«Yer resurslarini boshqarish» fakulteti «Geodeziya va Geoinformatika» kafedrasi


Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatida qiymati 634,5 mln dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi



Download 0,99 Mb.
bet6/7
Sana14.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#447993
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
asad

Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatida qiymati 634,5 mln dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi
18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahrida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinati mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Prezident mazkur kombinatda ishlab chiqarish jarayonlari va amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan umumiy qiymati 634,5 million dollarlik 6 ta yirik yangi, istiqbolli loyihalar taqdimotida qatnashdi. Mazkur korxonalarning to‘liq ish boshlashi bilan mahalliy va xalqaro bozorlarga mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2800 dan ortiq yangi ish o‘rni vujudga keladi.
Korxona faollari, yoshlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida soha istiqboli, malakali kadrlar tayyorlash, raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarish kabi masalalar bilan birga ishchi-xizmatchilar ijtimoiy muhofazasiga ham e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bu borada fikr bildirar ekan, ular uchun imtiyozli kreditlar asosida, arzon, ko‘p qavatli uy-joylar qurish lozimligini qayd etdi.
"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik birlashmasi — qora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi. 1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3-marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avg .da yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1pech, dek.da 2 pech, 1979-yil sentabr da 3pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyudda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi. Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.

Bekobodtsement” aktsiyadorlik jamiyati 1995 yilning mart oyida Bekobod sement kombinati qoshida tashkil etilgan. Korxonaning tarixi 1929 yilning 26 iyunidan boshlanadi. Shu kuni Bekobod poselkasida “Xilkovo” temiryo'l stantsiyasi yonida sement zavodi ishga tushirildi.
Dastlab zavodning quvvati yiliga 25 ming t sementni ishlab chiqarish bo'lgan. Bu O'zbekiston Respublikasida ishga tushirilgan birinchi sement zavodi bo'ldi. 1957 yilda zavod Xilkovo asbest truba zavodi bilan birlashtirildi va uning nomi o'zgartirildi. 1964 yilda zavodda ohak tsexi ishga tushirildi.
O'z faoliyati davomida kombinat bir necha bor kayta qurildi va kengaytirildi, quvvati oshib bordi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari assortimenti kengayib bordi. Bugungi kunda esa “Bekobodtsement” OAJ ning ishlab chiqarish quvvatlari quyidagicha:
- sement ishlab chiqarish – yiliga 714 ming t.;
- klinker (sement ishlab chiqarish uchun yarimtayyor mahsulot) ishlab chiqarish – yiliga
- 666 ming t.;
- shifer ishlab chiqarish – yiliga 66 mln. shartli dona.
Bekobodtsement” OAJ da 1733 ta ishchi, shu shumladan ma'muriy-boshqaruvda 220 ta xodim ishlaydi. Ishchilarning o'rtacha yoshi – 40 yosh. “Bekobodtsement” OAJda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda korxonada “Tsementchi” klubi, “Shirin” dam olish zonasi, “Tsementchi” bolalar sog'lomlashtirish lageri, fizkul`tura-sog'lomlashtirish kompleksi, stadion, “Quyoshcha” bolalar parki, Sirdaryo sohilidagi choyxona, kapital ta'mirlangan va zamonaviy talablarga javob beruvchi oshxona faoliyat yuritmoqda. 2011 yilning 26 iyunida korxona tashkil etilganiga 85 yil to'ldi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish