Doʻppi
Doʻppi — yengil bosh kiyimi. Kadimdan
eroniy
va
turkiy xalqlar
orasida keng tarqalgan.
Turkiston
xalqlari orasida (ayniqsa
Oʻzbekiston
va
Tojikiston
hududida) milliy kiyim turiga
aylangan. Boshqa xalqlar doʻppilaridan oʻzbek doʻppilari oʻziga xos shakli, bezagi bilan
farqlanadi. Doʻppi uch qismdan — tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak
(
gardish
shaklida) va
jiyakdan
tuzilgan, Oʻzbekistonning turli joylarida turlicha bezatiladi;
qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. Doʻppi tikuvchi usta doʻppidoʻz,
doʻppi tikish kasbi esa
doʻppidoʻzlik
deb ataladi.
Doʻppi asosan
baxmal
,
sidirgʻa
shoyi
,
satinga
ip
,
ipak
, zar iplar bilan
kashta
tikib tayyorlanadi.
Tayyorlangan joyi (
Chust
,
Margʻilon
,
Toshkent
,
Shahrisabz
va boshqalar), moʻljallangan
kishilarning yoshi va jinsiga (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konussimon, yarim doora,
chuqur tubli, dumaloq, karjli va boshqalarga) koʻra doʻppilar xilma-xil va rang-barangdir.
Dastlabki doʻppilar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng jiyakli qilib
tayyorlangan. 1920-yillardan doʻppi shakli oʻzgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega
boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.
Oʻzbekistonda
Chust
,
Andijon
,
Toshkent
,
Samarqand
,
Buxoro
,
Boysun
,
Shahrisabz
doʻppilari
mashhur. Chust doʻppisi toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining
har bir karjida
qalampirnusxa
yoki
bodom
shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan
mehrob
(yarim doira) shaklida kashta bilan sidirgʻa qoplab oq ipda (yoki ipakda) tikiladi. Tayyor
doʻppining tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa doʻppilarning tepasi
yarim doira shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet doʻppisiga oʻxshash boʻlgan
margʻilon doʻppisi gullarining (nisbatan ingichka va uzun qalampir shaklining) sidirgʻa
qoplanmasligi bilan farqlanadi.
Toshkentning duxoba doʻppisi sidirgʻa
baxmaldan
, buxoro oʻppisi sidirgʻa yoki gulli
baxmaldan tayyorlanadi; buxoro doʻppisiga rang-barang ipak iplarda yoʻrma usulida kashta
tikib bezatilgan jiyak tutiladi.
Iroqi doʻppi Shahrisabzda keng urf boʻlgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir
mahalliy joyning oʻziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Doʻppining bu turida kashta
iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan matogs (
surpga
) rangli ipak yoki ingichka tolali
paxta
ipi
bilan iroqi
chokda
(terma va bosma usulida) tikiladi (nomi shundan). Iroqi doʻppining eng
yaxshi namunalari Shahrisabz va
Kitob
doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va
Fargʻona vodiysida
keng tarqalgan iroqi nusxa doʻppining naqsh mujassamoti rang-barang
gulli novdalar, ular orasidagi yashil, koʻk tusli
qushchalar
(
bulbullar
) shaklidan iborat.
Toshkentning iroqi doʻppisida oq zaminga
atirgullar
toʻq va och qizil ipaklarda (baʼzan „Raʼno“,
„Guli“, „Fargʻona tong otguncha“ va boshqa) yozuvlar qoʻshib tikiladi.
Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) toʻqilgan gilam doʻppisi ham mashhur.
Samarqand (
Urgut
) va
Surxondaryoning
(Boysunning) dumaloq, shaklli
piltadoʻzi
doʻppisining
naqshi
sodda, gullari markazga tomon yoʻnalgan, qaviq choklari esa qovurgʻali yuzani hosil
qiladi. Buxoro zardoʻzlarining
zardoʻzi-guldoʻzi
va
zardoʻzi-zamindoʻzi
(„Yulduz“, „Tovus“ va
boshqa) doʻppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirgʻa parchadan 4 karjli
(karjlari oʻzaro qora xoshiya yoʻllar bilan boʻlingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar
tikilgan) doʻppisi va boshqa doʻppilar jozibali qilib tayyorlanadi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Do%C
A%BBppi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Do
ʻ
ppi&oldid=2190820
"
Manbalar
Adabiyot