Yetishtirish texnologiyasi va ekologiya



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/235
Sana30.12.2021
Hajmi7,28 Mb.
#191515
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   235
Bog'liq
Dorivor o'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Ahmedov O'. Ergashev A

Kimyoviy  tarkibi. 
Mahsulot  tarkibida  0,1%  askorbin  kislota, 
karotin,  inulin,  oz  miqdorda  alkaloidlar,  efir  moyi,  5%  atrofi da 
oshlovchi va smolasimon moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. 
Levzeya  о ‘simli gining  dorivor  preparatlari  rserv 
sistemasi  ishining  funksional  buzilishida,  miya  va  organizmning 
jismoniy  charchashida  hamda  boshqa  og‘ir  kasalliklarda  organizm 
tonusini ko‘taruvchi dori sifatida ishlatiladi.
156


Dorivor  preparatlari. 
Suyuq  ekstrakt  - 
Extractum  Leuzeae 
carthampidis  fiuidum, 
mahsulotdan  yana  «Sayan»  nomli  tonusni 
ko‘taruvchi ichimlik tayyorlanadi.
Maxsarsimon levzeya o‘simligim yetishtirish.
Maxsarsimon levzeya 0 ‘zbekistonga  1955-yilda Leningradning 
botanika  bog‘idan  olib  kelib  ekilgan.  0 ‘simlik  yorug‘sevar, 
nisbatan  qurg‘ oqchilikka.  chidamliligi,  sovuqqa bardoshliligi,  о ‘sib 
rivojlanish davomida issiqqa talabchan emasligi bilan  ajralib turadi 
va 5°S darajagacha sovuqqa chidaydi.
0 ‘zbekistonning  tog‘  va  tog‘  oldi  tuproqlarida  yaxshi  o‘sadi. 
Levzeya o ‘sim]igi ko‘p yillik bo‘3gani uchun urug‘idan va ildizpoya 
qalarnchalaridan  ekib  o‘stiriladi.  Uni  ekish uchun begona o ‘tlardan 
tozalangan,  o ‘rtacha  mexanik  tarkibli  yerlar  tanlanadi.  Undan 
tashqari  almashlab  ekish  dalaiarida  joylashtirish  yaxshi  natija 
beradi.  Ekishdan  oldin  yerlar  organik  o ‘g‘itlar  bilan  oziqlantirib 
27-30  santimetr  chuqurlikda  haydab  qo‘yiladi.  Levzeyani  bizning 
sharoitimizda  erta  bahorda  ekish  mo“ tadil  muddat  hisoblanadi. 
Ekishdan  oldin  yerlar  chizellanadi  va  mola  bilan  tekislanadi. 
0 ‘simlik  ekiladigan  hududning  ob-havo  sharoitiga  qarab  martning 
oxiri  aprelning  boshlarida  stratifikatsiya  qilingan  urugTar  bilan 
oddiy usulda, qator oralarini 45 -60 santimetrdan qilib, urugTami 2-3 
sm chuqurlikda ekiladi.  Gektariga 20-25 kg urug‘  sarfianadi.
Dala  sharoitida maysalar 9-2,0 kunda unib  chiqadi.  Har bir metr 
yerda  20-25  ta  о ‘simlik  qoldiriladi(yagana  qilingandan  keyin). 
Ekinlami  sug‘orishda  tuproq  tarkibidagi  namlikni  va  о‘simlik 
holatini hisobga olib  sug‘orish olib boriladi.  Vegetatsiya  davomida 
8-9 marta sug‘onladi. Ekinzorlar birinchi yili 50 kg azot, 30 kg fosfor 
va 20 kg kaliy bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug‘orishdan oldin 
amalga oshiriladi. Mavsum davomida 4-5 marta kultivatsiya qilinib, 
begona o ‘tlardan tozalanadi.
Ikkinchi yili  o ‘simlikning shonalash davrining boshlarida 40 kg 
azot, 30 kg fosfor va 20 kg kaliy о ‘g ‘iti bilan oziqlan-tiriladi. Mavsum 
davomida  6-7  marta  sug‘oriladi.  2-3  sug‘orishdan  so‘ng  o ‘simlik


oralari  yumshatiladi.  0 ‘simlikni  gullash  fazasida  gektar  hisobida 
50  kg  azot va 30  kg kaliy  o‘g‘iti  berib  oziqlantirishni  tugatiladi  va 
uning  rivojlanishi  yanada tezlashadi.  Levzeva  o ‘simligi  rivojlanish 
davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa moddalami ko‘p talab qiladi. 
Shularni hisobga olib vegetatsiya davomida 80-90 kg azot, 70-80 kg 
fosfor va 50 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa rivojlantirilgan xom- 
ashyoni yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.
Maxsarsimon  Levzeyani  vegetativ  yo‘l  bilan  ko‘paytirishda 
o‘simlik  3  yoshli  bo‘lganida  har  tukini  2-3  qismga  bo‘iish  y o ii 
bilan  amalga  oshiriladi.  Bunda  o‘simliklaming  yashovchanligi  80- 
95 foizni tashkii  etishi kerak. Uning mavsum davomidagi parvarishi 
yuqori da  bayon  etilganlardan  farq  qilmaydi.  0 ‘simlikning  barcha 
qismi  xom-ashyo  hisoblanadi.  Ildiz  tarmoqlari  mavsum  oxirlarida 
tez  rivojlanadi.  Shuning  uchun  o‘simlik  ildizlari  kech  kuzda yig‘ib 
olinishi kerak.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish