3. O’zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligining Fuqaro muhofazasi bo’yicha vakolatlari.
FMning muxandis-texnik bo’limi o’rinbosari korxonaning bosh muxandisi hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya texnika va yong’inga qarshi xizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, xaloqat bo’lganda qutqarish va avariyani to’sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.
FMning moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha o’rinbosari qilib korxonaning ta’minot bo’yicha boshliq o’rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taalluqli jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanalarni qurish va o’z qo’l ostidagi ishchi xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi.
Korxonada FMning shtabi tuziladi. Bu shtabda har xil buyruqlar, bajariladigan choratadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi.Korxona shtab boshlig’i etib, shu korxonaning FM boshlig’ining birinchi o’rinbosari tayinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchixizmatchilarni va korxona xodimlari oilalarini kirg’in qurollar ta’siridan, dushmanning bevakg xujumidan uz vaqtida ogox qilish vazifasi turadi.
FM shtabi asosida quyidagn xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
• Aloqa va tashviqot;
Meditsina;
• Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
• Jamoat tartibini saqlash;
• Elektr ta’minoti;
• Avariya texnikani ta’mirlash;
• Panada va kochoqlar maskanida xizmat ko’rsatish;
• Transportda xizmat ko’rsatish;
• Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
Bularga maxsus topshiriklarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yukoridagi xar bir xizmatga FM boshligi tomonidan rahbar etib, bo’lim, tsex, smena boshliklari tayinlanadi.
Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning bir kator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi.Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb kilinadi va kerakli asbob uskunalar bilan jixozlanadi.
Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaxarlangan odamlarni to’lik sanitarkayta ishlovdan utkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan xammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab kuyiladi.Bu maskanlarda kiyim kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitar qayta ishlovdan o’tkazadi.
Transport vositalarni degazatsiya, dezinfektsiya va dezaktivatsiya qilish uchun esa zararsizlantirish shaxobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlantirish shaxobchalari asosan transportlarni yuvuvchi kismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobaynida 45 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega.
Demak, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy rolni favqulodda vaziyaglar davlat tizimi (FVDG) kuch va vositalari o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |