Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari. 2 Yer fondi toifalari. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish


-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar



Download 68,25 Kb.
bet16/40
Sana28.06.2022
Hajmi68,25 Kb.
#715062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
zarnigor

33-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati, Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati, Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati, Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlardir. Bu hujjatlarda yer uchastkasi qaysi huquqqa asosan berilayotganligi, yer uchastkasidan foydalanishning belgilangan maqsadi, uni o‘zlashtirish muddatlari, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlar ko‘rsatiladi
34-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi
Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida hokimlar boshchiligidagi doimiy ishlaydigan komissiyalar tuzilib, ular tarkibiga davlat kadastri va yer tuzish xizmati, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolar yig‘inlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritil
35-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalari joylashgan erda amalga oshiriladi. Davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
1) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) yer uchastkasining tavsifi (erlarning toifasi, foydalanish maqsadi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
3) yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid ma’lumotlar;
4) vakolatli organlarning yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun ajratib olish zonasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida ro‘yxatga olingan sana va tartib raqami ko‘rsatilgan holda guvohnoma beriladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi zarur hujjatlarning yo‘qligi;
2) taqdim etilgan hujjatlarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlarning yo‘qligi;
3) yer uchastkasining asosiy foydalanish maqsadi belgilangan qoidalarni buzgan holda o‘zgartirilganligi;
4) yer uchastkasi umumiy maydonining belgilangan normalari kelishuv natijasida buzilganligi;
5) davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
6) davlat ro‘yxatiga olish organida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini, uy-joy binolarini, boshqa binolar va inshootlarni musodara qilish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori mavjudligi;
7) ro‘yxatga olish yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risida hujjat yo‘qligi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa;
8) yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi belgilangan tartibda qabul qilingan qaror.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 68,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish