Shamol guldastasining yo’nalishini ko’rsatuvchi tasvir.
Korxona territoriyasida obyektlarini to’g’ri joylashtirishda shamol guldastasining yo’nalishi katta axamiyat kasb etadi. Buning uchun shamol guldastasini kaysi tomondan esishini hisobga olib sungra obyektlar zonalashtiriladi.
Shamol guldastasini va zonalashtirish prinsipini gapirish, qurilish zichligi (yoki zichlik koeffitsiyenti) territoriyadagi binolar bilan maydonlar yigindisi shu turritoriyaning umumiy maydoniga nisbati ulchanadigan kattalikdir.
Fb - binolar bilan band maydon, m2.
F - umumiy maydon, m2.
Odatda bu ko’rsatkich 55-60% bo’lganda maksadga muvofik hisoblanadi, kolgan 40-45% maydon yo’l, yo’lklar va kukalamzorlashtirish uchun koldiriladi.
Korxona xovlisini yo’llar va yo’laklar.
Zamonaviy paxta, ipak to’qimachilik va yengil sanoati korxonalari ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xujalik, binolaridan tashkil topadi va ular turli-tuman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yengin xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chiqishi, avtomobil va temir yo’llar va x.k. lar bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, ishlovchilarga kulayliklar yaratish niyatida korxona territoriyasini aloxida gruppalarga, ya’ni zonalarga bulinadi. Zonalarga ajratish, xar bir binoning vazifasiga sanitariya xarakteristikasiga, xomashyoning yonuvchanligiga, texnologik jarayonga, transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshka kuplab faktorlarga boglik.
Korxona xovlisini planlashtirishda avtomobil yo’llarning va piyodalar yo’laklarining eng oddiy va qo’llay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo’llari bilan piyodalar yo’llari kesishmasligiga e’tibor berish kerak. Kesishmasligining iloji bo’lmaganda yer osti yo’llari yoki kushimcha yo’llar kurish bilan xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo’llarining eni 6 yoki 3 songa bulinadigan qilib olinadi.
Korxonada odatda yo’llar to’tash bo’lishi kerak.Ayrim xollarda tupik yo’llar bo’lishiga ruxsat etiladi, agarda ularning uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar uchun mo’ljalangan yo’lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bo’lmasligi kerak.
Korxona xovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va bo’talar ekish, maysazorlar ajratib kuyish - yong’innning tarkalib ketmasligi uchun, shovqin va changli havoning tarkalib ketmasligi uchun himoya lentalari xosil qilish uchun xizmat kiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo’ldan o’tayotgan transport shovqinlaridan, kuyosh radiatsiyasidan saqlaydi. Mexnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochik havoda dam olish joylari tashkil qilish imkoni beradi va x.k.
Odatda fabrika oldi maydonlari, magistral yo’llar chetlari, qurilishdan bush barcha joylar, ayniksa maishiy binolar atrofi, oshxona, tibbiy yordam punkti, dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari, suv xavzalari toza havo olish zonalari.
Daraxt va bo’talarni transport vositalarining xarakatiga, injenerlik tarmoklarining o’tkazilishiga va yo’llarni yoritish uchun o’rnatiladigan chiroklarga xalakit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo’l xarakatiga xalakit bemasligi, belgilar yakkol ko’rinib turishi kerak. Mashina yo’llari, piyodalar yo’laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda korxona xovlisidagi ish joylari yoritilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |