Uchinchi guruh omillari korxonalarning ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydalanmaslik va ishlab chiqarishning texnologik darajasi bilan bog‘langan.
“O‘zbekyengilsanoat” DAK tarkibidagi yengil sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatidan o‘rtacha 70%ga foydalanilmoqda. Dastgohlarning to‘liq quvvatda ishlamasligi esa ularning tiklanish qiymatini daromad hisobiga qoplash imkoniyatini bermaydi. Bizning fikrimizcha, ko‘p hollarda yangi dastgohlarning qiymati, ayniqsa davlat kafolati ostida amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha, juda yuqori belgilangan. Bu esa yangi, zamonaviy korxonalarning moliyaviy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘rtinchi guruh omillari moliyaviy harajatlar salmog‘ining yuqori darajadaligi bilan bog‘liq.
Aylanma mablag‘larning etishmasligi ko‘pincha, past rentabellikda ishlayotgan yengil sanoat korxonalarini yiliga 20-25% lik qisqa muddatli bank kreditlaridan foydalanishga majbur qiladi. Bu esa korxonalarning moliyaviy holatini yana ham qiyinlashtiradi. SHuningdek, davlat oldidagi va nodavlat fondlar oldidagi majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanmasligi oqibatida kelib chiqadigan moliyaviy sanksiyalar ham yengil sanoat korxonalarining moliyaviy holatini yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Beshinchi guruh omillari - yengil sanoat korxonalariga berilgan imtiyozlardan to‘liq foydalanilmaslik bilan bog‘liq omillardir. Davlat tomonidan yengil sanoat korxonalariga juda ko‘p imtiyozlar berilgan bo‘lishiga qaramay, ularning ba’zilari bo‘yicha amalga oshirish mexanizmi yo‘q. Masalan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga EKV bo‘yicha paxta tolasini sotib olib, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uning 80% dan kam bo‘lmagan qismini eksport qilganida 5% qo‘shimcha imtiyoz belgilangan. Mazkur imtiyoz 2010 yil 1 yanvaridan kuchga kirganiga qaramasdan, hozirgacha qo‘shimcha imtiyozni berish tartibi ishlab chiqilmagan, shu boisdan korxonalar bu imtiyozdan foydalana olmayaptilar.
Ko‘pincha, yirik yengil sanoat korxonalari soliq yuki hisobiga katta yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymoqdalar. Daromad solig‘i uchun soliqqa tortiladigan bazani hisoblashda korxona ishchi-xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish
harajatlari, xususiy transport tashish xizmatlari harajatlari ham kiradi. Bu ham korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yengil sanoat sanoati xom ashyo sarfini eng ko‘p talab qiladigan tarmoqlar qatoriga kirganligi sababli, xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish hisobiga korxonada ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va korxonaning raqobatbardoshligini oshirish ichki imkoniyat-lari mavjud. Bu tarmoqlar mahsulotlarining sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida jahon tajribasida keng tarqalgan tolling uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tolling - jahon savdo tashkiloti tomonidan qonunlashtirilgan, xom ashyoni chetdan keltirib, qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni xom ashyo keltirilgan mamlakatga qaytarishdir. Xom ashyo chetdan keltirilganda davlat nazoratida bo‘ladi, lekin boj va soliq olinmaydi - bu tashqi tolling.
Ichki tollingda xom ashyo bir mamlakatning ichida bir hududdan boshqa hududga yuboriladi. Hozirgi kunda Xitoy, Vetnam va SHarqiy Evropa mamlakatlari (Ruminiya, Bolgariya) tolling uslubidan keng foydalanmoq-dalar. Iqtisodiy hisoblarga ko‘ra 1 kg paxtadan kalava ip olish uchun 3-4 AQSH dollar investitsiya va 2 dan 6 minutgacha mehnat sarf bo‘lsa, 1 kg xom ashyodan trikotaj- tikuvchilik mahsulotlari tikish uchun 1 dollar investitsiya va 100-180 minut sarf bo‘ladi. Boshqacha aytganda, trikotajtikuvchilik tarmog‘ida mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa tarmoqlarga nisbatan 4 marta kam investitsiya talab qilinadi, lekin 30-50 marta ko‘p mehnat sarf qilinadi. Demak, tollingni bu tarmoqda ishlatilishi O‘zbekistondagi dolzarb masala - ish bilan ta’minlanish muammosini qal qilishga imkoniyat yaratishi mumkin.
Trikotaj, gazlama o‘zimizda ishlab chiqarilsa va aksessuarlar (bichish lekalasi, iplar, tugmachalar, yarim fabrikatlar, astarliklar va boshq.) buyurtmachi mamlakatdan keltirilib, tayyor mahsulot ularga qaytarilishi mumkin. Trikotaj- tikuvchilik tarmoqlarida tolling xizmatlari bozorini yuqori darajaga ko‘tarish valyuta tushumining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan tikuvchilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 55 foizni tashkil etadi, trikotaj tarmoqlarida esa bu ko‘rsatkich 50 foizga teng.
«O‘zbekyengilsanoat» mutaxassislarining baholashi bo‘yicha tolling xizmatlarini amalga oshirish natijasida yengil sanoat tarmoqlarida ish joylarini 60- 70 ming kishiga oshirish mumkin. Tolling jarayonlarni amalga oshiradigan yengil sanoat korxonalarini davlatga 50 foiz valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilinib, ular bu mablag‘larni ishlab chiqarish maqsadlari uchun yo‘naltirishi lozim.Mablag‘larning jamg‘arilishi natijasida bunday korxonalar asosiy fondlarini yuqori unumdor chet el uskunalariga yangilashi va yuqori qo‘shilgan qiymat bilan mamlakat mahsulotini raqobatbardoshligini oshirishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan hisoblarning natijalari yengil sanoat sanoat tarmoqlarini samarali rivojlanishi uchun quyidagi omillarga e’tibor berishni taqozo etadi:
-zamonaviy bozor strategiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lgan asosiy boshqaruv va muxandis-texnik kadrlar bilan ta’minlash;
- tarmoq korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlar raqobatbardosh-ligini yuqori darajaga ko‘tarish;
dizayn markazi tashkil etish;
-tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlangan mamlakatlar tajriba-larini o‘rganib jahon bozorlariga chiqishini yanada rivojlantirish.
Yengil sanoat sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yengil sanoat sanoat tarmog‘ining ulushi 19,4 foizni tashkil qiladi.
Iqtisodiyotning bu tarmog‘i yuqori eksport salohiyatiga ega, unda xalq ehtiyoji uchun mahsulotlar ishlab chiqariladi va ko‘plab ish joylarinii yaratish imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda yengil sanoat faoliyatining texnologik, innovatsion va axborot sohalarini rivojlantirish strategik muhim ahamiyatiga ega, chunki ushbu tadbirlar korxonalarning ish samaradorligini oshirib, ularning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Bu sohada innovatsion loyihalarni yaratish va ularni hayotga to‘g‘ri
tadbiq eta olish muxim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun bir qancha omillarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Jumladan: korxona haqidagi axborotlarni chuqur va puxta, ilmiy tahlil etish, innovatsion maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan tadbirlarni tashkil etish, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va x.k.
Milliy iqtisodiyotimizning yengil sanoat tarmog‘ida raqobatbar-doshlik muhitini yaratish va ushbu sohada amalga oshiriladigan faoliyatlar quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
sanoatning ustuvor tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va sanoat majmuasidagi tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatish;
milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash va ichki bozorni himoyalash;
milliy ishlab chiqaruvchilarni marketing vositasida qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
raqobat muhitini barpo etish, xalqaro sertifikatlarni joriy etish;
sifat va standartlarni baholashning muvofiqlashtirilgan tizimini qo‘llash orqali bozor infratuzilmasi rivojlanishiga yordam ko‘rsatish;
iqtisodiy, huquqiy va siyosiy vositalardan foydalanish asosida rakobatbardoshlik darajasini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |