Ulotriks - Ulotriks - xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘p hujayrali yashil ipsimon suvo‘t. Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi orqali suv tubiga birikadi. Rizoid - yunoncha “ildizga o‘xshash” degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi.
Ulotriksning ko’payishi Ulotriksning ko’payishi - Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payganda to‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoosporalar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o‘rnashadi. Undan yangi ulotriks ipi o‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘payishi ikki xivchinli izogametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o‘xshaydi. Ikkita izogameta qo‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st bilan o‘ralib tinim davrini o‘taydi. Qulay sharoitda to‘rtta hujayraga bo‘linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |