Адабиётлар рўйхати:
Выгоцкий Л.С. Вопросы детской психологии. – М.: СПБ. 1999.
Белтюков В.И. Взаимодействие анализаторов в процессе восприятия и усвоения устной речи (в норме и потологии) – М.: Педагогика. 1997.
Богданова Т.Г. Сурдопсихология. –М., 2002.
Л.Мўминова, Ш.Амирсаидова ва бошқалар Махсус психология -Т.: Фан ва технологиялар ,2013.
П.Пўлатова, Л.Нурмухамедова, Ш. Амирсаидова Махсус педагогика -Т.: Фан ва технологиялар, 2014.
З.А.Рахмонқулова, М.Файзуллаева, М.Нуриддинова. Мактабгача ёшдаги болаларни атроф-муҳит билан таништириш (катта, тайёрлов гуруҳлари учун). Методик қўлланма, Т., 2015.
4.Axloqiy tarbiya
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bо‘lib, uning moxiyati shaxs xatti-xarakatlari, yurish – turishi, turmush tarzi xayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy ruxiy xayotida muxim axamiyat kasb etadi.
«Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk boskichida shakllangan.Demak «axloq» tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafaiy, psixologik, pedagogik, tarixiy badiiy, etnografik va madaniyat-shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli kо‘lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq -atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri bо‘lib, ijtimoiy tartib qoida bо‘lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bо‘lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi.
Axloq kishilarning xulq atvor meyorlari va qoidalarini, ularning о‘z-о‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni о‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan tо‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g‘oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bо‘lgan ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan bog‘lanadi.
Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega uy fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tarkibida namoyon bо‘luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bо‘lgan о‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak о‘zbek xalqining ma’naviyati haqikatgо‘y va adolatli bо‘lish jaholat va qabixlik yо‘lini tо‘sish, insoniylik mexr-shavqat ma’rifat dо‘stlik, mardlik, birodarlik, mexmondо‘stlik, poklik, xushxulqlilik, insof vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
Qadim-qadimdan о‘zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy о‘rin egallab kelgan. Kaykovusning «Qobusnomasi» dan tortib, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nazariy Yusuf Xos, Hojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» (Haqiqat sovg‘alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al adab Al-Mufrat kabi jahonga mashhur asarlarida Alisher Navoiyning о‘lmas sheriyatida, Munis, Xorazmiyning kabi shoirlar asarlarida axloq - odob masalalari yoritilgan.
Koshifiyning asarlaridagi talim - tarbiya, axloq masalalari kо‘pchilik uchun andoza, namuna, odob meyori sifatida qisqa asosli, lо‘nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim - tarbiyasiga bog‘liq. Shundagina u odobli hisob-lanishi mumkin. «Odob - bu qalbni yomon sо‘zlardan va nojо‘ya xulqdan saqlay olish, о‘zini va о‘zgalarni xurmat qila bilishdir»,- deydi olim.
Navoiy esa, «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog‘idir» - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan о‘lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bо‘lishga chakiradi.
Shuningdek Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida odob, axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan. Uning birdan - bir orzu-umidi, ideali insonga bо‘lgan mehr - muhabbat, samimiylik edi: «Donishmandlar aytadirlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan gо‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Yoshlarni kо‘zga ulug‘ qilib kо‘rsatadigan narsa odobdir».
Qoshg‘ariy: «Insonlarda oq kо‘ngillilik, bag‘ri kenglik, mehnat- sevarlik, sofdililik, rostguylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, katiyatlilik kabi fazilatlar, bо‘lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi,- deydi, ammo xasislik, olg‘irlik, ochkо‘zlik, g‘irromlik, pastkashilik, tuhmatchilik, xoinlik, yolg‘onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qо‘yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obrо‘sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, notо‘g‘ri yо‘lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga о‘xshaydi». Odobli bо‘lishning fazilati tо‘g‘risida she’r va dostonlardan adabiy manbalardan juda kо‘plab parchalar she’riy misralar keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bо‘lish tо‘g‘risida dono xalqimiz tо‘qigan kо‘plab maqol, matallar asrlar osha og‘izdan og‘izga о‘tib kelmoqda: Odobing-obrо‘ing odob kishining zebu-ziynati. Oltin olma odob ol. Yaxshilikka yaxshilik xar kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir.
Maktabgacha tarbiya yoshining о‘ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqning suz bilan aniq tasvirlab berolmaydilar. Lekin bolalar bog‘chasidagi tо‘g‘ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini kо‘rsalar о‘zlari ham ularga о‘xtashg» qarakat qiladilar Axloqiy tarbiyaniig g‘oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va prinsiplarini belgilaydi, ruhiy pydagogak lgosi esa, bolalpr bogchasida axloqiy tarbiya berishning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini qamda pedagogik shart - sharoitini belgilab boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uniig ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishi taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |