Yengil sanoat


Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Download 3,72 Mb.
bet95/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish;

- Ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

- Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

- Halq xo’jaligi inshootlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar tizimlarini o’tkazish;

- Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

- Fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;

- Aholini umumiy va yakka tartibdagi muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish;

- Aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash;

- Radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatlar ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;

- Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;

- Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish;

- Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki xalq xo’jaligi ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.

Statistika ma’lumotlariga nazar tashlasak, 60-yillarda yer yuzi aholisining 1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, halokatlardan jabrlanganini, 90-yillarga kelib esa bu ko’rsatkich 3.5% (har 29 kishidan biri)ni tashkil etganini ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida yuqoridagi fikrlarning to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Fuqaro mudofaasi o’rniga bo’lishi mumkin bo’lgan, yirik qo’lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egallashi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni: xavfli hududlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.

SHu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim?

Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarining bajarilishini ta’minlash xamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, ob’ekt miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi.

Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi.

Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.



Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) zararlanish o’choqlarida va zaharlanish hududlarida muxandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;

b) qutqaruv va boshka kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

v) aholini va xalk xujaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

g) aholi xayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat.

Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiqtirib bo’lmaydigan tiklov ishlarini (KBTI) amalga oshirish uchun xududiy ishlab chiqarish tamoyillariga ko’ra tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi tizimlari bo’ysunishiga ko’ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda ob’ekt (xalk xo’jaligi ob’ektlaridagi) tizimlariga bo’linadi.

Ob’ekt fuqaro muhofazasining boshlig’i etib o’sha korxonaning yoki tashkilotning boshlig’i tayinlanadi.

Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko’ra — umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bo’linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan o’choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar — qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o’tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bo’linadi

Fuqaro muhofazasi tizimlariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan yerkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3gurux nogaronlari, xomilador ayollar, 8 yoshga tulmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to’lmagan bolalari bor o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan favqulodda vaziyatlarning oddini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 558 sonli (1998 y.) qarori qabul qilindi (ilovaga karang).

Ushbu qaror Uzbekiston Respublikasi favqulodtsa vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat ko’rsatish tartibini belgilab beradi. FVDTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— Tinchlik va harbiy davrda aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasida huquqiy va iqtisodiyme’yoriy hujjatlarning yagona kontsentsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

— Respublika xududidagi mumkin bo’lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baxolash;

— Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab

chiqarishlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

— Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodtsa vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallagan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;

— Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini. FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

— favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralarini yaratish;

— Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

— Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

— Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;

— Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish