Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflari xisobi ularning iktisodiy, shaxarsozlik va ekologik belgilari buyicha tasnifini uz ichiga oladi, ularning tarkibi Bino va inshootlar davlat kadastri- ni yuritish buyicha meyoriy xujjatlarda belgilanadi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat tavsif- larini xisobga olish uchun "Davarxitektqurilish" kumitasi tomonidan "Davergeodezkadastr" davlat kumitasi bilan kelishgan xolda kadastr axborotlari ni takdim etishning texnik ko‘rsatkichlari va shakllari ishlab chikiladi.
Xujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tas- diklangan xisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Bino va inshootlar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan tizimiga kiritiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlarini iktisodiy baxolash solik solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun xar kaysi ob’ektning kiymatini aniklash maqsadida amalga oshiriladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlarini iktisodiy baxolash ular- ning uziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda konun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr axborot- larining ishonchliligi uchun Bino va inshootlar davlat kadastri yurituvchi "Davarxitektqurilish" kumitasi vakolatli tashkilotlarining va hududiy arxi¬tektura va qurilish bosh boshqarmalari vakolatli bo‘linmalarining raxbarlari javob beradilar. Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritishda birinchi navbatda ruyxatga olish ishlarini amalga oshirish zarur buladi, ruyxatga olish uchun esa Uzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr buyicha bulish va kadastr kod rakamlarini berish talab etiladi.
Ma’lumki, binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shaxar kadastr daftaridan, kadastr planidan, kadastr xujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek, belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. Belgilangan tartibga binoan, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1 bosqich – binolar inshootlarning tuman, shaxar darajasidagi xuquqiy, xo‘jalik va me’moriy-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini to‘plash va kadastr daftarida ro‘yxatdan o‘tkazish.
2 bosqich – ob’ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish.
3 bosqich – oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni xisobga olgan xolda ma’lumotlarning kompyuter bazasini yaratish. Binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ma’lumotlari binolar va inshootlar davlat kadastrining asosini tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida bino ѐki inshoot qurib bitkazilgandan so‘ng ѐxud qonun xujjatlarida nazarda to‘tilgan tartibda va sharoitlarda bitishuvlar sodir etilgandan so‘ng (oldi-sotdi, xadya, garov, ijara va xokazo) amalga oshiriladi.
Bino va inshootlarni davlat ro‘yxatiga olish tizimi uch ta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
1 – Bo‘lim. Bino va inshootlar tavsifi - bu ma’lumotlar bino va inshootlarni joyda o‘rganish va kadastr tasvirlov ishlarini olib borish natijasida tayѐrlanib taxlil qilinadi. To‘plangan ma’lumotlarning asosiylari saralanib jamlanadi. To‘plangan aniq ma’lumotlar asosida joyning o‘zida “Bino va inshootlarni tadqiq qilish dalolatnomasi” tuziladi.
2 – Bo‘lim. Egalik (xususiy) – bu mulk egaligi xaqidagi ma’lumotlar, rekvizitlar, rekvizit xujjatlari (egalik xuquqini qo‘lga kiritgan xujjatlar turi va raqami), ro‘yxatga olish sanasi va boshqalardan iborat.
3 – Bo‘lim. Mulkka egalik xuquqini og‘irlashtiruvchi vaziyatlar va ogoxlantirish ma’lumotlari – bunda bino va inshootlarga xuquqlari mavjud bo‘lgan uchinchi shaxslar xaqida axborot beriladi (ijara, xibsga olish, servitut, garov ѐki boshqa og‘irlashtiruvchi vaziyatlarxaqida axborot, ogoxlantirish, cheklash va boshqalar).
Yuqoridagi tuzilmaviy tarkibga muvofiq ro‘yxatga olish jaraѐnida yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, xar bir ob’ekt uchun aloxida kadastr ishi ochiladi va unda yuqoridagi uchta bosqich bo‘yicha quyidagi mazmunda ma’lumotlar jamlanadi:
- Ko‘chmas mulklar (bino va inshoot)larning texnik, iqtisodiy va xuquqiy tavsiflari.
- Ko‘chmas mulk egaliklari xaqida zaruriy ma’lumotlar.
- Ko‘chmas mulkka ogoxlantirishlar va og‘irlashtiruvchi xolatlar xaqidagi qonuniy xujjatlarga asoslangan aniq ma’lumotlar.
Binolar inshootlarning davlat ro‘yxatini olib borishda quyidagi prinsiplarga asoslanish zarur bo‘ladi:
Bino va inshootlar davlat kadastrini yaratish va yuritish tizimi o‘z ichiga kadastr axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, hisobga olish, bir tizimga keltirish, saqlash, yangilab turish va foydalanuvchiga berishni oladi. Aholi punktlari erlarining kadastri tizimining bunday kontsepsiyasi yagona metadalogik tamoyillar asosida aholi punktining tabiiy-texnogen majmuasini kadastr tizimining predmeti sifatida qarashga imkon beradi. “ Tabiiy- texnogen majmua” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga aholi punkti xududining uchastkalarini, ushbu er uchastkasining ustida va ostida joylashgan shahar xo‘jaligi obektlarini , shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoitlarni hamda uchastkalar resurslarini o‘zida jamlaydi. Tabiiy-texnogen majmuaning sanab o‘tilgan elementlari bir xil xususiyat, mohiyat, tartib sifatida ham, prinsipial turlichaligi sifatida ham aholi punktlari erlari kadastri tizimining mazmuni va mohiyatini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |