Nazorat uchun savollar.
1.
Tabiiy va yer resurslari tushunchalariga tavsif bering.
2.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yer qanday iqtisodiy ahamiyatga ega?
3.Qanday
hollarda
yer
umumiy
ishlab
chiqarish
vositasi,
mehnat
predmeti va mehnat quroli hisoblanadi?
4. Nima uchun yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi?
5. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi nimada?
6. Yer bilan ajralmas bog‘liq ishlab chiqarish vositalariga nimalar kiradi va ular
qanday iqtisodiy ahamiyatga ega?
7. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yer qanday vazifani bajaradi?
8. Yer tuzishda ishlatiladigan «yer» tushunchasiga tavsif bering.
9.Ijtimoiy ishlab chiqarishda suv qanday iqtisodiy ahamiyatga ega?
10. Qanday sharoitlarda suv umumiy ishlab chiqarish vositasi, meh-
nat predmeti, mehnat quroli hisoblanadi?
11. Nima uchun suv qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish
vositasi deyiladi?
12. Suvning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi nimada?
13.
Suv xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida qanday ahamiyatta
ega?
14.Qishloq
xo‘jalik
ekinlari
hosildorligini
oshirishda
suvning
ahamiyati qanday?
Xo‘jalik yuritishning har qanday faoliyatida ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratishda yer hududiy ba’zis bo‘lib hisoblanadi.
Bunda yer to‘laligicha emas, balki uning ayrim uchastkalaridan sifatlariga va foydali
hususiyatlariga qarab har hil maqsadlarda foydalaniladi. Shu bilan birga turli
subektlar orasida bu hududlardan foydalanish bo‘yicha aniq munosabatlar paydo
bo‘ladi.
Yer munosabatlari - bu odamlar orasidagi yerni taqsimlash, unga egalik qilish
yoki foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. U ishlab chiqarish
munosabatlarining asosiy qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazasi tarkibiga kiradi.
Yer munosabatlariga boshqarish idoralari va fuqarolar, fuqarolar va ishlab
chiqarish jamoalari (xo‘jaliklar) hamda ayrim fuqarolar orasidagi yerdan
foydalanish bo‘yicha munosabatlari kiradi.
Jamiyatniig yer tuzumi - bu jamiyatda mavjud va huquqiy belgilangan yerda xo‘jalik
yuritish turlari va ularga mos mulkchilik turlari tizimi asosida vujudga kelgan yer
munosabatlarining majmuidir.
Yer munosabatlari yerlarni taqsimlash, har xil turdagi yer egaliklari va yerdan
foydalanuvchilarni vujudga keltirish, mustahkamlash, yiriklashtirish (maydalash) va
tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Yer egaliklarn va yerdan foydalanuvchilar - bu korxonalar, shirkat va jamoa
xo‘jaliklari, muassasalar, ayrim fuqorolarning aniq maqsad yo‘lida, belgilangan
huquq va majburiyatlarga mos ravishda, yerdan foydalanish tartibidir.
Yer tuzishda ishlatiladigan yer egaligi atamasi - aniq maqsad uchun belgilangan
tartibda yerga egalik qilish huquqi bilan berilgan, aniq o‘rniga, maydoniga, yer
turlari tarkibiga ega bo‘lgan va hududi aniq chegaralangan yer bo‘lagidir.
Yer tuzishning asosiy vazifasi hududni tashkil qilishdan iboratdir.
Hudud - bu yer yuzasining chegaralangan, o‘ziga xos tabiiy va antropogen
(inson tomonidan yaratilgan) hususiyatlarga, resurslarga ega, joylashgan o‘rni,
maydoni, shakli, relefi, kengligi va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadigan bo‘lagi.
Hududni tashkil qilish - bu yer yuzasining aniq bir qismini (yer bo‘lagini) tartibga
keltirish, tuzish, aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mos tushadigan
tizimga keltirishdir.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yer tuzish yerni tashkil qilish, undan ishlab
chiqarish vositasi sifatnda foydalanish va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish
bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni belgilangan darajada tartibga solish vazifasini
bajaradi.
Yer tuzish va yerdan fondalanishi tashkil qilish aniq iqtosodiy natijaga erishish
uchun ho‘jalik faoliyatining hamma sohalarida mehnat jarayoni samarali tashkil
qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham yer tuzish ijtimoiy - iqtisodiy tushuncha
hisoblanadi.
Odamlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida yerdan oqilona
foydalanish uchun hududni ishlab chiqarishning zamonaviy talablariga moslashga
harakat qilib kelgan.
Yer tuzishning maqsadi aniq iqtisodiy natijaga erishishdir. Buning uchun esa
hududni ishlab chiqarishning hozirgi va kelajakdagi talablariga maksimal darajada
moslash kerak. Shuning uchun ham yer tuzishdan ishlab chiqarish vositasi sifatida
aniq iqtisodiy maqsad yo‘lida foydalanishni tashkil qiladi va u iqtisodiy tadbir
hisoblanadi.
Yer islohoti boshlangunga qadar O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan yer tuzumi
asosan quyidagi hususiyatlarga ega edi :
Davlat yerning yagona va mutloq egasi bo‘lib, yer faqat foydalanish huquqi
bilan korxona, tashkilot, muassasa va fuqorolarga berilar va ajratiladigan yer
maydoni katta bo‘lsa, u faqat oliy davlat idorasi (vazirlar kengashi) qarori bilan
ajratilar edi. Yerdan foydalanish bepul bo‘lib, fuqarolarga yer faqat shaxsiy tomorqa
sifatida, jamoatchilik asosida esa bog‘dorchilik va sabzavotchilik uchun ajratilar edi.
Yerdan foydalanuvchilarga undan samarali foydalanish majburiyati yuklatilgan edi.
Ammo bu yer tuzumi qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa
tarmoqlarida yerdan samarali foydalanshni va oziq-ovqat muammosini
muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlamaydi. Dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish
imkoni yo‘q edi. Davlatning yerga bo‘lgan mutloq egaligi bozor munosabatlariga
zid kelardi.
Yer islohati - bu jamiyatdagi yer mulkchiligi turlarining o‘zgarishini, yerni bir
yer egasidan yoki foydalanuvchidan olib, boshqasiga berishni va o‘zgarayotgan yer
qonunlariga mos ravishda hududni tashkil qilish turlarini o‘zgartirishni talab
qiladngan yer munosabatlariga o‘tishni hamda yer tuzumini o‘zgartirishni qonuniy
rasmiylashtirishdan iboratdir. Islohat yerdan foydalanish, yerga egalik qilish va
xo‘jalik yuritishning yangi turlariga birmuncha tez va bezarar o‘tishni ta’minlovchi
tashkiliy, texnik iqtisodiy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Yer islohoti jarayonida quyidagi asosiy masalalar hal qilinadi:
-
yerga bo‘lgan davlatning mutloq mulkchiligini bartaraf etish,
-
har bir insonning yer olishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarish,
-
bozor iqtisodiyotiga mos yer munosabatlariga o‘tish,
-
yer resurslarini boshqarishning asosiy qismini mahalliy boshqaruv organlariga
o‘tkazish,
-
qonuniy ruhsat etilgan yer egaligi va yerdan foydalanishning barcha
turlarining mustaqil rivojlanishini ta’minlash,
-
atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ahamiyatli ustivorliklarni ta’minlash.
O‘zbekistonda yer islohatini o‘tkazishdan maqsad yerda xo‘jalik yuritishning
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan barcha turlari teng rivojlanishi uchun
sharoit yaratish, mamlakatimizda yangi demokratik yer tuzumini bunyod etish, yer
islohotini amalga oshirish uchun hududiy sharoit yaratish, yer to‘g‘risidagi yangi
qonun va qarorlarni amalga oshirish maqsadida yerni qayta taqsimlashdir.
Yer islohotini o‘tkazish natijasida O‘zbekistonda yangi yer tuzumi yaratiladi.
Unga yangi, oldin bo‘lmagan yer munosabatlari va yer mulkchiligi, yer egaliklari va
yerdan foydalangan turlari xosdir.
O‘zbekistonning hozirgi yer tuzumi quyidagi xususiyalarga ega:
-
yer o‘sha hududda yashaydigan xalqlarning boyligidir,
-
fuqarolar yer olish huquqiga ega,
-
yer mulkchiligi turlarining har xilligi va tengligi,
-
yerda xo‘jalik yuritishning hamma turlarining teng rivojlanishi,
-
qishloq xo‘jaligi uchun yerdan foydalanishning ustivorligi,
-
davlatning yerga bo‘lgan mutloq egaligi bekor qilinishi,
-
yerni
berish
va
olish
vazifasi
davlat
mahalliy
idoralari
tomoni-
dan amalga oshirilishi,
-
yerga egalik qilish va yerdan foydalanish yer solig‘i va ijara haqi
ko‘rinishidagi to‘lovlar yordamida amalga oshirilishi,
-
yer
mulkdorlari,
egalari,
foydalanuvchilar
va
ijarachilar
huquq-
lari qonun bilan himoyalanishi va kafolatlanishi,
-
yerdan
samarali
foydalanilishi
va
har
qanday
salbiy
oqibalardan
muhofaza qilinishi kerak,
-
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘z hududlaridagi qishloq ho‘-
jalik ekinlariga, daraxtlarga, bino va inshootlarga egalik qilish huqu-
qiga ega,
-
yer islohotini amalga oshirish davlat yer tuzish hizmati zimmasiga
yuklangan.
O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» 1998- yil 28- aprelda Respublika
Oliy Majlisining 11- sessiyasida qabul qilindi. U 14 ta bob 91 ta moddadan iborat.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
hozirgi
va
kelajak
avlodlarning
manfaatlaridan
kelib
chiqqan
holda yer resurslarndan oqilona foydalanishni tashkil etishni huquqiy
jihatdan ta’minlash,
-
xo‘jalik
yuritishning
barcha
shakllarining
teng
huquqlilik
asosi-
da rivojlanishiga to‘liq sharoit yaratish,
-
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
ta’minlash,
-
yer munosabatlarini zamon talabi darajasida tartibga solish.
-
Yer davlatimiz hududida yashaydigan xalqlarning boyligidir. Yer mulkchiligiga
davlat, jamoa-shirkat, jamoa-hissadorlik, shaxsiy mulkchilik turlari kiradi. Yer
dehqon va shahsiy tomorqa ho‘jaliklarini yuritish, qurilish, jamoa bog‘dorchiligi,
chorvachiligi uchun umrbod meros qoldirish huquqi bilan, fermer xo‘jaliklariga
belgilangan muddatga ijaraga beriladi.
-
Respublika yer fondi sakkizta toifaga bo‘linadi.
-
Yer kategoriyasi - bu yer fondining aniq maqsad uchun ajratilgan va foydalanish,
muhofaza qilish buyicha aniq huquqiy maqomga ega bo‘lgan qismidir.
Qonunlarda unumdor yerlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi uchun ajratilishi
ko‘zda tutilgan.
-
O‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44457,9 ming ga, shu jumladan qishloq
xo‘jalik yerlari - 31172,0 ming ga, shundan sug‘oriladigan yerlar 4297,9 ming ga,
haydalma yerlar - 4081,8 ming ga (9,1%), shundan sug‘oriladigani 3339,4 minga.
Do'stlaringiz bilan baham: |