Yer osti gaz omborlari. Texnik-iqtisodiy hisoblardan kelib chiqqan holda gazdan foydalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda yer osti gaz omborlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi



Download 24,99 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi24,99 Kb.
#49334
Bog'liq
gaz neft omborlari


Yer osti gaz omborlari. Texnik-iqtisodiy hisoblardan kelib chiqqan holda gazdan foydalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda yer osti gaz omborlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sababi, yer ustida bir necha mln m3 li gaz saqlaydigan gazgolderlarni qurish ko‘p mablag‘ bilan birga ko‘p metall sarfini ham talab qiladi. Shuningdek, aholi yashash punktlari yaqinida xavfli yong‘in o‘choqlari hosil bo‘ladi. Gazdan foydalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda quyidagi yer osti gaz omborlaridan foydalaniladi. Ishdan chiqqan neft va gaz konlari asosida, suv va tuz qatlamlari hamda sun’iy qazilmalar asosida hosil qilingan yer osti omborlari. Keltirilgan omborlar ichida ishdan chiqqan neft-gaz konlari asosida hosil qilingan gaz omborlari ko‘proq ishlatiladi. Chet ellarda umumiy saqlanadigan gazning 90 foizi ana shunday yer osti gaz omborlarida saqlanadi. Bu turdagi gaz omborlarida oldindan mavjud bo‘lgan yer usti, yer osti kommunikatsiya va qurilmalarining mavjudligi hamda ulardan to‘liq foydalanish omborlarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Respublikamizda bunday omborlardan 3 tasi mavjud. Bular Shimoliy So‘x, Gazli va Xo‘jaobod yer osti gaz omborlaridir. Keyingi paytlarda suv qatlami asosida hosil qilingan gaz omborlaridan ham foydalanilmoqda. Bunday omborlarni hosil qilishda gazni yer ostiga haydash va undan olish uchun yer usti, yer osti kommunikatsiya hamda qurilmalarini qurish kerak bo‘ladi. Bunday gaz omboriga «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori misol bo‘ladi. Mustaqillikkacha «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori respublikamiz qaramog‘ida bo‘lib, undan Òoshkent va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarini gaz bilan ta’minlashda foydalanilgan. U 1965- yili ishga tushirilgan, umumiy hajmi 1,1 mlrd m3 ga teng. Gaz saqlaydigan hududining uzunligi 7 km, eni 2 km. 1995– 1996- yillarda undan olib ishlatilgan gazning hajmi 345 mln m3 ni tashkil etgan. Bunday omborlarga gazni haydash va olish texnologiyasining prinsiðial chizmasi 43- rasmda keltirilgan. Gaz magistral gaz quvuridan va oraliq quvuriorqali chang ushlagichga keladi. Kelayotgan gazning bosimi 2,5 MPa atrofida bo‘ladi. U yerda gaz turli mexanik iflosliklardan tozalanib gazomotokompressorlarga keladi. Kompressor sexida GK turidagi motokompressorlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Kompressorlar yordamida gaz ikki pog‘onada siqilib, uning bosimi 11-12,5 MPa gacha ko‘tariladi. Siqilish jarayonida isigan gazning harorati (har bir siqish pog‘onasidan keyin) sovitgichlar yordamida (50–60°Ñ) gacha sovitiladi va tarkibi kompressorlardan o‘tgan yog‘lardan tozalanadi. Òozalash siklon separatori ko‘mir adsorberi va keramik filtri yordamida amalga oshiriladi. Siklon separatori da gaz kondensatsiyalangan og‘ir uglevodorod va yog‘ zarrachalaridan tozalanadi (birinchi pog‘ona tozalash). Ikkinchi pog‘ona tozalash jarayoni ko‘mirli adsorber da amalga oshiriladi. Juda mayda yog‘ zarrachalari (diametri 20–30 mkm) adsorber ichidagi faollashtirilgan ko‘mirga yutiladi. Gazdagi o‘ta mayda yog‘ bug‘lari esa keramik filtr da ajratilib olinadi. Sovitilgan va yog‘lardan tozalangan gaz gazni taqsimlash punkti ga keladi. U yerda gazni quduq lar bo‘yicha taqsimlash va haydalayotgan gaz hajmini aniqlash ishlari bajariladi. Foydalaniladigan quduq lar orqali gaz yer osti gaz ombori ga keladi hamda u yerda kerakli muddatgacha saqlanadi. Ishlatish uchun olinadigan gaz yer osti gaz ombori dan foydalanilayotgan quduq lar orqali gaz taqsimlash punkti ga keladi. U yerda gaz separatorlar yordamida tomchisimon ko‘rinishdagi suvlardan tozalanadi. Keyin gazning bosimi shtutser yordamida tegishli bosimgacha kamaytiriladi. Bosimi kamaytirilgan gaz quritish uchun dietilenglikol (DEG) qurilmasi ga haydaladi. Quritilgan gaz chang ushlagich orqali magistral gaz quvuriga haydaladi. Alohida bazalar va gaz taqsimlovchi stansiyalarda suyultirilgan gazlarni saqlovchi idishlar sifatida yuqori bosim ostida saqlaydigan hamda past bosimli izotermik sharoitda ishlaydigan po‘lat rezervuarlardan foydalaniladi. Bosim ostida ishlovchi po‘lat rezervuarlar sferik va silindrsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ularning mahkamligi maksimal saqlash haroratida (+50°C) hosil bo‘ladigan suyultirilgan gazning to‘yingan bug‘ bosimi ta’siriga ko‘ra hisoblangan. Yuqori bosimda ishlaydigan yotiq silindr ko‘rinishidagi rezervuarlar asosiy rezervuarlar hisoblanib, ular alohida bazalarda, gaz taqsimlash stansiyalarida va boshqa suyultirilgan gazlarni saqlovchi omborlarda ishlatiladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 25, 50, 100, 175, 200 va 270 m3 li bo‘lib, ular yer usti va yer ostiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yuqori bosim ostida ishlaydigan po‘lat rezervuarlarning kamchiligi: ko‘p metall sarfini talab etadi va yuqori portlash hamda yonish xavfiga ega. Suyultirilgan gazlarni saqlashda eng samarali usullardan biri atmosfera bosimida past haroratda, ya’ni izotermik rezervuarlarda saqlashdir. Bunda gaz suyuq holatda bo‘ladi. Uning chizmasi 44- rasmda keltirilgan. Suyultirilgan neft gazi atmosfera bosimiga yaqin bosimda va shu bosimga to‘g‘ri kelgan haroratda, izolatsiya qilingan yupqa devorli rezervuarda saqlanadi. Saqlash jarayonida atrof-muhit harorati hisobiga rezervuar ichidagi suyuq gazning ma’lum bir qismi bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan gaz bug‘i issiqlik almashtirgich orqali kompressor ga so‘riladi va siqilgandan keyin issiqlik almashtirgich ga keladi. Bu yerda siqilish natijasida qizigan gaz bug‘i suv bilan sovitiladi, ya’ni gaz kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalangan suyuqlik issiqlik almashtirgich da qarama-qarshi kelayotgan sovuq bug‘ bilan qo‘shimcha sovitiladi. Keyin rostlagich (drossel) yordamida suyultirilgan gaz bosimi rezervuar ichidagi bosimgacha kamaytiriladi va rezervuar ga oqiziladi.

Neft omborlarining turlari va toifalar. Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil neft mahsuloti omborlari va korxona qaramog‘idagi neft mahsulotlarini saqlovchi omborlarga bo‘linadi. Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1- guruh) boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, iste’molchilarga taqsimlash va uzatish kabi vazifalarni o‘taydi. Korxona qaramog‘idagi (2- guruh) neft omborlari chog‘roq ko‘rinishda bo‘lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona sexlari va boshqa xo‘jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona rahbariyatiga bo‘ysunadi. Neft mahsulotlarini esa shu hududda joylashgan taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft omborlaridan oladilar. Neft mahsulotlari omborlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko‘ra 3 toifaga bo‘linadi. 1- toifaga umumiy hajmi 100 ming m3 va undan ortiq bo‘lgan neft mahsuloti omborlari; 2- toifaga umumiy hajmi 20 ming m3 dan 100 ming m3 gacha bo‘lgan neft mahsuloti omborlari; 3- toifaga umumiy hajmi 20 ming m3 gacha bo‘lgan neft mahsuloti omborlari kiradi. Eslatma: Umumiy hajmga omborning rezervuarlar saroyi hajmi va idishli mahsulotlar hajmi ham kiradi. Asosiy bajaradigan ishlariga ko‘ra 1- guruh neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchi omborlarga bo‘linadi. Òaqsimlovchi neft mahsuloti omborlari o‘z sferasi qaramog‘idagi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa iste’molchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (tarqatish) ishlarini bajaradi. Uzatuvchi neft mahsuloti omborlari esa bir transport orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib olib, keyin ularni boshqa transport vositalari orqali iste’molchilar (taqsimlovchi neft omborlari)ga uzatadi. Masalan, suv transportida keltirilgan mahsulotlarni qabul qilib (saqlab), keyin ularni boshqa turdagi transport (temiryo‘l, quvur) lar orqali iste’molchilarga uzatadi. Neft mahsuloti omborlari yong‘indan xavfsizlik talablariga ko‘ra korxona va boshqa obyektlardan ma’lum uzoqlikda, maxsus ajratilgan maydonda joylashadi. Ular orasidagi masofa qurilish me’yori va qoidalari (QMQ) asosida belgilanadi. Mustaqil neft omborlari iste’molchilarga yaqin bo‘lgan magistral temir, suv va avtomobil yo‘llari atrofida joylashgan bo‘ladi. Ularning yer maydonlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Òaqsimlovchi neft omborlari mahsulotlarni olib keluvchi transport vositalarining turiga ko‘ra: suv yo‘lli; temiryo‘lli va avtomobil yo‘llilarga bo‘linadi. Suv yo‘lli mustaqil neft mahsuloti omborlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa obyektlardan suv oqimi bo‘yicha kamida 100 metr pastroqda joylashadi. Agar suv oqimining pastki qismida joylashtirish mumkin bo‘lmasa, u holda suv oqimining bosh qismida, korxonalardan quyidagi uzoqlikda joylashadilar: 1- toifali omborlar – 3000 metr; 2- toifali omborlar — 2000 metr; 3-toifali omborlar – 1500 metr. Òemir va avtomobil yo‘lli omborlar esa yaqin atrofida joylashgan barcha obyektlarning yer maydoniga nisbatan pastroq yer maydonida joylashadi. Bulardan tashqari ular aholi punktlari tomon esadigan shamol oqimining teskari tomoniga joylashgan bo‘ladi. Omborlarning texnik-iqtisodiy samaradorligi ularning geografik joylashish o‘rniga, katta-kichikligiga, yillik yuk aylanmasiga va texnologik obyekt qurilmalarining mukammal loyihalanish darajasiga bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, neft omborining yuk aylanmasi va hajmi qanchalik katta bo‘lsa, metallning solishtirma sarfi hamda bir tonna yuk aylanmasiga to‘g‘ri keladigan kapital xarajatlar sarfi shunchalik kamayib boradi Katta hajmdagi neft omborlari tejamli bo‘lish bilan bir qatorda, kam xizmatchini talab etadi. Masalan, yuk aylanmasi 25 ming m3 ga teng bo‘lgan temiryo‘lli neft ombori uchun 23 ta ishchi-xodim kerak bo‘lsa, yuk aylanmasi 500 ming m3 ga teng bo‘lgan neft ombori uchun hammasi bo‘lib 105 ta ishchi-xodim lozim. Yuqoridagilarga ko‘ra katta hajmdagi neft omborini loyihalashtirish va qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo‘lib, ularda ko‘p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlash sharoitlariga ko‘ra ular tiniq va qora neft mahsulotini saqlovchilarga bo‘linadi. Òayyorlanadigan materiallari bo‘yicha: metalldan va metallsiz materiallardan yasalgan rezervuarlarga bo‘linadi. Metall rezervuarlar asosan po‘latdan yasaladi. Nometall rezervuarlarga temir-beton va turlisintetik materiallardan tayyorlangan rezervuarlar kiradi. Rezervuarlar joylashishiga ko‘ra: yer usti, yarmi yer osti va yer osti ko‘rinishida bo‘ladi. Yarim yer osti rezervuarlari balandligining yarmi yer yuzasidan pastda joylashgan bo‘ladi. Tuzilishi (tashqi ko‘rinishi) bo‘yicha rezervuarlar: to‘g‘ri to‘rtburchakli, silindr, konus, sferik va tomchi ko‘rinishida bo‘ladi. Rezervuarlar formasi (ko‘rinishi)ni tanlash ishlatilish maqsadi, neft mahsulotining xossasi va saqlash sharoitiga ko‘ra amalga oshiriladi. Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m3 dan 120000 m3 ni tashkil qiladi. Tiniq neft mahsulotlarini saqlashda, asosan, po‘latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir-beton rezervuarlardan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlashda temirbeton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar po‘lat rezervuarlarda saqlanadi.

Po‘lat rezervuarlar va mahsulotlarni saqlash sharoitlari. Hozirgi zamon po‘lat rezervuarlarning ko‘rinishi texnologik maqsadga ko‘ra: tik silindrik, tomchi va yotiq (sisterna) ko‘rinishida bo‘ladi. Òik silindrik ko‘rinishdagi po‘lat rezervuarlar, o‘z navbatida past bosimli «atmosfera», pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarga bo‘linadi. Past bosimli rezervuarlarning ichki havo bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga yaqin, ya’ni uning qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/sm2 ) ga teng. Bunday rezervuarlarga tomi konus va sferik ko‘rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi (39- rasm). Ularda sekin bug‘lanadigan neft mahsulotlari: kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqalar saqlanadi. Konus ko‘rinishidagi rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 5000 m3 gacha, sferik ko‘rinishdagilarniki esa 10000, 15000 va 20000 m3 ni tashkil qiladi. Yengil bug‘lanuvchan neft mahsulotlari (benzinlar)ni saqlashda maxsus konstruksiyaga ega bo‘lgan suzib yuruvchi qopqoqli, pontonli yoki yuqori bosimli tomchi ko‘rinishidagi (0,7 kgs/sm2 bosim ostida) rezervuarlardan foydalaniladi. Yotiq (gorizontal) ko‘rinishdagi rezervuarlarda turli neft mahsulotlari saqlanib, ulardan, asosan, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida tarqatuvchi ombor sifatida foydalaniladi. Ular 0,07 MPa ichki bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, hajmi 5¼100 m3 gacha bo‘ladi. Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo‘zg‘almas) tomi bo‘lmaydi. Òom vazifasini metall varag‘i (listi)dan tayyorlangan suyuqlik yuzasida suzib yuruvchi disk bajaradi. U maxsus konstruksiyaga ega bo‘lib, uning suyuqlik ustidagi harakati qo‘zg‘aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 50000 m3 gacha bo‘ladi. Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomi metall bo‘laklari bilan yopilgan rezervuarlar kiradi. Ponton po‘kak ko‘rinishidagi disk bo‘lib, mahsulot yuzasiga tegib turadi, ya’ni mahsulot sathi bilan birga harakatlanadi. Mahsulot yuzasi bilan uning o‘rtasida havo bo‘shlig‘ining hosil bo‘lmasligi sababli yengil bug‘lanuvchan mahsulotlar, benzinlarning isrof bo‘lishi past bosimli rezervuarlarga qaraganda 5–6 marta kam bo‘ladi. Òomchi ko‘rinishidagi rezervuarlar pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollarda yengil bug‘lanuvchan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bunday rezervuarlar 0,04–0,2 MPa bosim ostida ishlaydi. Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. Bunday rezervuarlarga: temir-beton (t/b), rezinai pli rezervuarlar kiradi. Òemir-beton rezervuarlari mazut, neft, yog‘ va tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Òiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarning ichki yuzasi yupqa po‘lat varag‘i yoki benzinga chidamli sintetik material bilan qoplangan bo‘ladi. Silindr ko‘rinishidagi temir-beton rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 30000 m3 gacha, ayrim hollarda esa ularning hajmi 100000 m3 ni tashkil etadi. Rezervuar gaz bo‘shlig‘idagi ichki bosim » 2000 Pa (0,02 kgs/sm2 ) ni tashkil qiladi. Rezina -iðli rezervuarlar avtomobil benzinlari, reaktiv yoqilg‘i, kerosin, dizel yoqilg‘isi va moylarni saqlashga mo‘ljallangan. Ko‘p ishlatiladigan bunday rezervuarlarning hajmi 2,5–5 m3 ni tashkil qiladi. Ayrim hollarda 400 m3 hajmlilari ham tayyorlanadi va ishlatiladi. Rezervuarlardan to‘g‘ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ular kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Masalan, qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvur (patrubka), yorug‘ tushiruvchi, o‘lchovchi va kirish mo‘rkon (lyuk) lari, «xlopushka», nafas oluvchi va saqlovchi klapanlar, yong‘indan saqlovchi, sath o‘lchovchi, ko‘pik generatorlari va boshqalar bilan. Qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvurlar mahsulotni rezervuarlarga quyish va to‘kish ishlarini bajaradi. O‘lchovchi mo‘rkon (lyuk) neft mahsuloti sathini aniqlash hamda mahsulotdan namunalar olish uchun xizmat qiladi. Kirish mo‘rkon (lyuk)i rezervuarning pastki qismida joylashgan bo‘lib, u orqali rezervuarning ichki yuzasini tozalash, ta’mirlash hamda shu kabi ishlarni bajarish davomida rezervuarni shamollatishga mo‘ljallangan. Yorug‘lik mo‘rkon (lyuk)i rezervuar tepasida joylashgan bo‘lib, rezervuar ichiga yorug‘lik tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. «Xlopushka» qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvurlar ishdan chiqqan paytda neft mahsulotlari to‘kilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki havo bo‘shlig‘ini atmosfera bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Saqlovchi klapan nafas oluvchi klapan ishdan chiqqan paytda rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni rostlash uchun xizmat qiladi. Yong‘indan saqlovchi klapan olov yoki uchqunning nafas oluvchi klapan orqali rezervuar ichiga kirishining oldini olish uchun xizmat qiladi

Yer osti gaz ombori gaz saqlanadigan tabiiy yoki sunʼiy rezervuarlardir. Yer usti va yer osti Gaz omborlariga boʻlinadi. Yer osti Gaz omborlari sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda katta miqdorda bir necha mln.dan mlrd. m3 gacha gaz saqlash mumkin. Yer osti Gaz omborlari samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. Gaz omborlarining xalq xoʻjaligida yoqilgʻiga boʻlgan mavsumiy talab oʻzgaruvchanligini meʼyorlashtirishda muhim iqtisodiy ahamiyati bor. Ularning bir turi neft yoki gazi tugagan boʻshliqlarda, Yerning suvli qatlamlarida qurilishi mumkin. Bunday omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi. Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, gʻorlar, konlarning qazilgan yoʻllarida quriladi. Togʻ jinslari boʻshliqdarida gaz aksariyat hollarda atrof haroratida va 0,8—1,0 Mn/m2 (8—10 kgk/sm2) va undan ortiq bosimda siqilgan holda saqlanadi.

60-yillardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida yer usti va yer osti omborlarida atmosfera bosimida, past haroratda, suyuq holatda saklash qoʻllaniladi. Ishlatib boʻlingan neft va gaz konlari oʻrnida quriladigan Gaz omborlari arzon hamda qulay hisoblanadi. Birinchi yer osti Gaz omborlari 1915 yilda Kanadada ishlatib boʻlingan kon oʻrnida qurilgan. Gazni yer ostida saklash AQSH da rivojlangan. Germaniya, Polsha, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham yer osti Gaz omborlari mavjud. Rossiyada dastlab 1958 yilda Samara viloyatida Bashkatov yer osti Gaz ombori gazdan boʻshagan kon oʻrnida bunyod etilgan. I. A. Charnovning nazariy ishi asosida yer osti suvli qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi 1963). Shyolkovsk Gaz omborlari dunyodagi yirik Gaz omborlaridan biri 3,0 mlrd. m3 gaz 11 Mn/m2 bosimda saklanadi. Oʻzbekistonda asosan yer osti Gaz omborlari 60-yillar oʻrtalaridan "Oʻztransgaz" davlat birlashmasi tizimida qurila boshladi. 1965 yilda Oʻzbekistan va Qozogʻiston chegarasida birinchi T.o.— Pol-toratsk Gaz ombori yer osti suvli qatlamida qurildi 45 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1995— 96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345 mln. m3 boʻldi. 1978 yilda esa Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xududida 1-Shim.Soʻx Gaz ombori bunyod etiddi (72 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1996 yilda undan olingan gaz hajmi Oʻzbekistondagi barcha Gaz omborlaridan olingan gazning 14% ni tashkil qildi). 1983 yilda Qirgʻizistonda Moylisuv Gaz ombori qurildi 5 burgʻi qudugʻi bor; suv qatlamida yigʻilgan gaz radiusi 7—8 km ga boradi. 1984 y.da 2-Shim. Soʻx G.o. bunyod etilgan (45 burgʻi qudugʻi bor).

Oʻzbekistonda aholini gaz tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir necha baravarga yer osti gaz omborlarini kengaytirish hisobiga hal etish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi. Oʻzbekistonda "Gazli" gaz yer osti gaz saqlash ombori eng katta hisoblanadi, bugungi kunda ushbu gaz ombori 3 mlrd kub metr tashkil qiladi. "Oʻzbekneftegaz" kompaniyasi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda uning sigʻimini 10 mlrd kub metrga yetkazmoqchi. Shu bilan birga, Fargʻona viloyati Xoʻjaobod yer osti gaz saqlash omborini kengaytirish rejalashtirilmoqda Hozirgi kunda respublika aholini, ayniqsa viloyat va tuman aholisini gaz bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, 2017 yil fevral oyida 68,6 km gaz quvurlar kapital taʼmirlandi hamda 171,9 km gaz tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi. Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan boʻlsa, kelgusi 10 yilda bu koʻrsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati neft va gaz kimyosi yoʻnalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi taʼkidlandi. Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoniyati mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablagʻ jalb qilinishi lozim. Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va koʻp pogʻonali boʻlgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi. Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid boʻlmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Xususan, funksiyalari bir-birini takrorlaydigan boshqaruv boʻgʻinlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalari hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi taʼkidlandi. Sohada mavjud toʻrtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratish vazifasi qoʻyildi. Yigʻilishda Energetika va Moliya vazirliklariga “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi boʻyicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi boʻyicha “Gazprombank”ning 300 million dollarlik krediti jalb qilish vazifasi yuklatildi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, neft va gaz qazib chiqarish, geologik qidiruv uskunalarini sotib olish kabi loyihalarga talab etiladigan mablagʻlarni mamlakatimizning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalashtirish lozimligi taʼkidlandi. Geologik qidiruv ishlari murakkab boʻlgan hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi. yigʻilishda tizimda toʻplanib qolgan debitor qarzdorlikni kamaytirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tarmoqning eksport salohiyati tahlil qilinar ekan, bu borada faqat gazga bogʻlanib qolmasdan, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash asosida eksport hajmini oshirish zarurligi taʼkidlandi. “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzkimyosanoat” rahbariyatiga tabiiy gazdan yuqori qoʻshilgan qiymatli polimer, polistirol, PET, sintetik kauchuklarni ishlab chiqarish kontseptsiyasini tayyorlab, joriy yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan neft-gaz xalqaro konferentsiyasida chet ellik investorlarga taqdimot qilish vazifasi yuklatildi. Yigʻilishda “Oʻzbekneftegaz” jamiyati tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tariflarni bozor tamoyillari asosida qayta koʻrib chiqish, neft bazalar va hududiy gaz taʼminoti xizmatlarini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish boʻyicha aniq choralar ham nazarda tutilishi kerakligi aytildi. Yigʻilishda neft-gaz sohasi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kimyo tarmogʻidagi ishlar ham tahlil qilindi. Kimyo sanoatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish maqsadida umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 33 ta loyiha belgilangan boʻlib, bu yil 4 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Prezident kimyo sanoati yuqori rentabelli tarmoq ekanini taʼkidlab, 2019-2025 yillarga belgilangan istiqbolli loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berdi. Jumladan, Qoʻqon superfosfat zavodi, Qoʻngʻirot soda zavodi boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, Yangiyer shahrida ammiak va karbamid zavodini barpo etish boʻyicha investorlarni aniqlash vazifasi qoʻyildi. Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilishni tezlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida sohani xususiy mulkchilik asosida rivojlantirish zarurligi qayd etildi. “Oʻzkimyosanoat” rahbariyati bugungi dolzarb masalalardan kelib chiqib, faqat mineral oʻgʻitlar bilan shugʻullanmasdan, sohani koʻp tarmoqli tizimga aylantirish yoʻlida izlanishi kerak. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning turlarini koʻpaytirish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilashi zarur, – dedi davlat rahbari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Rashidov gaz taminoti TAQI 2008

2. Тошматов.Н Холбоев, У, Усманқулов А Neft gaz omborlari 2009

3.Г.С.Лутошкин « Сбор и подготовка нефтьи, газа и воды к транспорту « Москва Недра 1972 й

4. “Газовқе сети и газохранилищ” С.А Бобровский. М. Недра 1980 г,

INTERNET MANZILLARI

1.ziyonet.uz



2.uz.wikipediya.org

REJA:

1.Yer osti gaz omborlari

2. Neft omborlarining turlari va toifalar

3.Neft va gaz soxasidagi yangiliklar
Download 24,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish