Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 0,6 Mb.
bet5/9
Sana21.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#688384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi

2.4. Yerning tuzilishi va o‘lchamlari
XVII asrda fan rivojlanishi munosabati bilan Yerning shakli va o‘lchamlari haqida qadimgi dunyodan meros bo‘lib qolgan yoki Uyg‘onish davrida qayta olingan ma’lumotlarning yetarli emasligi ma’lum bo‘lib qoldi.
1672 yilda Parijdan Kayennaga soat olib borilgan. Bu soat mayatnigi (tebrangichi)ning uzunligi Parijda sekundni uradigan uzunlikda ishlangan. Ekvatorda bu soat sutkasiga 2 minutu 28 sekund orqada qolgan va mayatnikni 2,8 mm ga qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. Nyuton bilan Gyuygens bu hodisaga yer yuzasining quyi geografik kengliklarda o‘rta va yuqori kengliklardagiga qaraganda planeta markazidan uzoqligi, shuningdek, markazdan qochma kuchning oshishi natijasida ekvatorda og‘irlik kuchining kamayishini sabab qilib ko‘rsatishdi. Nyuton Yer qutblari siqiq, ya’ni uning yuzasi qutblar yaqinida yassi, ekvatorda esa qabariq degan fikrni aytgan va Yerning shunday shaklda akanligiga uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini sabab qilib ko‘rsatgan.
Haqiqatan ham planetaning shakli ikki xil kuch ta’siri ostida vujudga keladi, birinchidan, planetalar kabi katta jismlar yopishish kuchi emas, aksincha tortishish kuchi ta’sirida bo‘ladi. Yerdagi tortishish kuchi po‘latdagi yopishish kuchidan yuzlab barobar ortiqdir. Ikkinchidan, aylanayotgan jismlarga markazdan qochma kuch ta’sir etadi va planetaning shakli har doim aylanish tezligiga mos bo‘ladi; planeta o‘z o‘qi atrofida qancha tez aylansa, uning qutblari shuncha ko‘p siqiladi. Arxey erasida Yer tezroq aylangan va taxmin qilishlaricha, bir sutka 20 soatcha davom qilgan.
Bunga qarab Yer qutblari ham hozirgiga qaraganda ko‘proq siqiq bo‘lgan.
XVII asr oxiridan boshlab Yer aniq shar shaklida bo‘lmay, kichik o‘qi atrofida aylanuvchi sferoid yoki ellipsoid shaklida ekanligi ma’lum bo‘ldi .
Shu vaqtdan boshlab joylarda aniq gradus o‘lchovlari metodi keng qo‘llana boshladi. Ana shunday aniq gradus o‘lchovlari asosida Yer sferoidining o‘lchamlari hisoblab chiqarildi.
S’yomka qilishning birmuncha takomillashgan maydon metodini qo‘llanib olib borilgan keng ko‘lamdagi geodezik ishlar planetamizning o‘lchamlarini ham, shaklini ham yanada aniqroq bilib olishga imkon berdi. Yer ellipsoidi ikki o‘qli emas, balki uch o‘qli ekanligi ma’lum bo‘ldi, ya’ni uning faqat qutblarigina siqiq bo‘lmay, ekvatori ham to‘g‘ri aylana emas, balki ellips ekan. Yerning yangi o‘lchamlarini hisoblab chiqish va shaklini aniqlash ishlari F. N. Krasovskiy rahbarligida amalga oshirildi. Yangi hisoblab chiqilgan sferoidga Krasovskiy sferoidi deb nom berildi; quyida F.N.Krasovskiyning uch o‘qli sferoidining o‘lchamlari keltiriladi: Ekvatorial radiusi yoki katta yarim o‘qi, Qutbiy radiusi yoki kichik yarim o‘qi .
Qutbiy siqiqligi ..................
Ekvatorial siqiqligi ..........
6378,245 km 6356,863 km 1 :298 yoki 2] ,36 km 1 :30000 yoki 213 m. Bulardan Yer sferoidi kattaligining bir qancha boshqa ko‘rsagkichlari hisoblab chiqariladi:
Meridian uzunligi . Ekvator uzunligi Yer yuzasining maydoni Yerning hajmi 40 008,5 km 40 075,7 km 510083000 km 1083-10 "Eng katta yarim o‘q shq.
uzunlikning 15°iga, eng kichik yarim o‘q shq. uzunligining 105°iga chiqadi.
Yerning hozirgi shakli uning hozirgi vaqtdagi rivojlanish bosqichiga mos keladi. Sovuq va qattiq planetezimallardan vujudga kelgan Yer dastlab sharga salgina o‘xshashroq noto‘g‘ri shaklda bo‘lgan edi.
Keyinchalik aylanish jarayonida Yerdagi moddalar aralashib ketib, planeta tobora to‘g‘ri shaklga kira borgan, lekin shu vaqtga qadar ham aniq sferoid shaklini olganicha yo‘q. Yerning haqiqat shakli geoid nomini oldi .
Geoid sirti sferoid sirtidan salgina farq qiladi. Sferoid sathidan Osiyo sathi 160 m, Shimoliy Amerika sathi 97 m past turadi. Yevropa va Afrikada geoid sathi sferoid sathidan 136 m balanddir. Okeanlarda geoid sferoiddan hamma joyda ham yuqori, Tinch okeanda eng yuqori bo‘lib, 120 m ga teng.
Yer katta meridian tekisligiga nisbatan dissimmetrikdir: geoid yuzasi sferoid yuzasidan g‘arbiy yarim sharda 97 m, sharqiy yarim sharda esa 162 m past.
Geoid yuzasiniig sferoid yuzasidan farqi Yer radiusiga iisbatan olganda juda ham kam bo‘lsada, lekin kattagina geomorfologik oqibatlari mavjud bo‘lishn kerak. Gap. shundaki, muvozanatlashgan shakl sferoiddir: Uch o‘qlilik esa Yer bag‘rida kuchlanishni (keskinlikni) vujudga keltiradi, chunki massa muvozanatlashgan shaklga erishish uchun oqishga intiladi. Bir xili ko‘tarilishga, ikkinchi xili cho‘kishga moyil bo‘lgan sektorlar paydo bo‘ladi. Bular oraligida meridian yo‘nalishi bo‘yicha sinishga (parchalaiishga) va surilishga moyil sektorlar joylashadi. Eng so‘nggi yillar Yerning shakli kardioid yoki kardioidal ellipsoid degan xulosaga kelindi. Bunga sabab shuki, Yerning shimoliy yarim o‘qi (radiusi), janubiy yarim o‘qidan 70—100 m cha uzundir; ya’ni shimoliy qutb bir oz qabariq, janubiy qutb esa botiqroqdir.
Planeta shakli o‘rganilayotganda uning butun relef shakllarinn o‘z ichiga olgan fizik yuza emas, balki ma’lum nazariy yuza —og‘irlik kuchi potensialining adilak yuzasi, ya’ni hamma joyda shovunga perpendikulyar yuza tadqiq etiladi. Bu yuza okeanlarda sokin suv yuzasiga, materikdarda esa ularni xayolan turli tomonga kesib o‘tgan kanallardagi suv yuzasiga mos keladi. Bunday kanallarda suv sathi tog‘li o‘lkalarda juda chuqurda okean sathi bilan bir xil bo‘ladi, biroq okean sathidan past botiqlarni esa suv bosib ketadi.
Shunga qaramasdan, Yerning relefi bilan shakli o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish bor.Teoid yuzasi bilan sferoid yuzasi o‘rtasidagi Yer radiusiga nisbatan olganda arzimagan farqlar muhim geomorfologik oqibatlarga zga bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham Afrikaning balandligi ( + 100 m) bilan Osiyoning balandligi (—145 m) orasidagi farq aylanayotgan planeta— Yerning yer po‘stidan pastda joylashgan moddalarni harakatga keltirishi kerak. Bu narsa litosferaning sferoid sathiga nisbatan turli balandliklarda joylashgan boshqa katta qismlari uchun ham taalluqlidir. Binobarin, Yerning shakli to‘xtovsiz o‘zgarib, rivojlanib boradi. Bu hol Yer relefining yirik elementlari bo‘lgan materiklar va okeanlar xarakterida aks etishi kerak. Tarixiy geologiyada o‘tgan geologik davrlarda paleogeografik sharoit hozirgidan boshqacha bo‘lganligini tasdiqlovchi faktlar taqozo qilgan materiklarning qadimda o‘zaro bog‘liq ekanligi, hozirgi vaqtdagi okeanlar o‘rnida quruqliklar bo‘lganligi, kontinentlarning boshqa geografik kengliklarda joylashganligi va boshqa shu kabi bir qancha masalalar muhakama qilinadi.
Ko‘pchilik geografik jarayonlarni tahlil qilish uchun Yer yuzasini sferik (sharsimon) deb qabul qilsa bo‘ladi. Shuning uchun ham geografiyada va Yer haqidagi boshqa ba’zi bir fanlarda «Er shari» degan ibora ishlatiladi.
Ilgarigi vaqtlarda Yerning sharsimonligini isbotlash uchun dalil qilib keltirilgan kuzatishlarni sanab o‘tamiz. Bizning kosmik davrda, ya’ni Yerning sharsimonlign hech kimda shubha tug‘dirmaydigan va uni isbotlashga zarurat qolmagan vaqtda ular Yerning sharsimonligi oqibati deb qaraladi.

  1. Oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to‘g‘ri doiraning bir qismi shaklida bo‘ladi.

  2. Quyosh chiqayotganda yoki botgandan keyin tog‘larning cho‘qqilarida past tekis yerlarga qaraganda uzoq vaqt yorug‘ bo‘lib turadi. Yerdagi predmetlarning balandligini va kosmik masofalarning kattalipshi hisobga olganda Yer gozasi yassi bo‘lsa, tog‘lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo‘lar edi.

  3. Kema qirg‘oqqa yaqinlashib kelayotganda gorizont chizig‘i orqasi- dan yuqori qismidan boshlab asta-sekin ko‘rinadi yoki ketayotganda asta- sekin g‘oyib bo‘ladi.

  4. Kuzatuvchi balandga ko‘tarilgan sari optik priborlar qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar, ko‘rinma gorizont radiusi katta- lasha boradi .

  5. Kuzatuvchi meridian bo‘ylab yurganda osmondagi yulduzlar o‘rni- ning o‘zgarishi. Shimoliy yarim sharda biz Katta Ayiq yulduzlar turku- mini va Qutb yulduzini ko‘ramiz. Kuzatuvchi janubga borgan sari bu yulduzlar pasaya boradi. Osmonning janub tomonida boshqa yulduzlar ko‘rinadi. Ekvatorga borganda Qutb yulduzi ko‘rinmay qoladi, Janu- biy But yulduzi paydo bo‘ladi. Dunyo aylana sayyohatlarda bir tomonga qarab ketib ikkinchi tomondan kelinishi.

  6. Yulduzlar osmonining katta suvlar yuzasida aks etishi shakli. Yulduzlar osmoni katta sokin suv yuzasida qabariq ko‘zguda aks et- gandek aks etadi, ya’ni yulduzlar orasidagi ko‘rinma masofa yoki Quyosh va Oyning ko‘rinma diametri go‘yo kichraygandek tuyuladi.

  7. Ko‘rinma gorizontning har doim doira shaklda bo‘lishi. Yer sha- rining hamma joyida ochiq yuzada (dengizda, yalang tekislikda) gori- zont doira shaklida bo‘ladi.

  1. Tongning sharqdan boshlanib kelishi. Agar Yer yassi bo‘lganida uning hamma joyida tong barobar otar edi.

  2. Yer sun’iy yo‘ldoshlari va raketalarning uchishi.

  3. Ochiq joyda, masalan, ko‘lning qarama-qarshi qirg‘og‘ida joy- lashgan ikkita baland predmet, misol uchun ikkita ko‘p qavatli bino yer yuzasi qabariq bo‘lganligi natijasida uning poydevoridan boshlab emas, balki ma’lum baland qismidan yuqorisi ko‘rinadi.

Keltirilgan dalillar har bir nuqtada va xohlagan yo‘nalishda o‘tkazilgan kuzatishlar natijalari teng bo‘lgandagina Yerning faqat qabariq ekanligini emas, balki unig sharsimonligini ham isbot qiladi.
Yerning shar shaklida ekanligi yer yuzasi tabiati uchun nihoyatda katta aha-miyatga ega.

  1. Quyosh nuri Yerning sharsimon yuzasiga turli geografik kengliklarda turlicha burchak ostida tushadi .

Yer yuzasining isitilish intensivligi ekvatordan qutblarga tomon kamaya boradi, bu hol issiqlik tahsimotida, bynobarin, iqlimlarda ham o‘z aksini topadi. Qadimgi yunonlar yuqori va quyi geografik kengliklarning issiqlik sharoitini bilmasdanoq faqatgina sharning yoritilish sharoitini asos qilib Yerni iqlimlarga ajratishgan.

  1. Yerning sharsimonligi uning aylanishi bilan birgalikda Quyosh nurlari tushadigan joylarda tabiatning zonalligiga sabab bo‘ladi. Tabiat zonalari haqidagi ta’limotning asoschisi V. V. Dokuchaev. «...hamma narsa... tabiiy ofatlar, suv, tuproq, olov (issiqlik va yorug‘lik), havo, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosi ham planetamizning astronomik o‘rni, shakli, o‘z o‘qi atrofida aylanishi sababli o‘ziiing umumiy xarakterida dunyo zonallik qonunining aniq, keskin va yo‘qotib bo‘lmaydigan xususiyatlariga egadir», deb yozgan.

Tabiat zonalarining faqat joylashishigina Yerning sharsimonligiga bog‘liq, ularning barcha xususiyatlari esa tabiatning uzoq vaqt davomidagi rivojlanishi natijasidir. Masalan, tundraning g‘arbdan sharqqa cho‘zilganligi (zonalligi) Yerning Quyosh radiatsiyasi ta’sir etadigan fazodagi shakli va aylanishiga bog‘liq, lekin tundradagi tuproqlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi xarakteri Yer tabiatining uzoq vaqt mobaynidagi rivojlanishi natijasidir.

  1. Geografik qobiqdagi jarayonlarni ular ro‘y beradigan tutash makonning sferik shaklda ekanligini hisobga olmay tushunib bo‘lmay- di: Sferik shaklning ta’siri, masalan, havo harakatlarida, okean oqimlarida, suvning ko‘tarilishi va qaytishi harakatlarida hamda boshqa ko‘p geografik hodisalarda aks etadi.

  2. Planetaning shar shaklda ekanligi uning Quyosh nuri bilan yoritilgan va qorong‘i (kecha va kunduz) qismlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi, binobarin, Yerning issiqlik rejimiga ta’sir ko‘rsatadi.

  3. Geodezik, kartografik va gravimetrik ishlar uchun ellipsoid- ning aniq o‘lchamlarini bilish zarur.

Yerning haqiqiy shakli bilan yer po‘sti relefi orasida chambar- chas bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish yer po‘sti ostidagimodda orqali amal- ga oshadi. Bu modda aylanayotgan planetada ma’lum sharoitda bir kenglikdan ikkinchi kenglikka yoki bir meridional sektordan ikkinchi meridional sektorga oqib o‘tishi mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish