O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi “TASDIQLAYMAN”
№ _______ o’quvishlaribo’yicha
prorektor
_________ prof. A.S.Soleev
2019 y. «___» _________
YER OSTI GIDRODINAMIKASI MODELLARI
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000–gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130002 – matematika
Mutaxassislik: 5A130202 –Amaliy matematika va axborot texnologiyalari
№
|
Мashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Jami
|
2-semestr
|
3-semestr
|
1.
|
Nazariy mashg’ulot
|
14
|
14
|
28
|
2.
|
Amaliy mashg’ulot
|
12
|
10
|
22
|
3.
|
Laboratoriya mashg’ulot
|
4
|
6
|
10
|
3.
|
Seminar mashg’ulot
|
6
|
6
|
12
|
4.
|
Mustaqil ish
|
25
|
26
|
51
|
|
JAMI:
|
61
|
62
|
123
|
Samarqand 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Xo`jayorov B.X. – SamDU “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash” kafedrasi mudiri, f.-m.f.d., professor
Maxmudov J.M. – SamDU “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.d.
Taqrizchilar:
Xudoynazarov X. –SamDU “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof.
Burnashev V. – SamDU “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.d.
Fanning ishchi o‘quv dasturi kafedraning 2019 yil “29” avgustdagi 1–sonli yig’ilishida muhokama etilgan va ma’qullangan.
Kafedra mudiri prof. B.Xo’jayorov
Fanning ishchi o‘quv dasturi amaliy matematika va informatika fakulteti fakulteti o’quv-uslubiy kengashining 2019 yil “___”________dagi “____”-son qarori bilan tasdiqlangan.
O‘quv-uslubiy kengash raisi: dots.Mamatov Sh.S.
Fanning ishchi o‘quv dasturi amaliy matematika va informatika fakulteti fakulteti kengashining 2019 yil “___”________dagi “____”-son qarori bilan tasdiqlangan.
Fakultet Kengashi raisi A.Babayarov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy
boshqarma boshlig’i
_________________dots. Aliqulov B.S.
KIRISh
Yer osti gidrodinamikasi – bu suyuqliklar, gazlar va ularning aralashmalarining g’ovak va yoriq-g’ovak muhitlarda harakati haqidagi fandir. U gidromexanika sohasi bo’lib, umuman olganda suyuqlik va gazlarning harakati emas, ular harakatining maxsus turi bo’lgan sizish jarayoni qaraladi. Bu soha neft, gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning nazariy asosi hisoblanadi.
Oxirgi yillarda yerosti neftgaz gidrogazodinamikasi yangi dolzarb masalalar hisobidan jadal rivojlanmoqda.
Shunga bog’liq ravishda
Deformasiyalanuvchi birjinslimas qatlamlarda ko’pfazali ko’pkomponentali suyuqliklar sizishi nazariyasi;
Yerdan neft va gaz qazib olishning fizik-ximik gidrodinamikasi va yangi usullar gidrodinamikasi;
Nonyuton suyuqliklarning yer osti gidrodinamikasi;
Yerosti gidrotermodinamikasi hamda neft va gaz sizishi nazariyasining boshqa maxsus bo’limlari jadal rivojlanmoqda.
Bu masalalarni gidrodinamik tadqiq etish uchun matematik modellashtirish, matematik fizika, shuningdek tasodifiy-statistik va boshqa usullar keng qo’llanilmoqda. Bu tadqiqotlarni rivojlantirish uchun zamonaviy hisoblash texnikasi imkoniyatlarilan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu fan matematik fizika tenglamalari, matematik modellashtirish, hisoblash usullar kabi fanlar bilan uzviy bog’liq.
Fanning maqsadi va vazifalari suv, neft va gazlarning yer ostida sizishi jarayonlarni matematik modellashtirish asoslari, neftgaz qatlamlarida suyuqliklar sizishining matematik modellari, g’ovak muhitlarda elastik suyuqlik va gazlarning harakati differensial tenglamalari, ko’pfazali tizimlar sizishi nazariyasi asoslari, nonyuton suyuqliklar sizishi, yoriq va yoriq-g’ovak muhitlarda suyuqlik va gazlar harakatining differensial tenglamalari hamda yer ostida asosiy sizish jarayonlarni sonli modellashtirishni o’rganishdan iborat.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, malaka va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar
“Yer osti gidrodinamikasi modellari” fanini o’zlashtirish mobaynida, talaba:
Yer ostida gidrodinamikasining asosiy qonunlari, yer osti qatlamlarida suyuqlik va gazlar harakati differensial tenglamalari, tenglamalar uchun boshlang’ich-chegaraviy shartlarning berilishi; amaliy masalalarni matematik va sonli modellashtirish; sonli modellashtirish natijalarining o’rganilayotgan jarayonlar va obyektlar bilan mosligini ta’minlash haqida tasavvurga ega bo’lish;
hisoblash eksperimentini o’tkazish; masalalarni yechish uchun samarali metodlarni tanlash va tahlil qilish; ayirmali sxemalarni tanlash; saqlanish qonunlariga mos ravishda sxemalarni qo’llash; yuqori aniqliqdagi turg’un sxemalarni yaratish; ayirmali masalani yechishning turg’un usullarini topish; absolyut turg’un ayirmali sxemalarni olish; olingan natijalarni vizuallashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |