Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi «amaliy antrapologiya asoslari»



Download 1,27 Mb.
bet24/69
Sana10.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#652679
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
USLUBIY SIRTQI

3.2-rasm. Odam tanasi umumiy og'irlik markazining holati:
a — frontal tekislikda; b - gorizontal tekislikda;
d — tayanch yuzasiga nisbatan.

Og'irlik markazining gorizontal tekislikdagi holati odam yoshiga bog'liq bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning og'irlik markazi beshinchi-oltinchi umurtqa pog'onasida joylashgan bo'ladi. O'sish davrida (16-18 yoshlargacha) og'irlik markazi­ning pastga siljishi kuzatiladi. Kattalarda og'irlik markazi gorizon­tal tekislikda past-balandlik darajasining o'zgarishi birinchidan to beshinchi dumg'aza umurtqalarigacha bo'ladi. Ayollarda erkak-larga qaraganda og'irlik markazi pastroqda bo'ladi (3.2-b rasm). Og'irlik markazining holati gavda holatining qanchalik barqaror-ligini ko'rsatadi, ya'ni og'irlik markazi qanchalik pastda bo'lsa, gavda shunchalik barqaror bo'ladi. Ayollarda erkaklarga qaragan da og'irlik markazi pastroqda bo'ladi, shuning uchun vertikal vaziyatda ayollar gavdasi barqarorroq turadi.


Vertikal holat barqarorligining asosiy sharti gavdaning ver­tikal holatida og'irlik markazining oyoq o'rtasi tayanch yuzasi-dan o'tishi hisoblanadi (3.2-d rasm). Agar og'irlik markazi tayanch yuzasidan bir oz chetga chiqsa ham, odam muvozanatini yo'qo-tib yiqilib tushadi.

Odam qomatining turlari
Odamlar orasida gavda tuzilishining turli xil individual xu-susiyatlari, ya'ni turli qomatlar uchraydi. Har qanday qomatda ham kishi gavdasi muvozanatda bo'ladi. Bunga uning turli qism-larining moslashish vositalari bo'yicha erishiladi. Har bir qomat umurtqa va tananing ma'lum bir shakli, bosh va qoi-oyoqning holati bilan xarakterlanadi. Qomatni xarakterlovchi asosiy belgi-lar umurtqa va tana shakli hisoblanadi.
L.P. Nikolayevning qomatni tasniflab bergan taklifi tikuvchi-lik sanoatida ko'proq qiziqish uyg'otdi. Bunga ko'ra, u qomatni beshta turga bo'ladi: normal, to'g'ri, bukchaygan, lordoz va kifoz. 3.3-rasmda erkaklar qomatiga xos bo'lgan tana kontur chiziqlari sagittal tekislikda ko'rsatilgan.
Normal qomat umurtqa pog'onasining bir tekis egilganligi bilan xarakterlanadi.
To'g'ri qomat umurtqa pog'onasi hamma bo'limlarining kuchsiz egilganligi bilan xarakterlanadi.
Bukchaygan qomat bo'yin lordozining oldinga ko'proq egil­ganligi va bel lordozining kamayganligi (orqa dumaloq shaklda bo'ladi) bilan ajralib turadi. A.P. Nikolayevning ma'lumotlariga ko'ra, bunday qomatlar ko'proq qariyalarda uchraydi.
Lordotik qomat bel lordozining kuchli va bo'yin lordozining kuchsiz rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Kifotik qomat ko'krak kifozining keskin kuchayib ketishi bi­lan xarakterlanadi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish