Yer tuzish va yerdan foydalanish


Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Download 1,71 Mb.
bet52/54
Sana16.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#372901
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
LOTIN Мажмуа БИДК сиртқи 2021(2)

Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq yoki bitim to‘g‘risida hujjat berish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlashi shart.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.

Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qaerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangach va ro‘yxatidan o‘tkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi xaritalar va rejalarning 1:100 dan 1:10000 gacha bo‘lgan masshtab qatoridan iborat bo‘ladiki, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ob’ektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.

Bino va inshootlar ma’lumotlari asosida tuman, shahar geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari - binolar va inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, mahandislik-geologiya, gidrogeologiya, ekologiya, sanitariya-gigiena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik inventarizatsiyalanganligi va pasportlashtirilganligi, mikroseysmik rayonlashtirilganligi va seysmik turg‘unligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot ma’lumotlari omboridir.

Tuman, shahar binolari va inshootlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumatlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining kadastr, reestr daftariga kiritilgan ma’lumotlari asosida tuziladi.

Binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kompyuter ma’lumotlari Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kompyuter kadastr ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.

Ma’lumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo‘yicha ob’ektlarning guruhlari bo‘linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo‘yicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yo‘nalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish-texnik tavsiflari bo‘yicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.

Binolar va inshootlarning 31 dekabrdagi holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlari "Davergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nashr etiladi. (O‘zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori taxriridagi band)



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish