Yer osti suvlarini mujhofaza qilish va ishlatish



Download 28,13 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi28,13 Kb.
#697034
  1   2
Bog'liq
7-Ma`ruza (1)


Yer osti suvlarini mujhofaza qilish va ishlatish

Mamlakatimizda tasdiqlangan yer osti suvlari zaxirasi 16 million 800 ming kubo metrni tashkil etadi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, aholini suv ta’minoti yer osti va yer usti suvlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yer osti suvlari tabiiy himoyalanganligi tufayli aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashning ishonchli manbalaridan biridir.


Hozirda yurtimizda 119 ta shahar, mingdan oshiq shahar ko‘rinishidagi posyolka va 11 mingdan ziyod qishloq aholi punkti bor. Shundan 69 shahar, 335 shahar ko‘rinishidagi posyolka va qariyb 3 ming qishloq aholi punktlari yer osti suv zaxiralari hisobidan ichimlik suvidan foydalanmoqda. Aholining qolgan qismi yer ustki suvlari, buloqlar va boshqa turdagi suv manbalari hisobiga ta’minlanib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Gidrogeologiya korxonalari geologiya-qidiruv ishlarini olib borib, ichimlik suv manbalarini asoslab berish ishlarini amalga oshiradi. Obi-hayotni aholiga yetkazish masalasi esa Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimi va mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan.
Yer osti suv zaxiralari miqdori qanday? U yurtimiz aholisini necha yil davomida obi-hayot bilan ta’minlashga yetadi? Va boshqa bir qator savollar bilan Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori Botir Abdullayevga murojaat qildik.
– Bugungi kunda aholiga yetkazib berilayotgan toza ichimlik suvining qariyb 50 foizi yer osti suvlari zaxirasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda yurtimizda 97 ta yer osti suv koni hamda yer osti suvlari shakllanadigan 19 ta qo‘riqlanadigan tabiiy hudud mavjud. Garchi zaxira ko‘p bo‘lsa-da, u yurtimiz hududlarida notekis tarqalgan. Ayrim hududlarda yer osti suv zaxirasi mo‘l, yer osti konlari ham anchagina. Cho‘l, quruqlik zonalarda esa suv kam. Shuning hisobiga aholining 30 foizdan oshiqrog‘i sifatli ichimlik suvi bilan u qadar yaxshi ta’minlanmagan.
Yurtimizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzoq yillarga mo‘ljallangan suv ta’minoti tizimini modernizatsiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Unga ko‘ra, yer osti suvlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish kerak. Ayni vaqtda viloyatlarda xatlov olib borildi. Afsuski, uning natijalarida 20 mingtadan ortiq burg‘i ekspulatatsion quduqlarning 60 foizdan yuqorisida foydalanish uchun kerakli hujjatlar yetishmasligi qayd etilgan. Yer osti suvlaridan noto‘g‘ri foydalanishni asosiy sababi normativ hujjatlarni yetishmasligi va aholini mavjud suvlardan oqilona foydalanmasligi. Bu esa yer osti chuchuk suvlari zaxiralarini ma’lum miqdorda kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Agarda tarixga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oxirgi 60 yilda o‘tkazilgan gidrogeologik tadqiqotlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi juda muhim vazifani hal qilish imkonini berdi. 90 – yillar boshiga qadar tadqiqotlar markazlashtirilgan quduqli suv olish inshootlari zaxiralarini baholash va asoslashdan iborat edi. Keyingi 10 yilda kichik qishloq aholi punktlarini suv ta’minoti yakka tartibdagi suv olish inshootlari va tog‘ zonalarida buloqlar hisobidan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. 
“O‘zkommunxizmat” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra yaqin kelajakda - 2020 yilda aholini suv bilan ta’minlashda ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj oshib, 8225.94 ming.m3/sut.ga ortadi. Bu nafaqat xo‘jalik ichimlik inshootlarini saqlashni, ulardan suvni chiqarib olishni ko‘paytirish balki chuchuk yer osti suv konlari va to‘plangan chuchuk yer osti suvlari hududi va chegarasida yangi uchastkalarni qidirishni talab qiladi.
– Vaziyat siz aytgan darajada jiddiy bo‘lsa, kelgusida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi? Agarda yer osti suv zaxira konlarini maksimal ravishda saqlash, ulardan oqilona foydalanish asosida boshqarish, ifloslanayotgan uchastkalarni qisqartirish, istiqbolli maydonlarda chuchuk yer osti suv zaxiralarini sun’iy hosil qilish hamda yangi istiqbolli uchastkalarni izlab topish shart bo‘ladigan bo‘lsa, gidrogeologiya sohasini yaqin kelajakda qanday vazifalar kutmoqda?
– Gidrogeologik ilmiy-tadqiqotlarining asosiy vazifalaridan biri bu - XXI asrda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishni va boshqarishni yo‘lga qo‘yish, yer osti suvlarini ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, jadal ifloslanayotgan joylarda uni bartaraf etish, istiqbolli maydonlarda suv zaxiralarini sun’iy to‘ldirishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek yer osti suvlari konlari doirasi va undan tashqari hududlarda qo‘shimcha suv manbalarini topish.
Oldimizda turgan eng muhim vazifa - barcha gidrogeologik korxonalarning, ayniqsa monitoring ishlari bilan shug‘ullanadigan hududiy stansiyalarni huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va zamonaviy o‘lchov priborlarini amaliyotga tatbiq etish turibdi. Xususan, gidrogeologik va monitoring tadqiqotlarini bajarishda gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatgichlarni baholash, hamda bashoratlovchi izchil haritalarni tuzish, 3D modellash imkonini beruvchi kompyuter dasturlari va GIS-texnologiyalari bilan ta’minlash zarur.
Ayniqsa, texnogen bosim ta’sirini kuchayishi va yer osti suv konlarini hosil bo‘lishi sharoitini hisobga olgan xolda, yer osti ichimlik suvi konlarini hozirgi holatini baholash, yangi istiqbolli chuchuk yer osti suvlari uchastkalarini qidirib topish juda muhim. Biz yer osti suvlaridan foydalanishni yanada samarador turlarini -quduqli va galereyali qismini asoslab berish bilan birga yer osti suv konlariga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni aniqlash, ularning kelib chiqish jarayonini o‘rganish va uni yo‘q qilish, kamaytirish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish harakatidamiz.
– Yurtimizda mineral xom-ashyo bazasi, sanatoriyalar tizimi, profilaktoriya va davolash maskanlarini kengaytirish maqsadida mineral suvlardan foydalanish jarayoni qanday kechmoqda?
– Mineral suvlarda foydalanishni kengaytirish maqsadida turli viloyatlarda o‘ziga xos vitaminlar bilan boyigan suvlarni qidirish ishlari olib borilmoqda, – deydi direktor. – Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida temir-bromli, Navoiy viloyatida organikaga ega, spesifik komponentlarga ega bo‘lmagan rassollar, Buxoroda temirli, oltingugurtli, bromli, Qashqadaryoda kremniyli, yodli, borli, organikali, oltingugurtli, bromli, Surxondaryoda yod-borli, Toshkentda bromli, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yodli mineral suvlarini qidirish ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish niyatidamiz.
Qayd etish joizki, katta shahar va tuman markazlari, ko‘plab qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati shular jumlasidandir.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra keyingi vaqtda foydalanuvchilarga suvni tejashning ham an’anaviy, ham innovatsion texnologiyalari haqida ma’lumotlar berish uchun “TOMCHI” mobil ilovasi yaratilgan. Unda suvdan oqilona va unumli foydalanish haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Ер ости сувларини мухофаза қилиш ҳамда оқилона бошқариш бўйича 2017 йилда Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори эълон қилинган бўлиб унда шундай дейилади.
-Қайд этилсинки, узоқ муддатли истиқболда ичимлик суви таъминоти тизимини ривожлантириш ва модернизациялаш бўйича комплекс чора-тадбирлар ва мақсадли дастурларни амалга ошириш асосида республикамиз аҳолисини сифатли ичимлик суви билан таъминлаш ижтимоий сиёсатимизнинг устувор йўналишларидан бири ҳисобланади. Кейинги йилларда республикамизнинг аксарият минтақаларида аҳолини марказлаштирилган ичимлик суви билан таъминлаш бўйича кенг қамровли чора-тадбирлар амалга оширилди. Ҳозирги пайтда 69 та шаҳар, 335 та посёлка ва 2 902 та қишлоқ аҳоли пунктлари аҳолисининг эҳтиёжлари ер ости сувлари захиралари ҳисобига қондирилмоқда. Шу билан бирга, охирги 40-50 йилда саноат ва қишлоқ хўжалигининг жадал ривожланиши чучук ер ости сувлари ҳолатига салбий таъсир кўрсатди, бу ўз навбатида сув олиш иншоотларининг рухсатсиз қурилиши ва сувни назоратсиз олиш оқибатида конлардаги захираларнинг 35 фоизга қисқаришига ҳамда айрим манбаларда сув захираларининг тугашига олиб келди. Республикамизнинг айрим ҳудудларида ер усти сувларини чиқариб ташлаш тармоқлари ва дренаж тизимларининг қониқарсиз ҳолати, ер ости сувлари сатҳининг интенсив кўтарилиши, шунингдек, режали асосда гидрогеологик мониторинг олиб борилмаганлиги оқибатида айрим шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктларида ер ости сувлари сатҳининг кўтарилиши кузатилмоқда. Ер ости сувлари мониторингининг 1 465 кузатув пунктидан иборат амалдаги тизими сув манбаларининг ифлосланишига, ер ости сувлари захираларининг камайишига ва аҳоли пунктлари ҳудудларида ер ости сувлари сатҳининг кўтарилишига олиб келаётган салбий омилларни ўз вақтида ва тўлақонли баҳолаш имконини бермаяпти. Сифатли ичимлик суви тақчил бўлган айрим минтақаларимизда сувни индустриал чучуклаштириш қурилмаларидан етарли фойдаланилмаяпти, республикамизда уларни ишлаб чиқаришни қўллаб-қувватлашга қаратилган чора-тадбирлар амалга оширилмаяпти. Ер ости сувларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва уларни ҳисобга олишни йўлга қўйиш, самарали мониторинг тизимини яратган ҳолда уларнинг захираларини янада кўпайтириш, камайиб кетиш ва ифлосланишдан муҳофаза қилиш, шунингдек, республикамиз аҳолисини сифатли ичимлик суви билан таъминлаш мақсадида:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси томонидан 10 073 та сув қудуғи хатловдан ўтказилганлиги, хатлов натижаларига кўра қуйидагилар аниқланганлиги маълумот учун қабул қилинсин: қонунчилик базаси такомиллаштирилмагани оқибатида 6 679 та қудуқдан ер ости сувлари назоратсиз олинмоқда ва уларнинг ифлосланиши ва захиралари камайиши давом этмоқда; ер ости сувларини ҳисобга олиш ва улардан фойдаланиш юзасидан зарур назоратнинг мавжуд эмаслиги оқибатида 59 фоиз ер ости сувлари белгиланган тартибда тасдиқланмаган захиралардан олинмоқда; сув манбалари сатҳлари ифлосланишининг ҳозирги суръатларида яқин ўн йилларда чучук ер ости сувлари мавжуд ресурсларининг ярмидан кўпини тиклаб бўлмас даражада йўқотишнинг реал хавфи мавжуд.
2. 2017 йилнинг 1 июлидан бошлаб қуйидаги тартиб белгилансин, унга мувофиқ: белгиланган тартибда рухсат олинмасдан, бироқ техник талабларга риоя этган ҳолда қазилган фойдаланиш қудуқлари кейинчалик белгиланган тартибда фойдаланиш учун тегишли сувдан фойдаланувчилар ва сув истеъмолчилари томонидан расмийлаштирилиши лозим; белгиланган тартибда рухсат олинмасдан ва техник талаблар бузилган ҳолда қазилган фойдаланиш қудуқлари, тегишли сувдан фойдаланувчилар ва сув истеъмолчиларини муқобил сув манбаларига улашни ҳисобга олган ҳолда, белгиланган тартибда тугатилади юридик ва жисмоний шахсларга сув олиш учун қудуқ қазишга белгиланган тартибда гидрогеологик хулоса бериш фақат Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитасининг гидрогеология корхоналари томонидан амалга оширилади; сув олиш учун қудуқ қазишга рухсатномалар Ўзбекистон Республикаси Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитасининг давлат экологик экспертизаси хулосаси мавжуд бўлган тақдирда, Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси томонидан берилади. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси манфаатдор вазирликлар ва идоралар билан биргаликда ушбу банд билан ўрнатилаётган тартибнинг амалга оширилишини назарда тутувчи Вазирлар Маҳкамаси қарори лойиҳасини бир ой муддатда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига киритсин
3. Белгилаб қўйилсинки: Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси, Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси, Ичимлик сувидан фойдаланишни назорат қилиш давлат инспекцияси, “Саноатгеоконтехназорат” давлат инспекцияси, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ер ости сувларини ҳисобга олиш ва улардан оқилона фойдаланиш юзасидан тегишли назоратни таъминлаш учун ваколатли давлат органлари ҳисобланади; сувдан фойдаланувчи ва сув истеъмолчилари бўлган юридик ва жисмоний шахсларнинг сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш, олинаётган сув ҳажмини тегишли тарзда ҳисобга олиш, уларнинг ифлосланиши ва камайишининг олдини олиш, шунингдек, ваколатли давлат органларига белгиланган тартибда ҳисобот тақдим этишга доир вазифалари рухсат берувчи талаблар ва шартларга киритилиши лозим.
4. Қуйидагиларни ўз ичига олган 2017-2021 йилларда ер ости сувлари захираларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва ҳисобга олишни тартибга солиш чора-тадбирлари дастури: 2017-2021 йилларда ер ости сувлари захираларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва ҳисобга олишни тартибга солиш чора-тадбирлари комплекси 1-иловага мувофиқ; 2017-2021 йилларда чучук ер ости сувлари захираларини кўпайтиришнинг мақсадли параметрлари 2-иловага мувофиқ; 2018-2021 йилларда ер ости сувлари мониторинги кузатиш пунктлари тармоғини кенгайтириш дастури 3-иловага мувофиқ; 2018-2021 йилларда Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси гидрогеология корхоналарининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари 4-иловага мувофиқ; Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитасининг 2018-2019 йилларда қуриладиган ва жиҳозланадиган ҳудудий гидрогеология станцияларининг ишлаб чиқариш базалари рўйхати 5-иловага мувофиқ 2018-2020 йилларда шаҳарлар ва туманлар марказларида дренаж ва кузатув қудуқлари қуриш ҳамда коллекторлар қуриш ва уларни мукаммал таъмирлаш параметрлари 6-10-иловаларга мувофиқ тасдиқлансин. Вазирлик, идора ва хўжалик бирлашмалари масъул ижрочи раҳбарларига, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши раисига, вилоятлар ва Тошкент шаҳри ҳокимларига тасдиқланган Дастурда назарда тутилган чора-тадбирларнинг ўз вақтида ва сифатли амалга оширилиши учун шахсий масъулият юклансин. Тегишли тадбирларнинг амалга оширилиши учун масъул вазирлик, идора ва хўжалик бирлашмалари назарда тутилган ҳар бир лойиҳа бўйича бир ой муддатда “йўл хариталари” ишлаб чиқилиши ва тасдиқланишини таъминласин.
5. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги Иқтисодиёт вазирлиги билан биргаликда Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети параметрларида 11-иловага мувофиқ, ҳар йилги: республиканинг минерал-хомашё базасини ривожлантириш ва такрор ишлаб чиқариш дастури доирасида 2-5-иловаларда назарда тутилган чучук ер ости сувлари захираларини кўпайтириш бўйича гидрогеология ишларини амалга ошириш, уларнинг ҳолати юзасидан мониторинг олиб бориш, гидрогеология-мелиорация тадқиқотлари ўтказиш, гидрогеология корхоналарининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, ҳудудий гидрогеология станцияларининг ишлаб чиқариш базаларини қуриш ва жиҳозлаш учун
Ўзбекистон Республикасининг инвестиция дастури доирасида (халқаро молия институтлари маблағлари ва маҳаллий бюджетлар параметрларини қўшган ҳолда) 6-10-иловаларда назарда тутилган 2018-2020 йилларда шаҳарлар ва туманлар марказларида дренаж ва кузатув қудуқлари ҳамда коллекторлар қуриш ва уларни мукаммал таъмирлаш учун маблағ ажратишни назарда тутсин. 

6. 2017-2021 йилларда ер ости сувлари захираларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва ҳисобга олишни тартибга солиш чора-тадбирлари дастури амалга оширилишини мувофиқлаштириш бўйича 12-иловага мувофиқ Ишчи гуруҳ ташкил этилсин. 

Ишчи гуруҳ (Ғ.И.Ибрагимов) 2017-2021 йилларда ер ости сувлари захираларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва ҳисобга олишни тартибга солиш чора-тадбирлари дастурини амалга ошириш учун масъул бўлган вазирлик ва идоралар фаолиятини самарали ва ўз вақтида мувофиқлаштиришни таъминласин, тегишли раҳбарларнинг ҳисоботлари тизимли равишда эшитиб борилсин. 

7. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси: 

2018 йилнинг охиригача Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши ва вилоятлар ҳокимликлари билан биргаликда мавжуд барча сув олиш қудуқларини ўрганиб чиқсин ҳамда қудуқларни тиклаш, консервация қилиш ёки эгаси бўлмаганларини тугатиш юзасидан ҳудудий “Сувоқова” давлат унитар корхоналарига тавсиялар берсин; 

2021 йилнинг охиригача 500 та автоматлаштирилган кузатув тизимини ўрнатиш ҳамда Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги билан биргаликда барча сув манбалари бўйича маълумотлар базасини тайёрлаган ҳолда ер ости сувлари мониторинги кузатув пунктларининг самарали тармоғини яратсин. 

8. Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги: 

Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, Бухоро, Навоий ва Хоразм вилоятлари ҳокимликлари билан биргаликда 2017 йилнинг охиригача мамлакатимизда ишлаб чиқарилаётган чучуклаштириш қурилмаларининг самарадорлигини аниқлаш бўйича тажриба-синов ишларини амалга оширсин; 

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги билан биргаликда мамлакатимизда чучуклаштириш қурилмаларини саноат асосида ишлаб чиқаришни ташкил этиш юзасидан 2018 йилнинг 1 январигача Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига таклифлар киритсин. 

9. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси, Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг: 

Тошкент ирригация ва мелиорация институтида “Мелиоратив гидрогеология” таълим йўналиши бўйича кадрлар тайёрлашни ташкил этиш; 

Гидрогеология ва муҳандислик геологияси институти негизида “Мелиоратив гидрогеология” илмий-тадқиқот лабораториясини қайта тиклаш тўғрисидаги таклифларига розилик берилсин. 

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси, Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан биргаликда 2017/2018 ўқув йилидан бошлаб Тошкент ирригация ва мелиорация институтига қабул квоталарини шакллантиришда “Мелиоратив гидрогеология” таълим йўналиши бўйича кадрлар тайёрлашни назарда тутсин. 

10. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси уч ой муддатда Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлигига гидрогеология ишлари учун замонавий бурғулаш ускуналари ва уларга эҳтиёт қисмлар ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш юзасидан белгиланган тартибда таклифлар киритсин. 

11. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси манфаатдор вазирликлар ва идоралар билан биргаликда қонун ҳужжатларига ушбу қарордан келиб чиқадиган ўзгартиш ва қўшимчалар тўғрисида икки ой муддатда белгиланган тартибда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига таклифлар киритсин. 

12. Мазкур қарорнинг бажарилишини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари Ғ.И.Ибрагимов зиммасига юклансин. 





Download 28,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish