Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi «amaliy antrapologiya asoslari»



Download 1,27 Mb.
bet21/69
Sana10.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#652679
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
USLUBIY SIRTQI

Stenoplastik tur — bu tur ensiz gavdalilarga xos, lekin juda qalin yog' qatlamiga ega, bunda ayollik xususiyatlari yaqqol ko'-rinib turadi.
Piknik turi mushaklari va yog' qatlami o'rtacha rivojlan-gan. Ko'krak qafasi silindrik, qorin to'g'ri, chanoq enli. Bu tur boshqa turlarga qaraganda ayol tanasining go'zalligini bo'rttirib ko'rsatadi.
Mezoplastik tur — piknik turiga yaqin, lekin mushaklari ko'proq rivojlanganligi va yog' qatlamining yupqaligi bilan farq qiladi.
Atletik tur mushaklari o'rtacha rivojlangan, yog' qatlami kam darajada rivojlangan (erkaklar gavdasini eslatadi).
Subatletik tur — mushaklari va yog' qatlami o'rtacha rivoj­langan.
Euriplastik tur — mushaklari rivojlangan va yog' qatlami juda kuchli rivojlangan.
LB. Galant sxemasi bo'yicha ayollar tana tuzilishini sport bilan shug'ullanuvchi ayollar misolida tasavvur qilish mumkin.

2.10-rasm. Ayollarda ko'p uchraydigan tana tuzilishi:
a — tepa past; b — past normal; d — past tepa.

Masalan, megalozom guruhiga xos turlarni tadqiqot nati-jalariga ko'ra basketbolchi ayollarda uchratish mumkin. Ular bo'yi uzunligi, baquwatligi, oyoqlarida kuchli rivojlangan mu-shaklar borligi bilan xarakterlanadi. Gimnastikachi ayollar, askin-cha, leptozom (stenoplastik tur) va mezazom (mezoplastik tur) guruhiga xos bo'lib, ular o'rta yoki o'rtadan past bo'yli, kelishgan, qorni va orqasi tekis bo'lgan ayollardir (2.10-rasm). Ayollar ora-sida ko'krak aylanasi bir xil va bo'ksa aylanasi har xil tana tuzi-lishlari uchraydi.


O'smirlar tana tuzilishi turlari
Bolalar va o'smirlar tana tuzilishining turlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Tana tuzilishining V.G. Shtefko sxemasi bi­lan tanishib chiqamiz. Bu sxemada tana tuzilishining asosiy belgilari: mushaklar va yog' qatlamlari, ko'krak qafasi, qorin va orqa shakli, bola organizmi o'sishining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, tananing mutanosibligi e'tiborga olinadi.
V.G. Shtefko o'smirlarning tana tuzilishini quyidagi turlarga bo'lib o'rganadi (2.11-rasm).

2.11-rasm. O'smirlar tana tuzilishi:
a — astenoid tur; b — torakal tur; d — mushakli tur; e — digestiv tur.

Astenoid tur - mushaklari va yog' qatlami kuchsiz rivojlan­gan, ko'krak qafasi uzun va tor, orqa bukchaygan, qo'1-oyoqlar uzun, to'sh suyagi burchagi o'tkirlangan.
Torakal tur mushaklari va yog' qatlamining rivojlanish darajasi past, ko'krak qafasi uzun va tor, qorin to'g'ri, orqa odatdagidek. Bu tur qiz va o'g'il bolalarda uchraydi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish