Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi geografiya fani o’qituvchisi Muxamedova Dilovar Islomovnaning Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o‘rni, o‘rganish tarixi mavzusida o`tgan OCHIQ DARSI Asosiy xususiyatlari. - Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik (8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet) shu yerda.
Tabiiy-geografik o‘rni - Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean suvlari o‘rab turadi.
- Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 36,5 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil topgan. Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu sharq so‘zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib turadi.
Yevrosiyoning Atlantika va Tinch okean qirg‘oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol va ko‘plab yarimorollar joylashgan. Bu borada Tinch okean sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi alohida ajralib turadi. Agar materikning chekka nuqtalari orollardan hisoblansa, Shimoliy qutbga atigi 10° qoladi, Janubiy yarimsharga esa 11° kirib boradi. - Yevrosiyoning Atlantika va Tinch okean qirg‘oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol va ko‘plab yarimorollar joylashgan. Bu borada Tinch okean sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi alohida ajralib turadi. Agar materikning chekka nuqtalari orollardan hisoblansa, Shimoliy qutbga atigi 10° qoladi, Janubiy yarimsharga esa 11° kirib boradi.
O‘rganish tarixi. - Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy hududida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan. Materik to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er. av. 485-425 yillar), Geraklit (er.av. IV asr), Strabon, Aflotun, Aristotel, Ptolemey va boshqalarning asarlarida berilgan.
Eratosfen chizgan xaritasi Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda o‘rta osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O‘rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (780-847) xizmatini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga alohida e'tibor bergan. Uning boshchiligida 70 ga yaqin olimlar «Jahon xaritalari»ni tuzishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy «Kitob surat al-arz» (Yerning surati) kitobini yozgan. Kitobga o‘nlab xaritalar va ularning izohi ilova qilingan. Ko‘plab geografik ob'yektlarga tavsif berib, koordinatalarini o‘lchagan va Yer kurrasining kattaligini aniqlagan. - Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda o‘rta osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O‘rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (780-847) xizmatini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga alohida e'tibor bergan. Uning boshchiligida 70 ga yaqin olimlar «Jahon xaritalari»ni tuzishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy «Kitob surat al-arz» (Yerning surati) kitobini yozgan. Kitobga o‘nlab xaritalar va ularning izohi ilova qilingan. Ko‘plab geografik ob'yektlarga tavsif berib, koordinatalarini o‘lchagan va Yer kurrasining kattaligini aniqlagan.
Muso al-Xorazmiyning (780-847) - Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin yashagan buyuk geograflaridan birinchisi sanaladi. Uning "Surat alArz" asari (boshqa nomi "Al Xorazm geografiyasi", to`liq nomi Ptolemey taklif etgan "Geografiya" kitobidan Abu Ja`far Muhammad ibn Muso alXorazmiy taskin etgan Yer surati — shaharlar, tog`lar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi") fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning "Geografiya"si asosida yozilgan bo`lsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. Unda birinchi marta Yer sirtini yetti iqlimga bo`lish ilmiy yondashuv bilan, iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan.
Abu Rayhon Beruniy - Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Hindistonda yashagan davrida o‘lkaning daryolari, tog‘lari, o‘simlik va hayvonot olamini batafsil o‘rganib, «Hindiston» asarini yaratdi. U Amudaryo misolida «daryolar keltirayotgan tog‘ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to‘g‘ri proporsional» ekanligini aniqladi.
- Bu, keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo‘ldi. Beruniy Qoraqum va Qizilqum hududlarining paydo bo‘lishini, materiklarning siljish g‘oyasini birinchilardan bo‘lib aytgan. Beruniy 1010-1017 yillarda Xorazmda olimlarni birlashtirib «Fanlar akademiyasi» («Ma'mun akademiyasi»)ni barpo etdi. Olimlar orasida Ibn Sino ham bo‘lgan. Olimlar geografiya, astronomiya , geodeziya , matematika, kartografiya, geologiya kabi fanlarni rivojlantirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |