Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgarishi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |