Yevropa mumtoz musiqasi haqida innavatsion
texnologiyalar bilan tushuntirish
REJA:
Kirish
I. BOB:Musiqa ta’limida Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishishning ahamiyati.
1.1.Yevropa mumtoz musiqasi va u haqida o’quvchilar o’rganishi
lozim bo’lgan bilimlar mazmuni.
1.2.Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha oltinchi sinf o’quv
materiallarining tahlili.
II.BOB:Yevropa mumtoz musiqasi mavzusi bo’yicha darslarni tashkil etish texnologiyasi.
2.1.Yevropa mumtoz musiqasi bilan o’quvchilarni tanishtirib borish uslublari.
2.2.Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish amaliyotining natijalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
Kirish:
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikni o’z salohiyati, kuch – qudrati, shijoati va mehnati bilan qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish jarayonida jahonning eng ilg’or madaniyati, ma’rifati va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’zining munosib o’rnini topayotgan va erishilgan yutuqlari dunyo uzra e’tirof etilayotgan hozirgi kunda jamiyatni siyosiy iqtisodiy rivojlantirish vazifalari qatorida har tamonlama barkamol avlodni kamol toptirishga eng ustivor e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida respublikamizning ta’lim tizimida ruy berayotgan yangilanishlar, demokraktik o’zgarishlar ta’limning eng muhim bo’g’ini bo’lgan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlar qatori “Musiqa madaniyati” fani o’qitilish mazmuni va mohiyatini ham jahonning eng ilg’or mamlakatlari andozalari darajasida, shu bilan birga uni birinchi navbatda milliy negizda shakllantirishni taqozo etmoqda.
Ushbu yo’nalishdagi tub islohatlar natijasi o’laroq musiqiy ta’lim bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlari darsliklar va Davlat ta’lim standartlarida musiqa darslarida o’quvchilarni birinchi navbatda xalq musiqa merosi bilan chuqur va har tamonlama mukammal tanishtirib borish ko’zda tutilgan. Shu o’rinda ularning musiqiy dunyoqarashi, tafakkuri, tom ma’nodagi “musiqa madaniyati” ni qaror toptirish vazifalari o’quvchilarni qardosh xalqlar va jahon xalqlarining musiqa madaniyati bilan ham imkon darajasida tanishtirib borishni taqozo etishi haqli ravishda ta’kidlanadi. Chunki, ilmiy manbalarda qayd etilgnidek “dunyoda hyech qanday alohida madaniyat bo’lmaydi va har qanday madaniyat muayyan darajada o’zga madaniyat yutuqlaridan oziqlanadi, o’rganadi va rivojlanadi”. Shu ma’noda umumta’lim maktablari “musiqa madaniyati”o’quv dasturi va darsliklarida qardosh xalqlar (tarixiy ildizlari bir – biriga yaqin bo’lgan sharq xalqlari) va bugungi kunda jahon xalqlari madaniyatiga chuqur kirib borgan, zamonaviy musiqiy janrlar rivojiga beqiyos o’z ta’sirini ko’rsatib kelayotgan umuminsoniy musiqiy boyliklar sifatida e’tirof etilgan “Yevropa mumtoz musiqasi” va uning buyuk namoyondalari hayoti va ijodi, ular yaratgan mumtoz asarlar bilan tanishtirishga ham alohida o’rin berilgan.
Bizga ma’lumki umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan “musiqa madaniyati” fani o’quv dasturi va darsliklariga kiritilgan o’quv materiallari sinflar kesimida yil va chorak mavzulariga ajratilgan holda berilgan. Shunga ko’ra oltinchi sinfda yil mavzusi “Mumtoz musiqa haqida tushuncha” deb nomlanib, ushbu sinfda yil davomida o’rganilishi ko’zda tutilgan o’quv materiallari quyidagi tartibda tizimlashtirilgan.
I – chorak “Mumtoz musiqa haqida tushuncha”.
II – chorak “Sharq xalqlari mumtoz musiqasi”.
– chorak “Zamonaviy musiqa va uning asosiy rivojlanish xusvsiyatlari”.
IV–chorak “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv”.
Bizning mazkur ilmiy tadqiqot ishimiz aynan oltinchi sinf musiqa darsligining IV - choragidan joy olgan “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv” deb nomlangan mavzu bo’yicha darslarni tashkil etishning o’ziga xos ilmiy, uslubiy asoslarini yoritib berish, chorak uchun ajratilgan nihoyatda kam (9 soat) o’quv mashg’ulotlari davomida o’quvchilarga yetkazish yo’llarini tadqiq etishni ko’zda tutadi. Umumta’lim maktablarining oltinchi sinfdagi musiqa darslarini kuzatish, tahlil qilish bugungi kunda mazkur sinfning har bir choragi mavzulari bo’yicha darslarni ilmiy, amaliy va metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilish va o’quvchilar tomonidan kerakli bilimlarni talab darajasida o’rganilishiga erishish o’z yechimini kutayotgan pedagogik muammo bo’lib qolayotganligini ko’rsatmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |