Yelka kamari va qo'l mushaklari. Bu mushaklar qatoriga deltasimon, ikki boshli va uch boshli mushaklarni kiritish mumkin (1.19- rasm).
1.19- rasm. Yelka kamari mushaklari:
1 — deltasimon mushak; 2 — yelka uch boshli mushagi; 3 — tishsimon
mushak; 4 — trapetsiyasimon mushak; 5 — ikki boshli mushak.
Deltasimon mushak yelka kamarining eng yuza mushagi bo'lib, ancha kuchlidir. U uchburchak shaklida bo'lib, yunon-cha A — delta harfini eslatadi (nomi ham shundan). Deltasimon mushak o'mrov va kurak suyaklaridan boshlanib, yelka bo'g'imini qoplaydi va yelka suyagining oldingi yuzasida tugaydi. Bu mushak qo'lni yonga to gorizontal holatgacha olib boradi hamda ko'p jihatdan badanning yelka qismining shaklini belgi-laydi.
Qo'lning yelka boiimi mushaklari duksimon shaklga ega. Bularning deyarli barchasi bir uchi bilan tirsak-bilak suyaklariga birikadi hamda bilakni tirsak bo'g'imida bukadi va yozadi.
Yelkaning ikki boshli mushagi (biseps) yelka suyagining oldingi yuzasida joylashgan bo'lib, u qisqarganda teri ostidan bo'rtib chiqib turadi. Bu mushak bilakni tirsak bo'g'imida bukadi va tashqariga buraydi. Ikki boshli mushak bir uchi kurak suyagining yuqorigi yon qismidan ikkita pay bilan boshlanadi, boshqa uchi esa yelka suyagiga birikadi.
Yelkaning uch boshli mushagi (triseps) yelka suyagining orqa yuzasida joylashgan. Bu mushakning yuqorigi uchi uchta bosh-chaga ega. U bitta uzun boshchasi bilan kurakka birikadi, ikkita kalta boshchasi bilan esa yelka suyagiga birikadi, pastki uchi tir sak suyagida tugaydi. Bu mushak bilakni tirsak bo'g'imida yoza-di hamda qo'lni ichkariga burish uchun xizmat qiladi. Uch boshli mushak ikki boshli mushakning antagonisti hisoblanadi.
Tos va oyoq mushaklari. Bularga katta dumba, tikuvchilar, boldirning uch boshli hamda sonning to'rt boshli mushaklarini kiritish mumkin (1.20-a, b rasm).
Katta dumba mushagi tosning orqa yuzasida joylashgan bo'lib, u tos suyaklari, dumg'aza va dum suyaklaridan boshlana-di va tos-son bo'g'imini qoplaydi hamda son suyagining orqa yuzasiga birikadi. Katta dumba mushagi qisqarganda oldinga bukilgan gavda to'g'rilanadi. Bu mushak yana sonni tos-son bo'g'imida yozadi va uni tashqariga buraydi.
Tikuvchilar mushagi eng uzun mushak (50 sm atrofida) hisoblanadi. U yonbosh suyagining yuqorigi bo'rtmasidan bosh-lanadi, keyin sonning oldingi yuzasiga yo'naladi va boldirning ichki tomoniga spiralga o'xshab o'tadi hamda katta boldir suyagiga birikadi. Eski anatomlar bu mushakni xuddi tikuvchilar ish jarayonida qilgandek bir oyoqning ustiga ikkinchisini tashlaydi deb hisoblashgan. Aslida esa tikuvchilar mushagi son va boldirni tizza bo'g'imida bukadi, tizza bukilgan vaqtda esa boshqa rau-shaklar bilan birga boldirni ichkariga buraydi va bir oyoqning ustiga boshqasini tashlashda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |