Yetkazib berish zanjirini boshqarish


Omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlar hisob–kitobi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
2-1108

 
3.4. Omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlar hisob–kitobi 
 
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi: 
- ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish darajasi; 
- boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi; 
- tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar; 
- jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab 
qolganda va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni 
amalga oshirish imkoniyati. 
1. Bir xil o‘lchamli va konstruksiyali joylashtiriladigan birliklarni 
alohida omborxona bo‘limlariga joylashtirish kerak. 
2. Omborxona bo‘limi uzunligi doirasida joylashtiriladigan birliklar 
tarkibiy qismlarining qat’iy belgilangan miqdori o‘rnatiladi. 
3. Agar tovarlar bevosita bir-birlari ustiga joylashtiriladigan bo‘lsa, 
ularning miqdori oldindan aniqlanishi va belgilangan miqdordan ortib 
ketmasligi kerak. 
Sarmoyalar 
kiritishga 
xarajatlarni 
omborga 
joylashtirish 
texnologiyalarini taqqoslashda baholash ko‘rsatkichlari sifatida qaralishi 
mumkin: 
- uskunaning texnik imkoniyatlari va unga ehtiyoj; 
- omborxona obyektidan foydalanish xarajatlari; 
- omborxona xodimlariga ehtiyoj; 
- omborxona sig‘imining kattaligi; 
- omborxona maydonlariga ehtiyoj. 
Sarmoya kiritishga xarajatlar omborxona xo‘jaligining rivojlanishi 
quyidagi formula bo‘yicha kelajakda omborxona quvvatlariga ehtiyoj va 
har xil turdagi omborlar quvvati (sig‘imi) birligicha solishtirma sarmoyalar 
kiritish me’yorlarini belgilash asosida amalga oshiriladi: 
ming so‘m 
Bu yerda: 
E - omborxona obyektlari sig‘imining o‘sishi, ming t; 
Yyirik - solishtirma sarmoya kiritishning yiriklashtirilgan me’yori, 
so‘m/sig‘im t; 


75 
Sus-uskunalar 
uchun 
solishtirma 
sarmoyalar 
kiritishning 
yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘imi t; 
Kus - hududlarda uskunalar narxi ortishi koeffitsiyenti; 
Kyig‘ma - quyidagi formula bo‘yicha belgilangan qurilish narxi 
ortishining yig‘ma koeffitsiyenti. 
Bu yerda: 
Khud - qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi 
hududiy koeffitsiyent; 
Kik - iqlimiy mintaqalar bo‘yicha qurilish - montaj ishlari narxining 
oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent
Kzil - zilzilaviy ishlar bo‘yicha qurilish - montaj ishlarining narxi 
oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent. 
Ushbu turdagi uskunaga ( 

) ehtiyojning pul miqdori quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 
Bu yerda: 
Qckp - ushbu turdagi mexanizmlar bilan qayta ishlanishi kerak 
bo‘lgan yuk muomalasining bir qismi, t; 
Pm - foydalanish unumdorligi (bir mashina, mexanizmning ishlab 
chiqarish quvvati) t/s (kub. m/s); t/s (kub. m/s); 
Knot - yuk kelib tushishi (yuklarni ortish) notekisligining 
koeffitsiyenti; 
Kdon - mashinalar, mexanizmlarning bir qismini ta’mirlashda, 
quvvatlashda, ijarada ekanligi hisobiga ularga ehtiyoj ortishining 
koeffitsiyenti. 
Ushbu turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga ehtiyoj 
miqdori ushbu formuladan kelib chiqqan holda aniqlanadi: 
birgalikda 
Bu yerda: 
Р
р - ombor bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan har xil turdagi mashinalar, 
mexanizmlar va qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati miqdori; 


76 
R - ushbu turdagi uskunalarning 
Р
р dagi ulushi; 
Rur - ushbu turdagi uskunaning o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati, t.% 
Mehnat unumdorligi uni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni hisobga 
olgan holda belgilanadi
- yangi texnikani qo‘llash; 
- ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish; 
- ortish-tushirish transport-omborxona ishlarini mexanizatsiyalash-
tirish va avtomatlashtirish; 
- (iste’xona va logistik jarayonlarni boshqarish jarayonini 
avtomatlashtirish. 
Baholovchi omillar soni qisqartirilishi mumkin, ammo baholovchi 
omillar sonidan hech kim sarmoya kiritishga qilingan xarajatlarni chiqarib 
tashlashi mumkin emas. 
Bizning fikrimizcha, logistik tizimda mahsulotlarni omborga 
joylashtirish va omborda qayta ishlash samarali foyda ko‘rsatishi bir qator 
muammolarni hal qilish bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: 
- logistik tizim ishini strategik rejalashtirishda talab va ishlab 
chiqarishni bashorat qilish
- transportni taqsimlash va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish 
jarayonini muvofiqlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni xizmat 
ko‘rsatish joylarida omborxona tizimi tarmoqlarini yaratish, taqsimlovchi 
omborxona markazlari va iste’molchilar omborlari o‘rtasida vazifalarni 
eng muvofiq taqsimlash, iste’molchilarni guruhlash asosida savdo 
mintaqalarini bir turga keltirish, ularni ishlab chiqarish joylariga eng mos 
qilib biriktirish; 
- iste’molchilarga transportdan foydalanishga xizmat ko‘rsatishning 
iqtisodiy maqsadga muvofiq ko‘lamlari va darajalarini aniqlash; 
- logistik tizim modellarini qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi 
barqarorligi shartlarini ishlab chiqish; 
- logistik tizimning ishonchli ta’minotini yaratish
- logistik tizimda iste’molchilarga yuqori samarali servis xizmati 
ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish