Nаzоrаt sаvоllаri:
“GERBER” dasturiy ta’minotida andozalar qаndаy raqamlanadi?
Аndаzаlаrni rаqаmlаsh kеtmа-kеtligi qаndаy bo`ladi?
Аdаbiyotlаr ro’yхаti:
1.Коблякова Е.Б. и др. Конструирование одежды с элементами САПР. М., 1988.
2.Артамошина М.Н. Информационные технологии в швейном производстве: Учеб.для студентов. –М.: Издательский центр «Академия», 2010. – 176 с.
6-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Ma’lumotlarni “GERBER” dasturiy ta’minotiga kiritish.
Lаbоrаtоriya ishining mаqsаdi: Kiyimlаrni аvtоmаtlаshtirilgаn lоyihаlаshning multifunksiоnаl tizimi “GERBER” dаsturi bilаn tаnishtirish.
Lаbоrаtоriya ishining mаzmuni: Ma’lumotlarni “GERBER” dasturiy ta’minotiga kiritishni o`rgatish.
Rеjа:
Ma’lumotlarni “GERBER” dasturiy ta’minotiga kiritish.
Yarimavtomatik kiritish qurilmasi
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish, shakllantirish va yuritishning kichik tizimlari quyidagi protseduralarni o`z ichiga oladi: ma’lumotni vaqtinchalik tashuvchidan kiritish; kompyuter xotirasiga to`g`ridan-to`g`ri kiritish; vaqtinchalik tashuvchiga chiqarish; chop etuvchi qurilmalarga chiqarish; axborot massivlarini shakllantirish va yuritish; kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar aniqligini ta’minlash. Tizimning umumiy vazifasi- ALT barcha kichik tizimlarining benuqson ishlashini ta’minlashdir.
Loyihalashning ko`p masalalari hisoblash ishlaridan tashqari, grafik xarakterdagi protseduralarni ham o`z ichiga oladi. Bu esa loyihalashning asosiy natijalarini ko`p hollarda grafik shaklda namoyish etilishi bilan bog`liq. Tikuvchilik sanoatida grafika loyiha ishlari umumiy hajmning 50-60% tashkil etadi, ba’zi hollarda 70-80% gacha yetadi. Hisoblash texnikasi va maxsus qo`shimcha qurilmalarni qo`llash loyihalashning turli bosqichlarida avtomatlashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Foydalanuvchi va kompyuter o`rtasida axborot oqimlari almashinuvi uchun quyidagi grafik ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi: yarimavtomatik kiritish qurilmasi-grafik ma’lumotni kodlovchi, shuningdek skanerlovchi yoki raqamlovchi deb nomlanadi; grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari- grafopostroitel, shuningdek chizma avtomati deb nomlanadi; grafik displey yoki planshet.
Yarimavtomatik kiritish qurilmasi- digitayzer (ingl. digitizer) quyidagi vazifalarni bajaradi:
Uzluksiz analog signalni diskret raqamli shaklga o`tkazadi.
Chizmalarni qog`ozdan kompyuter xotirasiga kiritadi.
Digitayzer kodlashtiruvchi qurilma bo`lib, kompyuter xotirasiga ikki o`lchamli, shuningdek ko`p rangli rastr shaklli tasvirlarni ham kiritadi. Digitayzer tarkibiga maxsus ko`rsatkich (pero)li datchik kiradi. Maxsus kontroller digitayzer ostida joylashgan o`tkazgichlar to`riga impulьs jo`natadi. Shunday ikkita signal olgan kontroller ularni kompyuterga jo`natiladigan koordinatalarga aylantirib beradi. Digitayzerni ulash uchun odatda kompyuterning ketma-ket portidan foydalaniladi. Digitayzer 2400 dpi ma’lumotni o`qish qobiliyati (razreshayuщaya sposobnostь) va peroni bosishning (256 daraja) yuqori sezgirligiga ega
“GERBER Technology” tizimida ma’lumotlar bazasi va ularning razmerlari chegaralanmagan bo`lib, bazadagi ma’lumotlarning sonidan qat’iy nazar, ularni topish tezligi o`zgarmaydi. Bir necha foydalanuvchilarning bir vaqtning o`zida aynan bir model yoki detaldan foydalanishi bazaga zarar yetkazmaydi. 1- rasmda “GERBER Technology” tizimida ma’lumotlar bankini ishga tushirish oynasi keltirilgan.
1- rasm. “GERBER Technology” tizimida ma’lumotlar bankini ishga tushirish
“AccuMark Silhouette”- moduli yangi model namunasini ishlab chiqishning barcha shakllarini, shu bilan birga taxlamalar va to`liq masshtabli eskiz ishlab chiqishni qo`llab- quvvatlaydi. Avtomat ravishda detallarni konus, parallel kengaytirish va ularning bir vaqtdagi kombinatsiyasi, vitochkalar qurish, uni ko`chirish, taqsimlash, birlashtirish, o`zgartirish, vitachka yopilganda hosil bo`lgan chiziqlar shaklini ko`rish mumkin. Detallarni turli usullar bilan bukish, so`ng uni o`zgartirish, detalь qirqimlariga ishlov berish uchun ularni 20 xilgacha burchak ostida qurish mumkin. Konstruktor modellar ishlab chiqarish jarayonida o`z ijodiy qobiliyati va individual usullarini cheklamay to`liq namoyon etadi. Tizim oson o`zlashtiriladi va foydalanish uchun qulay bo`lib, ko`p qaytalanadigan servaqt operatsiyalarni bartaraf qiladi va ishlab-chiqarish tsiklini qisqartiradi. Konstruktor- amalda mavjud andazalar ko`rinishini (shakli, holati) o`zgartirish yo`li bilan yangi o`z uslubini ishlab chiqishi va bir nechta operatsiyani bir vaqtda bajarishi mumkin. Murakkab shaklli andozalarni razmerlar va bo`ylar bo`yicha gradatsiyalash operatsiyalari foydalanuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq, tez amalga oshiriladi.
“Konstruktor” moduli har bir konstruktor uchun zarur standart funktsiyalar to`plamidan tashqari, boshqa kengaytirilgan imkoniyatlarni ham o`z ichiga oladi:
nuqtalar- turli detal nuqtalarini guruhlab ko`chirish (masalan, yeng o`mizi va yeng qiyamasini bir vaqtda o`zgartirish, turli detallar konturi tutashmasidan hosil bo`lgan chiziqlar shaklini o`zgartirish;
kertiklar- oddiy va nisbiy kertiklarni koordinata bo`yicha emas, balki bo`ylamasiga gradatsiyalash, natijada kiyimning qomatda yaxshi o`tirishini ta’minlash;
detallar- chok qirqimi bo`ylab detallarning bir- biriga ulanishini ko`z bilan chamalab tekshirish (masalan, yengni o`mizga o`tkazish) va bunda shu vaqtda yeng qiyamasini kirishtirish qiymatining taqsimlanishini ko`rish mumkin. Kertikni ikkita detalga baravar qo`yish, avtomatik ravishda detal uzunliklarini moslashtirish mumkin.
Kiyim modellarini konstruktsiyalash ham ijodiy va ham murakkab jarayondir. “GERBER Technology” tizimining “AccuMark Silhouette”– Konstruktor modulida murakkab model uchun andozalar komplektini kombinatorika usullaridan foydalanib ishlab chiqish mumkin.
Kombinatorika tushunchasi avvaldan matematikaning bo`limiga oid bo`lib, bir butun tarkibida joylashgan ixtiyoriy tabiatdagi ob’yektlarning joylashuvi va o`zaro taqsimlanishi masalasini o`rganishga qaratilgan.
Maxsus kiyimlarni loyihalashda aksariyat holda kombinatorika usuli qo`llanadi. Buning uchun tipaviy va unifikatsiyalangan konstruktiv-dekorativ elementlardan (cho`ntak, cho`ntak qopqoq, yeng belbog`i va boshqalar) keng foydalaniladi.
“GERBER Technology” (AQSh) tizimi bir necha modullardan iborat. Shulardan biri “AccuMark” Provodnik modulidir. Modulь elektron jadvallar bilan ishlash, kiyim andozalari detallarini kompyuterga kiritish, shuningdek “Silhouette- Konstruktor”- moduli uchun ma’lumotlar tayyorlashga xizmat qiladi .
“AccuMark”moduliga ma’lumotlarni quyidagi usullardan birini tanlab kiritish mumkin:
-andozalar konturini raqamlash;
-boshqa formatlardan ko`chirish/import qilish.
Raqamlash- digitayzer vositasida loyihalanayotgan kiyim detali konturi va unga tegishli barcha ma’lumotlarni “AccuMark” moduliga kiritishdir. Raqamlash jarayonida foydalanuvchi detalь konturi bo`ylab, nuqtalar, ko`paytirish (gradatsiya) qoidalari, oraliq nuqtalarni, alohida nuqtalar nomerini, kertimlar va detalning ichki qismlari haqidagi ma’lumotlarni modulga kiritadi.
Maxsus konvertor dasturlaridan foydalangan holda, boshqa dasturiy (Gemini CAD, Investronika, Lertra) tizimlardan andozalar va ular haqidagi ma’lumotlarni tizim xotirasiga (*AAMA, *DXF) formatda o`tkazish- “Import” qilishdir.
“AccuMark” moduliga bir qancha turdagi ma’lumotlarni kiritish imkoni mavjud:
- andazalarni texnik ko`paytirish uchun ma’lumot;
- detalning ichki va tashqi chegaralari, bo`laklovchi chiziqlar va teshik ochish uchun belgilar;
- detal haqida identifikatsion ma’lumot;
- kertik turlari va joylanishi;
- Gerber bichuv tizimi uchun maxsus ma’lumot.
Digitayzerdan kiritilgan barcha ma’lumot “AccuMark” modulida andazalar to`shamasini ishlab chiqish uchun saqlanadi.
Digitayzer vositasida tizim xotirasiga kiritilgan andazalar xususiyatlari:
- bazaviy detal tayyor holdagi texnik ko`paytirilgan detaldan kiritilishi mumkin;
- andozalarni ko`paytirish jadvali asosida ishlab chiqilgan mavjud andozadan nusxa olish orqali kiritilgan detalь;
- mavjud detalni oynasimon aks ettirish orqali olingan detalь;
- razmeri bo`yicha digitayzer ish sohasidan katta detalь, bo`laklarga ajratib kiritilib, so`ngra tizimda birlashtiriladi;
- kiritilgan andoza 900 burchakka burilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |