YE) Arrali jinlar.
ZXADta’minlagichning xavfli joylari - kozikli barabanga xarakat uzatish va arrali valdan ta’minlagichga tasmali xarakat uzatish qismlaridir.
Kozikli barabanga xarakat uzatish qismi ikki tavakali eshik bilan tusilgan. Arrali valdan ta’minlagichga tasmali xarakat uzatish qismi esa muxim va surma qismlaridan tashkil etilgan to’siqdan iborat. Bu ikkala to’siqlar elektr dvigateli bilan blokirovka kilingan.
Ta’minlagichda tiqilib kolgan paxtadan uni tozalashda dastavval jinni va ta’minlagichni tuxtatish kerak. Maxsus maydonchasi bo’lgan kuchma narvon ustida turib tikilgan paxtani olib tashlanadi.
Jinning xavfli joylari esa - arrali silindr, arrali valni elektr dvigateli bilan biriktiruvchi mufta va shnekning xarakat uzatish qismlaridir.
Kolosnikli panjara ko’tarilgan paytda arrali silindr pastki tomonidan xavfli ravishda ochilib koladi, shuning uchun baxtsiz xodisalarni oldini olish maksadida, uning bo’tun uzunligi bo’yicha panjara bilan kuyiladi. Va bu natijada jin elektr dvigateli bilan blokirovka qilinadi.
Shlak tuskich bilan va arrali silindrning uchi stakan bilan yopilgan bo’ladi.
Ayniksa jin ichiga yot narsalar (sim, gayka, bolt va sh.u.) tushganda extiyot bo’lish kerak. Bunday xolatlarda yong’in chikmasligi uchun zudlik kolosnik panjarasini ko’tarish va arrali silindrga xarakat uzatuvchi elektr dvigatelini tuxtatish kerak. Kolosnik panjarasini ko’targanda juda extiyot bo’lish kerak, chunki arrali baraban xali 1-2 min aylanishda davom etishi mumkin.
Shunday xolatlarning oldini olish uchun xarakat uzatuvchi elektr dvigateli tezlik bilan tormozlovchi moslama bilan ta’minlanishi kerak.
Xozirgi paytda PD-130 markali yangi arrali jin ishlab chikilgan bulib, u yukori texnologik ko’rsatkichlaridan tashkari, to’siqlarning konstruksiyasi xam yaxshilangandir. Unda ishlash birmuncha oson bulib, xavfsizligi oshirilgandir. 64-rasmda 5DP-130 markali arrali jin uskunasi keltirilgan. 5DP-130 marka arrali jin uskunasining xavfli qismlari kuyidagilardan iborat: 1-ta’mirlash valiklari, 2-kozikli baraban, 3-chikitlar shneki, arrali silindr, 5-ulyuchkali shnek, 6-tasmali uzatma, 7-zanjirli uzatma. Ishda xavfsizlikni ta’minlash uchun arrali jin kuyidagi bir kator to’siq va moslamalarga ega, Statsionar (kuchmas) to’siqlar: arrali silindr yuritmasining mo’talari uchun, ishchi kamera yuritmasi uchun, chikitlar shneki va oddiy shnek yo’lduzchalarining zanjirli uzatmasi uchun.
Olinadigan to’siqlar: chikitlar shneki yuritmasi, chikitlar shneki reduktori va ta’mirlovchi valiklar yuritmasi uchun, arrali silindr vali uchun, kozikli baraban yuritmasi uchun, ta’mirlagich kopkogi, ishchi kamera fartugi, arrali silindr kamerasi uchun. Olinadigan to’siqlar, to’liq o’chirgichlar yordamida, to’siqlar ochik kolgan paytda arrali jin ishlab ketishi xavfi bo’lmagandagi elektromotorning ishga tushiruvchi apparati bilan birga blokirovkalangan bo’lishi kerak. Arrali silindrni yechish yoki o’rnatish uchun elektotelferdan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |