Tikanli n a ’matak bo‘yi uncha baland boTmagan buta boTib,
shoxlari qo‘ng‘ir rangli po‘stloq hamda ingichka, to‘g‘ri, dag‘al
tuklar (tikanchalar) bilan qoplangan. Bargining asos qismida 2 ta
ingichka tikani boTib, bargchasi tuksiz boTadi. Bu o‘simlik Sibirning
nina bargli o‘rmonlarida, Uzoq Sharqda, Tyan-Shan o ‘rmonlarida
hamda Belorus, Boltiq bo‘yi, Rossiya Yevropa qismining shimoliy
tumanlarida uchraydi.
Dauriya n a ’matagi. Bu o ‘simlikning shoxlari qo‘ng‘ir qizil
rangli po‘stloq bilan qoplangan. Tikanlari qayrilgan boTib, 2 tadan
shoxlarining asosida va barg qo‘ltig‘iga o ‘rnashgan. Bargchalarining
pastki tomoni siyrak tuklar hamda sariq bezlar bilan qoplangan.
Mevasi sharsimon, diametri 1-1,5 santimetrga teng, u asosan Sharqiy
Sibirning janubiy tumanlarida va Uzoq Sharqda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |