Yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning
mezonlari va ko‘rsatkichlari
Ilmiy adabiyotlarda korxona raqobatbardoshligini baholash bo‘yicha uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, faoliyat turi, iqtisodiy faoliyatining samaradorligi yoki marketing faoliyati qay darajada yo‘lga qo‘yilganligiga asoslanish keng tarqalgan.
Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha bo‘lib, uni hamma darajalar, ya’ni makro, mezo va mikro darajada ko‘rib chiqish mumkin. Iqtisodiy adabiyot-larda raqobatbardoshlikning quyidagi turlari xususida ayrim qarashlar mavjud.
Milliy raqobatbardoshlik – davlatning milliy iqtisodiyoti raqobat-bardoshligi.
Tarmoq raqobatbardoshligi – tarmoqlararo raqobatga bardosh beruvchi tarmoqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda asosan, bir xildagi xomashyo iste’molchisi bo‘lgan tarmoqlar va ulardagi sub’ektlar tarmoqlararo raqobatga kirishadilar. Bu raqobat kurashi ayni xomashyo xaridi jarayonida sodir bo‘ladi. Ayrim o‘rinbosar tovarlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o‘rtasida boshqa bozorlarda ham raqobat kurashi bo‘lishi mumkin. Bu holatda raqobatda g‘olib chiquvchi tarmoqqa nisbatan ham ushbu iborani qo‘llash mumkin.
Mezodarajada raqobatdoshlik tushunchasi hudud, mintaqalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Korxona raqobatbardoshligi – bozorda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Raqobatbardoshlik tushunchasi korxonalarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
Tovar raqobatbardoshligi – turdosh tovarlar raqobatida g‘olib chiquvchi tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib raqobatbardoshlikni baholash mezon-lari quyidagi rasmda ko‘rish mumkin.
1.2.1-rasm. Raqobatbardoshlik darajasini tavsiflovchi mezonlar
Tarmoq raqobatbardoshligini aksariyat holatlarda ushbu tarmoqda investitsiya sarflash niyatidagi tadbirkorlar o‘rganadi, ya’ni investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan tarmoqdagi raqobat darajasini o‘rganish orqali baholanadi. Bu tariqa baholash amalga oshirilganda tarmoqlar; kuchli raqobat muhitiga ega va raqobat nisbatan past bo‘lgan tarmoqlarga ajratiladi.
Mamlakat miqyosida raqobatbardoshlikni aniqlashda asosiy e’tibor yaratilgan makroiqtisodiy muhitga; inflyasiyaning belgilangan me’yori, soliq yuki, milliy valyuta kursining eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar-ni ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos kelishi, infratuzilma tarmoq-larining rivojlanish darajasi, inson kapitali va ta’lim tizimi sifati, tadbirkorlik muhiti kabi omillarga qaratilinadi.
Qulay makroiqtisodiy muhit va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligi zamonaviy iqtisodiy nazariya-ning asosiy qoidalariga to‘la mos keladi. Masalan, inflyasiyaning yuqori darajasi iqtisodiyotni investitsiyalashning mavjud manbalarini so‘ndira-di, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sur’atlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda cheklaydi, ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini ko‘paytirish orqali raqobatbardoshlikni pasaytiradi.
Tarixan mamlakatlarning raqobatbardoshligi konsepsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beruvchi qiyosiy afzalliklar (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo‘lib, ular abadiy emas va takror ishlab chiqarilmaydi. Ushbu raqobat afzalliklari fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib uni iste’molchiga etkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda innovatsiya-larga asoslanadi.
Raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o‘zgaruvchan bo‘lib, inson kapita-lining rivojlanishi, innovatsion yuqori texnologiyalar, intellekt bilan bog‘liq va o‘z tabiatiga ko‘ra cheksizdir. Mamlakatning qiyosiy va raqobat afzalliklarini aniq farqlash lozim. Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat afzalliklarining integratsiyalashuvi uning global iqtisodiyotdagi raqobat-bardoshligini kuchaytiradi.
AQSHning Garvard universiteti professori M.Porter fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta’minlab beradi. SHuning uchun dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatbardoshligini tahlil qilish lozim. U mamlakat kompaniyalarining muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‘rtta muhim ko‘rsatkichga bog‘liqligini ta’kidlaydi:
ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
talab ko‘rsatkichlari;
yaqin va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar;
raqobat muhiti va firma strategiyasi13.
Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati mamlakatning raqobatbardoshlik reytingini belgilab beradi.
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatbardosh-ligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullar-dan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatbardoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishning samarador-ligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashti-rish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchan-ligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.
SHveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlan-tirish xalqaro instituti har yili dunyoning etakchi 47 mamlakatiga raqobat-bardoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo‘yicha guruhlangan 8 ta omil bo‘yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YAIM hajmi, investitsiyalar va jamg‘armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi; infratuzilma; boshqaruv-ning samaradorligi; fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi; mehnat resurslarining tavsifi.
Mamlakatlar raqobatbardoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlar-dan biri – bu Jahon iqtisodiy forumining metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida mamlakatning iqtisodiy o‘sishini baholashda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida
13 Портер М. Конкуренция. /Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176.
raqobatbardoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo‘llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi ma’ruzasida chop etiladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash ko‘p sonli ma’lumotlarni yig‘ish, guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatbardoshlik ko‘rsat-kichlarini asosiy omillar bo‘yicha hisoblashni ko‘zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi.
1.2.2-rasm. Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining guruhlanishi14
Qayd etib o‘tilgan omillar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruh bazaviy talablarni o‘z ichiga oladi, ikkinchi guruh biznes muhit samarador-ligini oshiruvchi
14 The Global Competitiveness Report 2009-2010 World Economic Forum. Geneva, Switzerland 2009. p. 8.
omillarni qamrab oladi, uchinchi guruh esa biznesni takomillashtirish omillarini birlashtiradi. Har bir guruh muayyan subindekslar bilan tavsiflanadi. Subindekslarni hisoblayotgan vaqtda har bir guruhning vazni quyidagicha belgilanadi birinchi guruh – 25%, ikkinchi guruh – 17%, uchinchi guruh – 50%.
Bunda har bir subindeksning aniq mamlakat uchun hisoblangan natijaviy Global raqobatbardoshlik indeksiga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy rivojlanish jihatdan turli darajadagi mamlakatlarning raqobatbardoshligini taqqoslash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |