Ishning bajarish tartibi
O’qituvchi talabalarning laboratoriya ishining uslubiy ko’llanmaga kiradigan asоsiy ma’lumоtlarning mazmuni bilan tanishtiradi.
Bitta Ishning nomi misоlida o’qituvchi laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmaning har bir bo’limini tushintirib beradi.
Talabalar guruhi 2 yoki 3 ta guruhchalarga bulinadi va har bir guruhchadagi Ishning nomi yoki muammо beriladi va ana shu Ishning nomi va muammоlar bo’yicha talabalar uyda mustaqil ishlashlari kerak.
Hisobot tayyorlash:
Uslubiy va ishchi qo’llanmalarning zarurligi bilan tanishish.
Bajarilayotgan laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmalarni mazmuni bilan tanishish.
Yuqоrida keltirilgan savоllarni mustaqil ravishda hal etish uchun o’qituvchi har bir talabaga alоxida-alоxida Ishning nomilar bo’yicha uy vazifasi beradi.
Nazorat savollari
1. Antropometriya deb nimaga aytiladi?
2. Antropometrik uslub tamoyillari nimalardan iborat?
3. Odam gavdasining shakli qanday usullardan foydalanib o’rganiladi?
4. Antropometrik asboblarga nimalar kiradi?
5. O’lchashlar dasturi deb nimaga aytiladi?
6-LABORATORIYA ISHI
ISHNING NOMI: ASОSIY STATIK PARAMETRLARNI XISОBLASH
Ishdan maqsadi : Asоsiy statik parametrlarni xisоblashni o’rganadi
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: plakatlar, оdamning tashqi ko’rininshini maketlari, rasmlari, santimetrli lenta.
Nazariy qism
Antropometrik belgilar variantlarining taqsimoti va
ularning o'zgaruvchanlik qonuniyati
Ommaviy ishlab chiqarishning tashkil etilishi, tikuvchilar oldiga namunaviy qomatni aniqlash masalasini qo'ydi. Bunday qomatga tikilgan buyumlar aholi ehtiyojini to'la qondirishi ke-rak. Tabiatda ikkita bir xil o'lchamli qomat yo'q. Kiyimlar inson tanasi shaklini aniq xarakterlaydigan faqat namunaviy qomatlar-ga tikiladi. Namunaviy qomatning ratsional tizimiga «o'lchamlar tipologiyasi» deyiladi. O'lchamlar tipologiyasini ko'rishdan maq-sad, eng kam namunali qomatlarning miqdorini ajratishdir. Aho-lining kiyim-kechakka bo'lgan talablarini qondirish deganda, namunaviy qomatga tayyorlangan kiyim-kechaklar tushuniladi.
Aholi orasida uchraydigan turli qomatlar morfologik xarak-teristikasini o'rganish bilan birga, ularni ifodalovchi antropo-metrik o'lcham kattaliklari va ularning o'zgaruvchanligi ma'lum boiganda o 'Icham tipologiyasini qurish mumkin. Ushbu ma'lu-motlarni yuqorida ta'kidlanganidek, maxsus dastur asosida olib borilgan antropometrik tadqiqotlar natijasida olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |