Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 0,6 Mb.
bet3/9
Sana21.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#688384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi

2.2. Yer yoshini aniqlash
Yer paydo bo‘lgandan to shu vaqtgacha o‘tgan davrlarda ro‘y bergan o‘zgarishlarni, yer qatlamlarining qachon xosil bo‘lganligini aniqlash bilan olimlar qadimdan qiziqib kelganlar. Geologiyada yer qatlamlarining qaysisi oldin yoki qaysisi keyin paydo bo‘lganini qiyosiy aniqlash usuliga nisbiy yosh aniqlash usuli deyiladi. Bu usulda yer qatlamlarining eng oldin paydo bo‘lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o‘simlik va xayvon qoldiqlarini topib, birini ikkinchisiga taqqoslab ko‘riladi, eng oddiy xayvon va o‘simlik qoldig‘i bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan keksa xisoblanadi. Qavatlarning oldin yoki keyin xosil bo‘lganligini va tarkibini litologiya va stratigrafiya fanlari tekshiradi. Bu qatlamlar orasidagi o‘simliklar qoldig‘ini paleobotanika, xayvon qoldig‘ini esa paleontologiya tekshiradi.
Geoxronologiya shkalasiga kirgan eralar, davrlar, epoxalar nomi bilan biror joy, tog‘, axoli nomi bilan yoki tog‘ jinsining tarkibiga moslab qo‘yilgan. Masalan paleozoy erasi nomi 1838 yilda A.S.Sedjvik tomonidan, mezozoy va kaynozoy eralarining nomi 1840 yilda D.Filips tomonidan berilgan.
Kembriy davri Angliyadagi qadimgi Uels grafligining nomidan, silur xam shu yerdagi qabila nomidan, devon davri Angliyadagi Devonshir grafligi nomidan olingan. Toshko‘mir davri shu davr qatlamida ko‘mir ko‘p bo‘lganligi uchun, yura davri Fransiyadagi Yura tog‘ida aniqlanganligi uchun, bo‘r davri shu davr yotqizig‘i bo‘r jinsiga boy bo‘lgani uchun shunday nomlar bilan atalgan. Yuqoridagilardan ma’lumki, yer qatlamlarining nisbiy yoshini aniqlashda xar bir qatlamni tartib bilan yotishini, navbatini belgilab, ular o‘ziga xos nomlar bilan atalgan. Bu nomlar umumgeologik kongresslarda qabul qilingan.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, tog‘ jinslarining nisbiy geologik yoshidan osongina foydalanish mumkin. Biroq nisbiy geologik yosh turli era va davrlarning qancha vaqt davom etishligini yetarlikcha aniq belgilashga imkon bermoaydi. Vaxolanki buni aniqlash amaliy va nazariy axamiyatga egadir.
Tog‘ jinslarining absolyut vaqt birliklari bilan ifodalanishi ularning absolyut yoshi deyiladi. Yer tarixida ma’lum bir vaqtdan boshlab o‘tgan yillar sonini qanday xisoblab bo‘ladi? Quyidagi usulni tasavvur etib ko‘raylik. Atmosfera yog‘inlari yer qatlamlarini yemiradi va yemirilgan jinslar qumtosh, shag‘al, tuproqlarni o‘zi bilan daryolarga, daryolar esa ularni dengiz-ko‘llarga keltirib qo‘yadi va bu yerda yotqiziqlar to‘plana boshlaydi. Binobarin, biror vaqtga oid bunday qatlam qalinligini belgilab, uning xosil bo‘lishi qancha vaqt davom etganligi to‘g‘risida bir fikrga kelish mumkin. Masalan D.Murrey daryolar dengizga xar yili qariyib 16 kub sm oqiziq moddalar olib keladi va bu moddalar dengiz ostida xar yili o‘rta xisobda 0,11 millimetr qalinlikda cho‘kindi qoplamini xosil qiladi deydi. Agar barcha davrlarda xosil bo‘lgan cho‘kindi jinslarning xajmi taxminan 150 kilometr bo‘lsa, dengizlarda cho‘kindi to‘planish protsessi boshlangan vaqtdan beri o‘tgan davr 1,5x109 yil bo‘lib chiqadi.
Bu metodning asosiy kamchiligi shundaki, 150 km qalinlikda xosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar yer xayotining turli davrlarida qanday tezlikda o‘zgarganligini aniq belgilab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari yerning va qatlamlarning mutlaq yoshini boshqa metodlar bilan xam aniqlashga urinib ko‘rilgan. Yerning mutloq yoshini tuz, oxaktosh, bo‘r, dolomit kabi jinslarning to‘planish tezligiga qarab aniqlash xam yaxshi natija bermadi.
Bulardan boshqa to‘rtlamchi davrda yer yuzasini muz bosishi natijasida xosil bo‘lgan lentasimon gil jinslar qatlamining sonini aniqlash usuli xam bor. Bu usul antropogen davri uchun qulay bo‘lsa xam oldingi davrlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Yuqoridagi metodlarning birortasi xam geologik davrning yoshini aniq belgilab berolmaydi. Yer qatlamlari yoshini absolyut raqamlarda ifodalash uchun keyingi yillarda radioaktivlik xodisasi – radioaktiv elementlar atom yadrolarining o‘z-o‘zidan parchalanishidan iborat bo‘lib, bunda ajralib chiqadigan energiya muayyan nurlanish tarzida tarqaladi.
Tabiat va jamiyatni o‘rganishda tarixiy metod dialektikaning eng asosiy prinsiplaridan xisoblanadi. Bu metodda xar qanday voqea va xodisa tarixiy rivojlanish sharoiti asosida o‘rganiladi. Geologiyada tarixiy metod geologik tushunchalar paydo bo‘lishi munosabati bilan qo‘llanila boshladi. Bu tarixiy marksistik ilmiy kuzatish metodi keng rivojlangan.
Yer sharining qazilma boyliklari bo‘shliqda tasodifan joylashgan emas, balki ular yer sharidagi ximiyaviy moddalarning fizik-ximik protsessi natijasida paydo bo‘lgan. Mineral va tog‘ jinslarining xosil bo‘lishida geologik protsesslar katta rol o‘ynagan. Shuning uchun xam xar bir geologik voqealar bilan bog‘lab tekshirilsa, uning asl moxiyati ochib beriladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish