Yil fasfflari. 0 ‘zbekiston shu kenglikdagi boshqa o'lkalaiga nisbatan ancha issiq bo‘lganligidan unda yil fasillari o'zgacha kechadi. Fasillaming boshlanishi, muddati, obi-havosi o‘ziga xos. Xususan, yozi uzoq va issiq, besh oydan ko‘proq davom etadi, qishi esa qisqa va barqaror emas.
Bahor. Taqvim (kalendar) hisobiga ko‘ra, mart, aprel va may oylari bahor hisoblanadi, aslida esa respublikamizda bahor fevral oyidan boshlanadi. Bu hoi o‘simliklarning tez avj olishiga va hayvonlaming jonlanishiga imkon byeradi. Mart oyida bodom, o‘rik, ko‘ksulton va sabzavot ekinlarining hosili yetiladi, may oyining boshlarida qulpinay, tut va gilos pishadi.
21 martda kun bilan tun tenglashadi.
Yoz. Iyun, iyul va avgust oylari yoz oylari hisoblanadi. Respublikamizda yoz may oyidan boshlanib, oktyabigacha davom etadi. Yoz jazirama issiqligi va qurg‘oqchiligi bilan boshqa fasillardan keskin farq qiladi. Bu faslda ob-havo ancha barqarorlashib, buhtsiz ochiq, jazirama issiq kunlar ko‘p boladi.
Eng yuqori havo harorati Toshkentda +44°, +45°C gacha, Termiz
va Qizilqumda +50°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Kuz. Sentyabr oyi ham yoz fasli hisoblanadi, obi-havo yozdagidan kam farq qiladi. Respulikamizda kuz oktyabr oyidan boshlanadi. Oktyabrdan ob-havo o‘zgaradi, kunlar qisqarib, havo harorati pasaya boshlaydi, kechalari salqinlashadi. Tunda qirov tushadi, yomg'ir yog'ib, ba’zan qorga aylanadi. Kuz toglarda barvaqt boshlanib, soviq erta tushadi.
Qish. Dekabr oyining ikkinchi yarmidan qish boshlanadi. Qishda
sovuq kunlar ihq kunlar bilan almashinib turadi. Janubda qish iliq bo ‘lib, uncha barqaror emas, ayrim yillardagina haqiqiy qish bo‘lishi mumkin. 0 ‘tlar va lalmi ekinlar rivoji ba'zan qishda ham davom etadi.
Qishning 26 dekabrdan 5 fevralgacha bolgan 40 kunlik eng sovuq davri — «qish chillasi» deyiladi.
§. 0 ‘zbekiston Respublikasining tuproq turlari va ulardan foydalanish
Tuproqlaming asosiy tiplari va tipchalari
Zonal kengliklar bo‘yicha tuproq-iqlim mintaqalari tizimida 0 ‘zbekiston o‘zining tekislikdagi qismi bilan janubiy mintaqa, ya’ni sur tusli qo‘ng‘ir, qumli-sahro va taqir tuproqli sahro mintaqasiga kiradi. Tik (balandlik) mintaqa tizimida esa, respublikaning sharqiy qismi tog‘ oldi va past tog‘larda bo‘z tuproqlar, o‘rta balandliklardagi tog‘ mintaqasida jigarrang va qo‘ng‘ir tusli, tog‘-o'rmon va baland tog‘larda och qo‘ng‘ir rangli tuproqlar mavjud.
Mahalliy bo‘linish tizimiga ko‘ra, 0 ‘zbekiston 0 ‘rta Osiyo tuproq- iqlim tizimiga mansub.
Zonal kenglik va balandlik mintaqalarida tarqalgan avtomorf tuproqlar orasida gidromorf tuproqlar ham uchraydi. Avtomorf va gidromorf tuproqlar xususiyatlarini o‘zida mujassamlagan oraliq yarimgidromorf tuproqlar ham mavjud.
7-jadval
ming ga.
0 ‘zbekiston Respublikasida tarqalgan asosiy tuproq tiplari va tipchalari
Tartib raa
Tuproqlar Maydoni,
Solishtirma nisbati, foiz
Do'stlaringiz bilan baham: |