Tekisliklar. 0 ‘zbekistonning tekishk qismi Turon tekisligining bir qismi bo‘lib, uning g‘arbiy va shimoliy-g'arbiy qismini egallagan. Tekislikning eng shimoli-g‘arbiy chekkasini Ustyurt platosi egallab yotadi. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko‘tarilib turadigan yonbag‘irhklar bilan o ‘rab ohngan.
Orol dengizining janubiy-sharqiy qismida Qizilqum cho‘li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi xilma-xildir. Bu yerlarda past tog‘lar, qum tepalar, do‘ng qumlar, barxanlar keng tarqalgan.
0 ‘zbekistonning geologik tuzilishi xilma-xil bo‘hb, uning hududi asosan ikkita katta tektonik tuzilma, ya’ni Tyanshan orogeni tarqalgan yerlar va Turon plitasidan iborat.
0 ‘zbekistonda yer yuzining tuzilishiga inson juda qadim zomonlardan boshlab ta’sir ko‘rsata boshlagan. Odamlar yerlarni haydab, ekin ekish uchun ulami tekislashgan, ekinlami sug‘orish uchun daryolardan ariqlar chiqazishgan.
Insonning yer yuzasiga ta’siri bizning davrimizda texnikaning kuchh rivojlanishi bilan, ayniqsa, kuchaydi.
Tog‘lari. 0 ‘zbekistonning shimoliy-sharqiy qismida G ‘arbiy Tyanshanning bir qancha tog‘ tuzim lari (Q oijantog‘, Ugam, Piskom, Chotqol) joylashgan. Bular sharqda 0 ‘zbekiston va Qirg‘izston Respublikalari chegarasida joylashgan. Keyin Talas, Olay tog‘lari boshlanadi. Bu tog‘ tizimida Manas nomh cho‘qqi bo ‘lib, uning okean sathidan balandligi 4482 m. dir.
Chotqol va Qurama tog‘ tizmlari orasida Ohongoron platosi joylashgan (balandligi 2500-3000 m. dan ziyod). G ‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalarining okean sathidan balandligi 2500-4000 m. bo'lib, ulaming yuqori qismlarida doimiy qorlar va kichik muzlar uchraydi. Zarafshon tizma toglarining janubida Hisor tog‘ tizmasining janubiy-g‘arbiy tormoqlari (Yakkabog1, Surxontog1, Ko‘hitang va boshqalar) uchraydi. 0 ‘zbekistonning eng baland cho‘qqisi Hazrat
Sulton (4643m.), Hisor tog‘ida joylashgan.
Mirzacho‘lning g‘arbida Sangar-Nurota tog‘ oraligi botigl bor. U shimol-sharqda Molguzarva Nurota, janubda Janubiy Nurota va Chimqor tog‘lari bilan o‘rab olingan. Ulaming okean sathidan balandligi janubiy- sharqdan shimoliy-g£arbga tomon 800 dan 300 m.ga pasayib boradi.
2 . 0 ‘zbekistonda tuproqlaming paydo bo‘lishi
0 ‘zbekistonning tuproq qatlami juda xilma-xil. Respublika hududidagi balandlik mintaqalarimng vujudga kelishi va uning sabablari u bilan bog‘liq bo'lgan qonuniyatlar asosida olimlar tomonidan tavsiya etilgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog4 va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplamiga ega. Ulaming har birida ro ‘y beradigan tabiiy-geografik jaroyonlar ham bir-biridan farq qiladi. 0 ‘zbekiston hududida iqlim va boshqa turli tabiiy sharoit ta ’sirida xilma-xil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: qayir allyuvial tuproqlar; o ‘tloq b o ‘z tuproqlar; qumli cho‘l tuproqlar; sug‘oriladigan (madaniy) bo‘z tuproqlar; och tusli bo‘z tuproqlar; oddiy (tipik) bo ‘z tuproqlar; to‘q tusli bo‘z tuproqlar; to‘qjigar tuproqlar va to‘q
o ‘tloq tuproqlardan iborat.
3. 0 ‘zbekistonning iqlimi
O'zbekiston iqlimining o‘ziga xos asosiyjihatlari havo haroratining balandligi va yillik yog‘in miqdorining juda kamligi, ya’ni qurg‘oqchi ekanligidir. Respublika hududining asosiy qismi m o ‘tadil, janubiy qismi esa subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.
Iqlim ining tarkib topishiga ta ’sir etuvchi asosiy om illar O'zbekiston okean va dengizlardan juda uzoqda, Evrosiyoning ichki qismida joylashganligidir, shu bois, o‘lkada bulutU kunlar kam, quyoshli kunlar ko‘p, yog‘inlar esa oz, kecha-kunduz va yil davomida
havo harorati keskin o‘zgarib turadi. Bular respublika iqlimining asosiy xususiyatlaridir.
Respublika iqlimining tarkib topishi uning geografik o‘m i quyosh radiatsiyasi, atmosfyera alm ashinishi va yer yuzasi tuzilishiga bog‘liq. Geografik o ‘miga bog‘liq holda juda ko‘p quyosh nurini oladi. 22 iyunda 0 ‘zbekistonning shimoh chekkasida xarorat 76° darajagacha ko'tariladi. Yozda kunning uzinligi 15 soatdan ko‘proq davom etadi.
Respubhkaning tekislik qismida - Qizilqum, Mirzacho‘l, Qarshi cholida quyosh uzoq vaqt, ya’ni yiliga 4460 soat nur sochib turadi. Shu bois quyosh nurining sochilishi, ya’ni quyoshdan yer yuzasiga tushadigan issiqlik miqdori ancha katta bo‘ladi. Yil davomida har bir sm2 yuza quyoshdan 137-160 kkal radiatsiya oladi.
0 ‘zbekiston yeri yuzasining tuzilishi ham iqlimi tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizning g‘arb va shimol tomonlari tekis va ochiq ekanhgidan shu tomonlardan uning hududiga havo massalari erkin kirib keladi.
Qishda respublika hududida mo‘tadil kenghklardan havo frontlari vjudga keladi. Bu frontlarda kenglik havo massalari bilan tropik havo massalari to‘qnashib, siklonlar hosil bo ‘ladi va siklonlar yog‘inlar (yomg‘ir va qor) keltiradi.
Yozda respublika hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketadi. Tekisliklarda issiq Turon tropik havo massasi tarkib topadi. Turon tropik havosi juda quruq va chang-to‘zonli, harorati ham juda yuqori boladi.
Demak, 0 ‘zbekiston iqlimining tarkib topishiga uning geografik o‘rni, quyosh nuri sochilishi, atmosfyeraning aylanib yurishi va yer yuzasi ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |