Yerga ulash qurilmasini hisoblash.
Elektr uskunalarini boshqaruvchi ishchini elektr toki urishdan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llanadi.
Ixotalovchi - kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi. Masalan, dielektrik qo’lqoplar, kalishlar, botilar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar, dastdagi tok o’tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar.
Kuchlanish ko’rsatkichlar.
Ko’chma va vaqtinchalik yerga ulovchilar, to’sqichlar va
ogohlantiruvchi plakatlar.
Himoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar
va h.k.
Balandda ishlashga mo’ljallangan moslamalar, stremyanka narvonlar, monterlar tirnoqlari (oyoqqa bog’lab stolbga chiqadigan asbob), monter kamarlari va h.k.
Atmosferada uchraydigan kuchli momaqaldiroq razryadlari - yashindan yerdagi ob’ektlarni saqlash maqsadida yashin qaytargichlar qo’llanadi. Ular uch turli bo’ladi: 1. Sterjenli; 2. Trosli yoki antenna ko’rinishda; 3. To’rli.
Aloqa korxonalarida ko’pincha sterjenli yashin qaytargichlar qo’llanadi.
Ma’lumki, elektrostatik zaryadlar dielektrik moddalarning ishqalanishi natijasida paydo bo’ladi. Masalan: Paxta tolalari mashina qismlaridan o’tayotganda o’zaro hamda metall qismlariga ishqalanib zaryadlanadi. Tadqiqotlar terish mashinadan chiqayotgan mahsulot - prochesning 110-1600 V gacha zaryadlanishi va musbat belgiga ega bo’lishini ko’rsatadi. Zaryadlangan tolalar to’qimachilik sanoati texnologik jarayonlarda ko’pgina noqulayliklar keltirib chiqarishi ma’lum. Masalan,
|
sexda changni ko’paytiradi, uzilish ko’payadi, notekislik ortadi, mahsulot
bir tekis to’qilmaydi va h.k.
Shu bilan birga kishi salomatligiga, uning normal ishlashiga ham monelik qiladi. Kam miqdordagi toklar kishi organizmiga uzoq vaqt ta’sir qilsa zararlidir. Bu hollarda kishining asab sistemasi shunchalik ishdan chiqadiki, u o’z vazifasini bajarolmay qoladi. Doimo zaryadlangan mahsulot bilan ishlagan ishchilarda bunday asab buzilishlari organizmning umumiy holatiga ham salbiy ta’sir qilishi kuzatiladi. Sun’iy tolalardan to’qilgan pustin - 20000 V gacha, poyondozlar 15000-20000 V gacha zaryadlanishi ma’lum.
Elektrostatik zaryadlarni kamaytirish usullari.
Hom ashyo va mahsulotlarning tarkibiga antistatik moddalar qo’shish yoki ularga shu moddalar bilan ishlov berish.
Mashinalarning metall qismlarini yerga ulash.
Havodagi manfiy ionlar sonini ko’paytirish (namlikni oshirish).
Boshqa xavfli manbalardan farqli o’laroq elektr tokini asboblarsiz distantsion aniqlash mumkin emas, shuning uchun uning organizmga ta’siri nohosdan bo’lishi mumkin.
Mexanika sexini 6,3\038 kVt ga ega bo’lgan eskalator ta’minlab turibdi. Eskalatorga o’rnatilgan hamma fazalari tekis yuklangan. Fazalarning yerga nisbatan izolyatsiya qarshiligi 9000 om ni tashkil qiladi. Sex oldiga yer sim solishtirma qarshiligi quyidagi hisoblashlardan topiladi.
Yerga ulash qurilmasi bo’lgan kuchlanish ostida bo’lgan elektr asbobiga tegib ketganda inson organizmi orqali oqib o’tadigan tok kuchi quyidagicha topiladi.
I U f U0 55 mA
0 R 9000
R uз 2000
0 3 3
Tokning bunday miqdori odam uchun xavfli. Shuning uchun odam
|
xafsizligini ta’minlash uchun yerga ulash qurilmasini ulash zarur.
Bu qurilma sifatida po’latdan yasalgan diametri 5 sm uzunligi 300 sm bo’lgan gaz trubasidan foydalanamiz. Trubalarni eni 4 sm bo’lgan polosadan vertikal qoqilgan polasa bilan mahkamlangan bo’lishi zarur. Yerga ko’mish chuqurligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |