Ishlab chiqarish xavfli va zararli omillari va ularning sinflanishi.
Ishlab chiqarishda ishchilar har xil zararli va xavfli faktorlari ta’siriga uchrashi mumkin. Ishlab chiqarishning faktorlari - o’tkir kasallik yoki kutilmaganda salomatlikning yomonlashishiga, o’limga sabab bo’ladigan mehnat jarayoni va muhit faktorlaridir.
Ishlab chiqarishning zararli faktorlari mehnat jarayoni va muhiti faktorlari, insonga ta’siri natijasida kasb kasalligni keltirib chiqaradi ishlash qobiliyatining vaqtincha yoki butunlay pasaytiradi infektsion kasalliklarining chastotasini oshiradi, avlodlarning salomatligini yomonlashiga olib keladi.
Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari quyidagi sinflarga bo’inadi: fizikaviy,kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
Xavfli va zarali ishlab chiqarish faktorlarning sinflanishi 3 rasmda ko’rsatilgan. Bunday sinflanish ishlab chiqarishda bo’lgan, xavfli va zararli omillarni aniqlash va ularning ta’sirini kamaytirish yoki butunlay yo’qotishi uchun muhim.
Bitta ishlab chiqarishning xavfli yoki zararli faktorlari, ta’sir qilish tabiatiga ko’ra har xil sinflarga bo’linishi mumkin. U yoki bu ishlab chiqarish jihozlari va texnologik jarayonlariga mansub bo’lgan, faktorlarni aniqlashda va uning xavfsizligini ta’minlash uchun usul va vositalar tanlanadi. Xavfni idettifikatsiyalash juda muhim ya’ni xavf borligini va uning xarakterini aniqlash shart.
Mehnat sharoitlari zararlilik va xavflilik darajasiga ko’ra
4 sinfga bo’linadi:
1-sinf mehnatning optimal sharoiti;
2-sinf funktsional og’ishlarni keltirib chiqaruvchi, qulay mehnat sharoitlari, ammo berilgan dam olgandan keyin odam organizmining normal holatga kelishi.
3-sinf zararli mehnat sharoiti, gigienik me’yorlaridan oshuvchi ishlab chiqarishning zararli omillaridan borishi bilan xarakterlanadi. Ular ishiga va uning nasliga negativ ta’sir ko’rsatadi. Gigenik normalardan oshishi va ishchi organizmiga o’zgarishi darajasi bo’yicha zararli mehnat sharoitlari o’z navbatida 4 ta zararli xavf darajasiga bo’linadi.
3 sinfning 1 darajasi – funktsional o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan, gigienik normalardan og’adigan zararli faktorlar bilan xarakterlanuvchi mehnat sharoiti. Bunday o’zgarishlar zararli faktorlar bilan aloqada bo’lgandan so’ng tiklanadi.
3 sinfning 2-darajasi – uzoq muddatli ekspozitsiyadan so’ng (ko’pincha 15-dan so’ng va ko’proq yillar) kasb kasalligining boshlang’ich va yengil shakl keltiradigan, ishlab chiqarish kasalliklarini ko’payishiga olib keluvchi barqaror funktsional o’zgarishlarni keltiruvchi, zararli omillar darajasi.
3 sinfning 3-darajasi – mehnat faoliyati davrida kasb kasalligining yengil va o’rta darajasini keltirib chiqaruvchi omillar darajasi bilan xarakterlovchi mehnat sharoiti.
3 sinfning 4 darajasi – vaqtincha mehnat layoqati yo’qolishini belgilovchi, kasb kasalligining og’ir formalarini keltirib chiqaruvchi faktorlarning xarakterlovchi mehnat sharoiti.
4 sinf – ish smenasida qisqa vaqt ichida hayotga xavf keltiruvchi, kasb kasalligining og’ir va keskin darajasini oshiruvchi mehnat sharoiti. Xavfli mehnat sharoitida ishlash mumkin emas, avariya vaziyatlari, ta’mirlash ishlari bundan mustasno. Bunda ishlash maxsus individual himoyalash vositalar va qat’iyan ajratilgan vaqt ichida olish berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |