoblanadi?
5. Eng katla muzlik joylashgan?
|
3-savoI
|
4-savol
|
"Yevrosiyo tekisliklari" nomli raqamli diktant. Javob raqamlarda:
Mesopotamiya tekisligi 1 – 2
G'arbiy Sibir tekisligi 2 - 1. 5
Shimoliy Germaniya tekisligi 3 - 3, 4
Qaysi tekislik (ni, da):
1. Neft va gazga boy tabiiy o'lka joylashgan?
2. Grekchadan taijima qilinganda "Ikki daryo oralig'i" nomini olgan?
3. Dengiz va daryo yotqiziqlari bilan to’lib qolgan tog' oldi bukilmasida joylashgan?
4. Shimolida marshier, ya'ni yuzasi ko'pincha dengiz sathidan pastda joylashgan pastqam yerlar bor?
5. Yevropadan Ural tog'lari ajratib turadi?
|
"Yevrosiyo tekisliklari" nomli raqamli diktant. Javob raqamlarda:
Mesopotamiya tekisligi 1 - 1, 3
G'arbiy Sibir tekisligi 2 - 4, 5
Shimoliy Germaniya tekisligi 3-2
Qaysi tekislik (ni, da):
1. Dajla va Frot daryolari oqadi.
2. Supurgigulzorlar, botqoqliklar va torfzorlar bilan qoplangan bir xil qumli yalangliklar ustun turadi?
3. Katta-katta neft va gaz konlari bor?
4. G'arbiy qismida meridional yo'nalishda Ural tog'lari joylashgan?
5. Shimol tomondan qirg'oqlarini Kara dengizi yuvtb turadi?
|
2. O'quvchilarni rag'battantirish va baholash.
Uyga topshiriq.
u
Do'stlaringiz bilan baham: |