Tayanch so’zlar: Favqulodda vaziyat, yashirin xavf, patentsial xavf, tabiiy ofat, texnogen, antropogen, lokal, regional, global, halokat, epidemiya.
1. Favqulodda holatlar haqida tushuncha
Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo’ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar yetkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma’noda, ya’ni xavfning amalda sodir bo’lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin.
FX larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.
Avariyaga – texnik sistemada sodir bo’lib insonlar halok bo’lmagan, texnik vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan voqealarni misol qilib keltirish mumkin.
Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo’lib, insonlarning halok bo’lishiga yoki izsiz yo’qolishiga sabab bo’ladigan hodisalardir.
Baxtsiz hodisalar – yerdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo’lib biosferani, texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo’lishi yoki sog’ligini yo’qolishiga sabab bo’ladigan holatlardir.
Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob’ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati bo’lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar yetkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir.
Ma’lumki, favqulodda holatlar o’ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega bo’lib, bu ko’rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta’riflash mumkin bo’ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo’ladi.
Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz hodisalarning sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma’lum yoki noma’lum ko’rinishda bo’lishi va ular har doim ham mavjud bo’lmasligi mumkin. SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u tinimsiz o’sib boradi. Ishlab chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir necha noxush omillar ta’sir qiladi. Ma’lum vaqtda ta’sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson-atrof muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo’ladi. Barcha xavflar qator belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi (10.1.-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |