O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSТIТUТI
«Yer resurslarini boshqarish» fakulteti
«Geodeziya va Geoinformatika» kafedrasi
«KARТASHUNOSLIK»
fanidan
KURS ISHI
Bajardi: “G va GI” 2 - kurs 201 – guruh talabasi Abdixamidov D
Qabul qildi: “G va GI” kafedrasi o`qituvchisi Xikmatullayev S
Тoshkent 2021
Mundarija:
Kirish
Kurs ishini bajarish uchun ko‘rsatmalar
Тopografik kartada berilgan konturning maydonini aniqlash
Berilgan nuqtalarning balandlikgi otmetkasini va ular orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Kartashunoslik - geodeziya, kartografiy va kadastr soha mutaxassislarini tayyorlashda zarur bo’lgan asosiy fanlardan biridir. Fanning maqsadi yuqorida keltirilgan soha mutaxassislarida fanga bo’lgan ko’nikma va bilimlarni shakllantirishdir.
Kurs ishini bajarish orqali nazariy bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi. Kurs ishining asosiy maqsadi ham kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilishusullari, umumgeografik va mavzuli karta va atlaslar bilan tanishish, ularning matematik asosini o’rganish, kartografik voqea va xodisalar kartalarda tasvirlash usullarini qo’llash, kartografik generalizatsiya qonuniyatlariga bo’ysinish, hamda karta va atlaslar ustida ishlash uslublarini mukammal ravishda egallashdan iboratdir. Kartografiya (yun. kharto — xarita va grafin) — kartografik asarlarni oʻrganish, yaratish va foydalanish bilan shugʻullanuvchi fan, texnika va ishlab chiqarish sohasi. Hozirgi kunda Kartografiya 3 yoʻnalishda: xaritalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarini hududiy joylashuvi, uygʻunligi va oʻzaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; Kartografiya asarlarini yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; Kartografiya mahsulotlarini (xaritalar, globuslar, atlaslar va boshqalar) tayyorlash va bosib chikarish bilan bogʻliq ishlab chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda.
Kartashunoslik, matematik, kartografiya, xaritalarni loyihalash va tuzish, xaritagrafik semiotika, xaritagrafik dizayn, xaritalarni nashr kilish, xaritalardan foydalanish, Xaritagrafiya manbashunosligi, Xaritagrafiya informatikasi va boshqa ni oʻz ichiga oladi. Xaritagrafiya geodeziya, topografiya va geogr. fanlari bilan uzviy bogʻliq. Xaritagrafiya tadqiqotlari natijalaridan iktisodiyotning turli soxalarida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |