O‘zbekiston respublikasi yer fondi (2000 y.)
-
t
Yer toifalari
Maydonga nisba
r
tan % hisobida
1
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
58,1
2
Aholi punktlarning (shaharlar, shaharchalar
va qishloq aholi punktlarining yerlari
0,5
3
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa
maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
4,4
4
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish,
rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
0,009
5
Tarixiy - madaniy ahamiyatga molik yerlar
0,001
6
O‘rmon fondi yerlari
18,09
7
Suv fondi yerlari
1,8
8
Zaxira yerlar
17,1
Jami
100,0
-
-
O‘zbekistonda bir odamga o‘rtacha 1,78 ga umumiy yer maydoni to‘g‘ri keladi.
-
Yer fondi yer turlariga bo‘linadi.
-
Yer turlari - bu aniq xo‘jalik maqsadlari yo‘lida muntazam foydala-niladigan yoki
foydalanishga yaroqli va bir - biridan o‘zining tabiiy-tarixiy hususiyatlari va belgilari
bilan farq qiladigan yer bo‘laklaridir.
-
Xalq xo‘jaligining asosiy vazifasi yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilishdir. Yerdan uning tabiiy hususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda
foydalanish kerak.
-
Yerdan oqilona foydalanish deb, undan xalq xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlariga mos keladigan va maqsadga erishishning samaradorligini
ta’minlaydigan, tabiatning boshqa omillari bilan optimal ta’sirda bo‘ladigan hamda
uni har tomonlama muhofaza qiladigan darajadagi foydalanishga aytiladi
-
Yerdan oqilona foydalanish muammosi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z
ichiga oladi; yerdan samarali foydalanish va uning unumdorligini oshirish; yerni
yahshilash uchun mahsus tadbirlar o‘tkazish; qishloq xo‘jalik yerlaridan intensiv
foydalanish; qishloq xo‘jaligi uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish; tuproq eroziyasiga
qarshi kurashish; yerni ho‘jasizlarcha foydalanishdan va sifati pasayishidan
muhofaza qilish.
-
Yerni muhofaza qilish - bu yerning sifatini pasaytirishga sabab bo‘ladigan hamda
yerdan foydalanish tartibining buzilishiga olib keladigan jarayonlarni tugatish va
oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik, agronomik, texnik, meliorativ, iqtisodiy
va huquqiy tadbirlar tuplamidir.
-
Yerdan oqilona foydalanishni va muhofaza qilishni tashkil qilish yer tuzishing
asosiy vazifasi hisoblanadi va ilmiy asoslangan yer tuzish loyihalari yordamida
amalga oshiriladi. Yerdan oqilona foydalanish uchun uning sifati tubdan yaxshilash
katta ahamiyata ega.
-
Yerga ta’sir qilishiga va iqtisodiy ahamiyagiga qarab hamma tadbirlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: yer tuzish, agrotexenik, gidrotexnik va boshqa injenerlik
tadbirlari. Ularning har birining mazmunini bilish kerak.
-
Yerni yaxshilash va undan intensiv foydalanish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi
uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish va buzilgan yerlarni shakllash ham katta
ahamiyatga ega.
-
Tabiiy resurslardan qanchalik intensiv foydalanilsa, shunchalik yerni muhofaza
qilish bo‘yicha tadbirlar ishlash zarurati tug‘iladi. Yerni muhofaza qilish bo‘yicha
tadbirlar jumlasiga qishloq xo‘jaligidan yerni asoslanmagan holda olishni tugatish
bo‘yicha huquqiy tadbirlar tizimini ishlab chiqish ham kiradi.
-
Yerdan ho‘jasizlarcha foydalanilganda uning har hil turdagi buzilishi boshlanadi:
suv, shamol va irrigatsiya eroziyalari; qayta sho‘rlanish; suv bosish; tog‘-kon va
qurilish ishlari natijasida yerning buzilishi; qishloq ho‘jalik yerlarining pestitsidlar,
mineral (ma’danli) o‘g‘itlar, agrar va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi.
-
Yerdan oqilona foydalanishni va muhofaza qilishni tashkil etish yer tuzish
yordamida amalga oshiriladi. Yer tuzish respublikaning, viloyatning, tumanning
butun yer fondini, uning ayrim bo‘laklarini, fuqarolar, shirkatlar, davlat va boshqa
xo‘jaliklar yerlarini qamrab olishi mumkin. Uning pirovard maqsadi - yuqori
samarali va ekologik havfsiz ishlab chiqarish uchun tashkiliy - hududiy sharoit
yaratishdir.
-
Yer tuzish ijtimoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun
hududiy asos yaratadi. Yer tuzish kelajaqdagi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlashi kerak. Yer tuzish yordamida birinchi navbatda hudud tashkil etiladi.
-
Hududni tashkil qilish - bu yer yuzasining ma’lum qismini aniq ishlab chiqarish
yoki boshqa maqsadlarga mos tushadigan kerakli tizimga keltirish, tartibga solish,
tuzishdir.
-
Yerdan foydalanishning bir-necha turlari mavjud. Jamoa yerdan foy-dalanishiga
korxona va tashkilotlar, hususiy tartibda foydalanishga esa fermer, dehqon va tomorqa
ho‘jaliklari kiradi. Sanoat, transport, mudofaa, suv ho‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish,
shahar qurilishi va sh.u. yerdan foydalanish yo‘nalishi va maqsadlariga qarab, foydalanish
muddatlarining doimiyligi va vaqtinchaligi, qisqaligi va uzoqligi bilan ajralib turadi.
Huquqiy jihatdan yerdan foydalanish birlamchi (yer mahalliy ma’muriyat tomonidan
ajratiladi), va ikkilamchi (ijarachilarga yer egalari tomonidan beriladi) turlarga bo‘linadi.
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi uchun yer mulkchilik huquqi bilan va ijaraga, sanoat va
boshqa korxonalarga esa muddatsiz foydalanishga beriladi. Yer tuzish xizmati respublika
yer fondadan foydalanishni boshqarish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajaradi. Ular yer
islohatini, yer kadastri va monitoringini amalga oshirish, yer resurslarini muhofaza qilish
va foydalanish bo‘yicha yer tuzish chizmalari hamda loyihalarini tayyorlash, eroziyaga
qarshi tadbirlar o‘tkazish, yerlarni xaritalash, tuproq, geobotanik va boshqa izlanishlar
o‘tkazishni tashkil qiladi va bajaradi.
-
Yer tuzish quyidagi ishlarni bajarishni o‘z ichiga oladi: davlat ehtiyojlari uchun yer
ajratish, yer dasturlarini ishlab chiqish, yer kadasrini o‘tkazish tartibini va yer uchun
to‘lovlar prinsipini belgilash, yer tuzish tizimni amalga oshirish va uning asosiy
qoidalarini belgilash, yer muhofazasi va foydalanishini nazorat qilish hamda yer
monitoringini olib borish.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |