Umumiy qoidalar.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, ”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to`g’risida” gi Nizom qabul qilindi.
1.Ushbu Nizom O`zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, shuningdek, mehnat shartnomasi buyicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yuz bergan hodisalarni tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Korxona hududi va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (xizmat safarida) yuz bergan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
3. Tabiiy o`lim, o`zini-o`zi o`ldirish, jabrlanuvchining o`z salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma`lumotiga ko`ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
4. Baxtsiz hodisa, ishchi mehnat qobiliyatini kamida 1-kunda yo`qotsa, tibbiy xulosaga ko`ra engil ishga o`tkazilsa, bunday hodisalarga N-1 shaklda dalolatnoma tuziladi va 3-sutka ichida jabrlanuvchiga berilishi shart.
5. Ish beruvchi o`z vaqtida N-1 shaklida dalolatnoma tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini aniqlab, bartaraf etish chora-tadbirlarini tuzish va amalga oshirish uchun javobgar shaxs hisoblanadi.
6. Baxtsiz hodisalarni to`g’ri va o`z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, korxonaning yuqori tashkiloti, kasaba uyushmasi qo`mitasi, davlat mehnat texnika nazoratchisi “O`zsanoatkontexnazorat” Davlat qo`mitasi organlari nazorat qiladi.
7. Ish beruvchi N-1 shakldagi dalolatnoma tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi uning mazmunidan norozi bulsa, kasaba uyushmasi qo`mitasi hodisani 10 kun ichida o`rganadi va ish beruvchidan N-1 shakldagi dalolatnomani qayta tuzishni talab qiladi.
8. N-1 shakldagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto`g’ri tuzilganligi aniqlangan hollarda, davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan, N-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosa-sini bajarishga majburdir.
9. Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnik nazoratchisi o`rtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.
H-1 uch nusxada to’ldiriladi. TASDIQLAYMAN
Do'stlaringiz bilan baham: |