Yevropaning tabiat zonalari 2-rasm
Yuqoridagi xaritada ko'rib turganimizdek, Yevropada 4 ta tabiat zonasi mavjud bular:
arktika;
subarktik;
mo’tadil;
subtropik.
Yevropa iqlimining o'ziga xos belgilari.
Fenoskandiya iqlim sharoitining xilma-xil bo’lishi uning shimoldan janubga, g’arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga cho’zilganligiga, Skandinaviya tog’larini Atlantika okeanidan keladigan havo massalari harakatiga to’sqinlik qilishiga, Arktika havo massasining kirib kelishiga bog’liq. O’lkaning g’arbiy va janubiy qismlari bevosita g’arbdan keladigan havo massalari ta’sirida bo’ladi. Yanvaming o'rtacha harorati shimolda -4°C dan 0°C gacha, janubida 0°C dan +2°C gacha bo’ladi. Oikaning shimoliy qismida qish 6-7 oy davom etadi, havo sovuq, shimolda yanvaming o’rtacha harorati -14°C ,-16°C iyulning o’rtacha harorati +10°C +12°C
7
atrofida bo’lsa, janubi-sharqda +16°,+17°C gacha ko’tariladi. Skandinaviya yarim orolining g’arbiy sohillarida 2000 mm yog’in yog’adi. Fenoskandiyaning relef va iqlim sharoiti yer usti suvlarining keng tarqalishiga va sersuv bo’lishiga imkon yaratgan. Shuning uchun o’lka hududi daryolarga va ko’llarga juda boy, daryolari o ’z suvini ko’llarga, dengizlarga hamda ko’rfazlarga quyiladi. Skandinaviyaning eng yirik daryosi bo’lgan Glomma (587 km), Finlyandiyadagi Kemiyoki daryosi (550 km) da yirik sharsharalari bor.
Britaniya orollari iqlimi ko’p jihatdan g’arbiy havo massalari bilan bog’liq boiib, kuchli va nam g’arbiy shamollar yil bo’yi orollarga ko’p miqdorda yog’in keltiradi. Orollarning g’arbiy chekkalari va togiam ing g’arbiy yonbag’irlariga yog’in ayniqsa ko’p tushadi; bu yerda yillik yog’in miqdori 1500 mm dan ayrim joylarda esa hatto 2000 mm dan ham ortadi. Janubi-G’arbiy Irlandiya va Komuell yarim oroliga butun qish bo’yi qor yog’maydi, boshqa joylarda esa qishda atigi 10-20 kun qor yog’adi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarga yiliga 700-800 mm yog’in tushadi. Bu yerlarda havoda bulut kamroq, shamollar ham uncha tez esmaydi.
Britaniya orollari, ayniqsa ulaming g’arbiy va janubi-g’arbiy hududlari haroratning yillik tebranishi kichikligi bilan xarakterlanadi. Yillik amplituda Irlandiyaning janubi-g’arbida taxminan +7°,+8°C ni, Irlandiyaning sharqida +10°,+11°C, Angliyaning janubi-sharqida +14°C ni tashkil etadi va qishda deyarli sovuq boimasligi hamda yozning salqin kelishi bilan xarakterlanadi, yozda +30 °C gacha ko’tariladi.
Shotlandiyaning shimolida yozda harorat +20°C gacha ko’tariladi. Quyoshli kunlar janubi-sharqda 40% ga, g’arbda u 17-29% ni tashkil etadi. Britaniya orollari tabiatining o’ziga xos tomonlaridan biri-uning juda sertuman ekanligidir. Tuman asosan qishda tez-tez tushib turadi, tumanlar tushishining sababi nisbatan sovuq suvning Shimoliy Atlantika oqimining bir oz iliq suvlari bilan qo’shilishi va buning natijasida havo haroratidagi tafovutning vujudga kelishidir.
O’rta Yevropa tekisligining iqlimi mo’tadil xarakterga ega bo’lib, g’arbdan sharqqa tomon o ’zgarib boradi. Iqlimning uzoqlik bo’ylab o’zgarishiga sabab dengiz havo
8
massasini materik ichkarisiga kirib borgan sari transformatsiyalanish jarayonining kuchayishi bilan bog’liq. Shimoliy German pastekisligining g’arbiy qismida yillik yog’in miqdori 700-800 mm dan Buyuk Polsha pastekisligining sharqiy qismida, Varshava atrofida 500 mm gacha kamayadi. G ’arbda qishi ancha yumshoq bo’ladi, sovuqli kunlar deyarli bo’lmaydi. Yanvaming o’rtacha harorati +1°,-1°C ga, minimal harorat Amsterdamda -27°C kuzatilgan. Yozi salqin, bulutli kunlar ko’p boiadi. Iyulning o’rtacha harorati +17°,+18°C. Sharqqa borgan sari yog’in miqdorining kamayishi bilan birga qishi sovuqroq va
yozi nisbatan issiqroq bo’la boradi. Buyuk Polsha pastekisligining sharqiy qismida yanvaming o’rtacha harorati -4°C ni, iyulniki +18°,+19°C ni tashkil etadi. Qishda sovuqli kunlar soni ko’payadi , daryo suvlari muzlaydi, qor qoplami hosil bo’ladi. Mo'tadil iqlim zonasida bo'lganligi sababli, dunyoning Evropa qismida fasllar aniq ifodalangan. Yevropaning shimoli va janubi sharqiy qismidan tubdan farq qiladi. Janubda kelayotgan quyoshning yillik miqdori shimolga qaraganda bir necha baravar ko'p. Atlantika okeanining Shimoliy Atlantika oqimiga yaqinligi g'arbiy qirg'oqlar yaqinida haroratni oshiradi. Havo massalarining o'zaro ta'siri tez-tez siklonlarni hosil qiladi. Ular qishda erish, yozda yomg'ir olib keladi. Shakllangan antitsiklonlar yozda issiqlik, qishda esa tiniq, ammo sovuq haroratni beradi. Iqlimning shakllanishida asosiy rolni yevropaning g'arbiy qismida joylashgan Atlantika okeanida hosil bo’lgan havo massalari tasiri katta. Sharqdagi tekisliklar tufayli arktika havo massalari janubga uzoqqa kirib boradi. Arktika zonasida sovuq quruq havo hukmronlik qiladi. Yilning ko'p qismida quyosh ufqdan past bo'ladi. Arktika zonasi Barens dengizi sohillarini, Skandinaviya va Islandiyaning shimolini qamrab oladi. U yerda yozgi havo harorati Selsiy bo‘yicha o‘n darajadan oshadi. Yevropaning katta qismi mo'tadil kenglik zonasida joylashgan. Iqlim kuchli mavsumiy o'zgarishlarga ega. Yozi issiq, qishi esa yumshoq. Janubiy qismi subtropik zonani egallaydi. Yoz tropik, qishda esa maksimal harorat 10°C. Arktika zonasining o’simliklari mox va lishayniklar xosdir. Janubda, o'rmon-tundra zonasida mitti daraxtlar va butalar o'sadi. Taygada ignabargli daraxtlar ko’pchilikni tashkil
9
qiladi: archa, sadr, qarag’ay, sekvoya sarv va lichinka kabi o’simliklar mavjud. Janubiy Yevropa florasi subtropiklar uchun xosdir. Bu yerda siz palma daraxtlari va lianalarni ko'rishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |