Silindrsimon va g'altaksi-mon bo'g'imlar — bir o'qli bo'g'imlar bo'lib, ular faqat bir oLq atrofida aylanishni ta'minlaydilar (masalan, vertikal o'q atrofida). Silindrsimon bo'g'imlar — bu tirsak va bilak suyaklari ora-sidagi bo'g'im, g'altaksimon bo'g'imlar — barmoq falangalari orasida, boldir-tovon bo'g'imi, u yana vintsimon bo'g'im deb ham ataladi.
Yassi bo'g'imlar aniq aylanish o'qiga ega emas. Ularda faqatgina bir bo'g'im uasining ikkinchi o'g'im yuzasida biroz sirpanishi kuzatiladi (masalan, umurtqalararo o'g'imlar, tovon va kaft mayda suyaklari). Shunday qilib, eng ko'p ha-rakatlanuvchi bo'g'imlar — sharsimon, kam harakatlanuvchi bo'g'imlar — yassi bo'g'imlardir.
1.3-rasm. Suyaklarning birikishi
turlari: a — bloksimon; b — ellipssimon; d — egarsimon; e — sharsimon.
1.4. Skeletning tuzilishi
Odam suyak tizimi kalla suyagi, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, tos va ikki juft qo’l-oyoq skeletlaridan iborat (1.4-rasm).
Kalla suyagi orqa va oldingi qismlarga bo'linadi. Uning orqa yoki miya qismi 8 ta suyakdan, oldin gi yuz qismi 14 ta suyakdan iborat. Bular shakJiga qarab murakkab suyaklardir (1.5-rasm).
Umurtqa pog'onasi — odam skeletining tayanchi hisoblana-di, u 33—34 ta umurtqalardan tashkil topgan. Umurtqalar orasi-da umurtqalararo tog'aylar joylashgan bo'lib, ular yordamida umurtqa pog'onasi bukilish, egilish xususiyatlariga ega. Umurtqalar bir-biri bilan bo'g'inlar orqali bog'langan (6-rasm). Umurtqalar 7 ta bo'yin umurtqasi, 12 ta ko'krak umurtqasi, 5 ta bel umurtqasi, 5 ta dumg'aza umurtqasi va 4-5 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi yettita umurtqadan iborat boiib, ulardan yettinchisi ko'zga yaxshi tashlanadi, ya'ni boshni oldinga egib turgan holda qo'l bilan paypaslab bu umurt-qaning o'tkir o'sig'ini sezish mumkin, chunki u boshqa bo'yin umurtqalariga qaraganda yaxshi rivojlangan.
Umurtqa pog'onasining ko'krak qismi o'n ikkita pog'onadan iborat bo'lib, ular 12 juft qovurg'alarga birikkan.
Umurtqa pog'onasining bel qismi beshta pog'onadan iborat.
Umurtqa pog'onasining dumg'aza qismi beshta umurtqa pog'onasidan iborat. Odamning yoshi 25 ga yetganda bu umurtqalar chambarchas birikib — dumg'aza suyagi nomini oladi.
Umurtqa pog'onasining dum qismida to'rt-beshta pog'onalar yetilmagan holda qolib, ular o'zaro chambarchas bog'langan.
Bo'yin, ko'krak, bel umurtqalari haqiqiy umurtqalar hisoblanadi, chunki ularning har biri alohida umurtqa bo'lib, tog'aylar bilan bog'langan. Dum va dumg'aza umurtqa pog'onalari bir-birlari bilan chambarchas bog'langan. Ular yolg'on umurtqalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |