Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi «amaliy antrapologiya asoslari»



Download 1,27 Mb.
bet25/69
Sana10.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#652679
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
USLUBIY SIRTQI

3.3- rastn. Erkaklar qomat turlari:
a — normal; b - to'g'ri; d - bukchaygan; e - lordotik; f- kifotik.

Polshalik tadqiqotchi N. Volyanskiy tasnifiga ko'ra, qomat uchta guruhga va bu guruhlar o'z navbatida uchtadan turga bo'linadi (3.4- rasm).


Birinchi guruh, kifotik (K), ko'krak kifozining bel lordoziga nisbatan ko'p egilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bo'yin nuqtasidan pastga o'tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtaning oldidan o'tadi. Lordotik nuqta bel lordozining eng ichkari qismi-da joylashgan bo'ladi. Ko'krak kifozining bel lordozidan ustunlik qilishi kichik, o'rta va katta bo'lishi natijasida uch xil kifotik qo­mat turlari (Kp K„ va Km) farqlanadi.
Ikkinchi guruh, muvozanatli (M), umurtqa pog'onasining bel va ko'krak bo'limlari bir xil egilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bo'yin nuqtasidan (yettinchi bo'yin umurtqasining o'tkir o'sig'idan) pastga o'tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtadan yoki yonidan o'tadi. Umurtqa pog'onasining hamma boiim-larida egilganlik darajasi kuchsiz, o'rta va kuchli bo'lishi natijasida uch xil muvozanatli qomat turlari (Mp Mn va Mm) ajratiladi.Uchinchi guruh, lordotik (L), katta bel lordozi va ichik ko'krak kifozi bilan xarakterlanadi. Bunda bo'yin nuqtasidan pastga o'tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtaning orqasidan o'tadi. Bel lordozining ko'krak kifozidan ustunlik qilishi kichik, o'rta va katta bo'lishi natijasida uch xil lordotik qomat turlari (Lp L„ va Ln]) farqlanadi.


3.4- rasm. Qomat turlari (N. Volyanskiy bo'yicha):
a — kifotik kompleks; b — muvozanatli holat; d — lordotik kompleks.

11—17 yoshdagi bolalar va o'smirlar qomatlari uchun ishlab chiqilgan bu sxemani katta yoshdagi aholining qomatini o'rga-nishda ham qo'llash mumkin.


Mp M„ va Mni qomat turlari barcha yoshdagi odamlar uchun xos. P.N. Bashkirov fikricha, L, va L barcha yoshdagi odamlarda uchraydi, lekin kattalarga qaraganda, bolalarda ko'proq kuzatiladi. Ln. tur «xo'roz» qomat deb ham atalib, u ko'proq kichik yoshdagi bolalar qomatida uchraydi (11 yoshgacha). Lordotik tur ko'proq bolalar qomatlariga tegishli bo'lib, kifotik (ayniqsa Kn[ tur) tur bolalar qomatlariga mutlaqo xos emas. Bola­lar ulg'ayishlari bilan, og'irlik markazining pastga tusha borishi natijasida ularning qomatlarida o'zgarishlar bo'ladi.
Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ayollar qomatlari tasnifi xuddi L.P. Nikolayev-ning erkaklar qomatlari tasnifi sxemasiga o'xshaydi, ya'ni bo'yin chuqurligi (korpusning holati) va bel chuqurligi belgilarining birikmasi bo'yicha ajratilgan.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish