113
foydali tizimini tashkil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga rejali
tizimlar, logistik tizimlar tashqi omil bilan bog‘langanday bo‘ladi.
Dispozitiv va bajarish tizimlari belgilangan rejalarni qismlarga
bo‘ladi va ularni ishlab chiqarishning alohida hududlarida bajarilishini
ta’minlaydi.
Har xil guruhlarga tegishli bo‘lgan logistik
axborot tizimlarining
konsepsiyalari asosida ular yakka axborot tizimiga jamlanadi. Ular vertikal
va gorizontal integratsiyalarga ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali,
dispozitiv va boshqarish tizimlari o‘rtasidagi aloqa hisoblanadi. Gorizontal
integratsiya esa axborot to‘plamlari orqali dispozitiv va bajarish
tizimlaridagi alohida masalalar majmui orasidagi omil hisoblanadi.
Integratsiyalashtirilgan
axborot
tizimlarining
barcha
yutug‘i
quyidagilarda aks etadi:
- axborot almashuvi tezligi oshadi;
- ishlab chiqarishni
rejalashtirish;
- zaxiralarni umumiy boshqarish;
- zaxiralarni boshqarish va boshqa masalalar.
Dispozitiv axborot tizimlari.
Bu tizimlar omborni yoki sexni boshqarish darajasida yaratiladi. Bu
yerda quyidagi masalalar bajarilishi mumkin:
- zaxiralarni qisman boshqarish (ombor joylarida); - korxona yoki
ombor transportini ishlatish;
- yuklarni tanlash
va ularni joylashtirish, jo‘natilayotgan yuklar
hisobi va boshqa masalalar.
Bajarish axborot tizimlari. Tezkor yoki ma’muriy boshqarish
darajasida yaratiladi. Axborotlarga tizimlarda ishlov berish, EHMga kelib
tushish tezligi amalga oshiriladi. Bu ish jadvali hozirgi vaqtdagi
yuklarning harakati haqida axborot olish va ularga nisbatan ma’muriy va
boshqarish ta’siri ko‘rsatiladi. Bu tizimlar
bilan har xil masalalar
bajarilishi mumkin: ishlab chiqarishga tezkor xizmat ko‘rsatish; binolar,
materiallar to‘plamini boshqarish va h.k.
Ko‘p darajali avtomatlashtirilgan tizimlar material to‘plamlarining
boshqarilishini barpo etish, dastur bilan ta’minlashni ishlab chiqish uchun
sarf qilish bilan bog‘liq. Bu bir tomondan, tizimning ko‘p vazifaliligini
ta’minlaydi, boshqa tomondan esa uning integratsiya darajasini ko‘taradi.
Hozirgi paytda yetarli darajada yaxshilangan dasturlash paketlari
yaratilmoqda. Birgina ular hamma axborot tizimlarida ishlatila olmaydi.
Bu integratsiyalar to‘plamini boshqarish masalalari
yechimi boshqarish
darajasi andozalariga bog‘liq:
114
Masalalarni yechish, yuqori darajadagi andozalarini rejalashtirish
axborot tizimlarida balandroq bo‘ladi. Shu yerda tizimlarni ta’minlashga
ko‘nikish uchun qiyinchiliksiz erishishga yordam beradi. Axborot
tizimlarida ularning andoza paketlarini ko‘niktirish ayrim sabablarning
kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.
Masalan:
- ishlab chiqarish jarayonining oldindan o‘zlashtirib kelinishi va
andozalar o‘zgarishlariga
qiyinchilik bilan keladi;
- ma’lumotlar qayta ishlash tizimi, hamma qo‘llovchilarda bir xil
emas.
Bajaruvchi axborot tizimlarida tezkor darajada qoidadagidek,
yakka
dasturlarni ta’minlashda ishlatiladi.
Yetkazib berishda qo‘llaniladigan axborot tizimi turlari 4.7-
chizmada, Yetkazib berishdagi axborotlar to‘plamining turlari esa 4.8-
chizmada keltirilgan.
4.7-chizma. Yetkazib berishda qo‘llaniladigan tizimlar turi
Do'stlaringiz bilan baham: