2.4.Avtomobil va traktor dvigatellarining parametrlarini tanlash.
Yuqorida dvigatellar to‘g‘risida asosiy tushuncha va aniqlashlarni ko‘rib
o‘tdik. Umuman olganda, bu tushunchalar va aniqlashlar barcha porshenli
dvigatellarga xos bo‘lgan kattaliklar xisoblanadi. So‘ng dvigatellarning ishlab
chiqarilish sifatini bildiruvchi va ularni texnik tavsifnomasiga yozilib qo‘yiladigan
ko‘rsatkichlarning asosiylarini ta’rifini va aniqlash ifodalarini xam ko‘rib chiqdik.
Lekin ularni dvigatellarning turi va xiliga qarab, ifodalar tarkibidagi
parametrlarni tanlash uslublarini bilish ham mutaxassis uchun muhim xisoblanadi.
Ko‘rsatkichlarni aniqlovchi ifodalarning tarkibidagi parametrlarni tanlash esa,
o‘xshash dvigatellarning ishlash jarayonini taxlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Bu parametrlarni besh guruxga bo‘lib, tanlashni asosiy jixatlariga to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |