2. Favqulodda holatlarning klassifikatsiyasi
Yuqoridagilarga bog’liq holda favqulodda holatlarning kompleks belgilarini quyidagi besh turga ajratish mumkin: lokal (ob’ekt bo’yicha), mahalliy, regional, milliy va global (umumiy, dunyo mikyosida).
Lokal favqulodda holatlar xalq xo’jaligining ma’lum bir ob’ekti chegarasida yuzaga kelib ushbu ob’ektlarning kuchi va resurslari yordamida bartaraf etilishi mumkin.
Mahalliy favqulodda holatlar aholi yashash punktlari, shaharlar, ma’muriy rayonlar, bir necha rayonlar va viloyat hududida tarqalib, ushbu viloyatning kuchlari va resurslari asosida bartaraf etiladi.
Hududiy favqulodda holatlar bir necha viloyatlar yoki iqtisodiy rayonlar chegarasida tarqalib, ushbu respublikaning kuchlari va resurslari yordamida bartaraf etiladi.
Milliy favqulodda holatlar bir necha iqtisodiy rayonlar yoki davlat chegarasidagi muxtor respublikalar chegarasida tarqalib ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim hollarda chet davlatlarining yordami asosida bartaraf etiladi.
Global favqulodda holatlar davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga ham tarqaladi. Bunday favqulodda holatlar ushbu davlat chegarasida o’z kuchlari va resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko’magida bartaraf etilishi mumkin.
Favqulodda holatlarning oqibati turli xil ko’rinishda bo’lib, ular favqulodda holatlarning turiga, xarakteriga, tarqalish masshtabiga bog’liq bo’ladi.
Favqulodda holatlar oqibatlarining asosiy turlariga quyidagilarni misol qilish mumkin; o’lim, odamlarni kasallanishlari, buzilishlar, radioaktiv ifloslanishlar, ximiyaviy va biologik zaharlanishlar. Ta’kidlash joizki, favqulodda holatlar vaqtida yuzaga keladigan ekstremalь sharoitlarda kishilarga ruhiy omillar ham ta’sir etishi va natijada insonlar reaktiv (psixogen) holatga tushib qolishi mumkin. Agar favqulodda holatlarning xavfli va zararli omillarini ta’sir etish radiusi yoki bu darajada taxminiy hisob yo’li aniqlangan bo’lsa, psixologik ta’sir radiusi ushbu chegaradan katta bo’ladi.
Favqulodda holatlar vaqtidagi xavfli va zararli omillar ta’sir etuvchi hudud zararlanish o’chogi (markazi) deb ataladi. Zararlanish o’chog’i oddiy (bir turdagi) va murakkab (kombinatsiyalashgan) turlarga bo’linadi.
Oddiy zararlanish o’chog’i deb bitta zararlovchi omil ta’sirida yuzaga keladigan favqulodda holatlar markazi tushuniladi. Masalan, portlash tufayli buzilish va nurashlar, yong’in, ximiyaviy yoki bakteriologik zaharlanishlar va boshqa holatlar sodir bo’lishi mumkin.
Murakkab zararlanish o’chog’i favqulodda holatlarning bir necha omillarini birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, ximiyaviy korxonadagi portlash, yong’inni, buzilishlarni, atrof muhitini ximiyaviy zaharlanishini va boshqa turli xil kungi lsiz oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Zararlanish o’chog’i formasi (shakli) xavfli omillar manbasining tabiatiga mos holda aylanmasimon (er qimirlashlar, portlashlar vaqtida); yo’lsimon-,,polosali"(bo’ronlar, suv bosishlar, sel oqimlari va boshqa shu kabilar vaqtida); noaniq formada (yong’inlar, tsunamilar, ko’chishlar vaqtida) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |