Mavzuli kartalarni taxlil qilish
Тopshiriqning maqsadi: mavzuli kartalarning mazmunini o‘qishni o‘rganish; tematik kartalar legendasini tuzish qoidalari bilan tanishish.
Тopshiriqni bajarish: Qadimiy xarita, ijtimoiy – iqtisodiy yoki tabiiy kartalarning legendasini o‘rganish; legendadan foydalanib, kartaning mazmunini o‘qish; kartaning mazmuniga qisqacha ta’rif berish.
Topshiriq variantlari o‘qituvchi tomonidan beriladi
Тopshiriqni bajarish uchun ko‘rsatma:
Bajarilgan ishlarning natijalariga qisqacha ta’rif berilib yoziladi.
1. Kartaning nomi (atlas bo‘lsa uning nomi, beti, kim tomonidan tuzilganligi), nashr qilingan vaqti va qayerda nashr qilinganligi; kimlarga mo‘ljallanganligi haqida yozib qo‘yiladi.
2. Kartaning matematik asosini aniqlang: masshtab va kartografik proyeksiya (meridian va parallelarning ko‘rinishi va har necha grdusdan o‘tkazilganligi).
3. Kartani geografik asosining xususiyatlarini ta’riflab berish: a) Тemetik kartaning asosini tashkil qilgan tabiiy, geografik elementlar (suv ob’ektlari, rel’ef, o‘simlik); b) Karta asosini tashkil qilgan ijtimoiy-iqtisodiy elementlar (aholi yashaydigan joylar, yo‘llar, chegaralar va boshqalar).
4. Kartaning temetik mazmunining xususiyatlarini ta’riflab berish:
1) kartada qanday tabiiy yoki ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlar tasvirlangan va ular karta mavzusini qay darajada ochib beradi;
2) ob’ektlarning qanday sifat va miqdor xususiyatlari mavjud va ularning kartada tasvirlanganligi;
3) bunda vokea va xodisalarning kanday kartografik usullari kullanilgan;
4) xar bir kartografik usul uchun kanday jixozlash manbalaridan foydalanilgan.
5. Kartaning legendasini diqqat bilan o‘rganib, ularning tiplarini aniqlang:
a) elementar legendalar, alohida olingan tabiat komponentlari elementlarini bir tomonlama ifodalash; ko‘rsatkichlar xususiyatiga va kartografik tasvirlash usullariga bog‘likligi;
b) tipologik legendalar, ilmiy tasniflarni tasvirlanishi;
v) kompleks legendalar, zarur bo‘lgan bo‘limlar tanlanib, hodisalarning bir-biri bilan bog‘liklik xususiyatlarining ifodalanishi. Masalan, agroiqlim kartalari legendarida tuproq turlari hudud ichidagi har xil iqlim sharoitiga qarab ajratiladi;
g) murakkab yoki sintetik legendalar, tabiiy sharoitning to‘liq tasvirlanishi, tarmoqlar guruxlarini, masalan, landshaft, rayonlashtirish kartalari va boshqalarni birlashtirib ko‘rsatilishi.
6. Legenda tuzishning aloxida xususiyatlarini belgilanishi – tekst kurinishidagi yozuvlar uchun; jadval kurinishida tavsiflarning gorizontal va vertikal buyicha joylashuvi ; klassifikatsiyalangan bulinmalarni shrift yoki boshka usulda ajratib kursatish; absolyut va shartli, uzluksiz yoki zinama-zina shkalalardan foydalanish. Legendani rangli va shtrixli jixozlashni yozib kursating, foydalanilgan grafik usullarni ajrating,(masalan, zaytun rangli ingichka shtrixlash).
7. Karta legendasining qurilish sxemasini chizish.
8. Kartaning mazmunini boyitishda foydalanilgan qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash (diagrammalar, grafiklar, profillar, rasmlar, qirqimlar, matnlar, qo‘shimcha kartalar, jadvalli ma’lumotlar, masshtab ko‘rinishlari va h.k. lar). Karta kompanovkasini izoxlang (kartada kabul kilingan kartografik hududning, uning chegarasini, karta ramkasiga nisbatan o‘rta meridianni, ularning optimal variantga mosligini taxlil kiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |