Ulotriks ko’payish jarayoniga doir masala - 1. Ulotriksda hosil bo’lgan gametalardan zigota, zigotalardan 256 ta yangi ulotriks ipi hosil bo’lgan bo’lsa, jami gametalar (a), va jami zigotalar (b) sonini aniqlang.
- 2 ta gameta--- 1 ta zigota -----4 ta ulotriks
- X gameta ----- Y zigota ------- 256 ta ulotriks
- 1) 256 : 4 = 64 ta zigota (b)
- 2) 64 x 2 = 128 ta gameta (a)
Spirogira suvo’ti tallomi va hujayrasining tuzilishi Spirogira - Spirogira - rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t. Chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa to‘nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o‘ralgan. Xromatofori spiralsimon buralgan. Spirogira ulotriksga o’xshab jinssiz va jinsiy ko’payishi bilan birga baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo‘laklarga bo‘linishi natijasida ham ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |